Badiiy matnning lingvostilistik tahlili


O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar


Download 45.71 Kb.
bet2/3
Sana08.03.2023
Hajmi45.71 Kb.
#1249844
1   2   3
Bog'liq
Badiiy matnning lingvostilistik tahlili ishchi o\'quv dasturi, XTA (1)

1. O‘quv fani o‘qitilishi bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar
Matnning lingvostilistik tahlili matn ustida ishlashning eng muhim va zarur bo‘lgan ishlardan biri hisoblanadi. Badiiy matnni lingvostilistik nuqtai nazardan ko‘rib chiqqan holda, talabalar uni formal va mazmun tomonlarining birligi, har birida matnning badiiy g‘oyasi stilistik vositalar yordamida mujassamlashgan fonologik, morfologik, leksik, sintaktik sathlari iyerarxiyasi aks etgan holda o‘rganishadi. Lingvostilistik tahlil obyekti har qanday funksional uslubga ega matn bo‘lishi mumkin, aksariyat hollarda bu adabiy matndir.
Ushbu fan badiiy asar matn tahlilining obyekti sifatida badiiy matnning o‘ziga hosliklarini ko‘rsatish, badiiy detal, matnni idrok etish va uning bosqichma-bosqich tahlili kabi masalalarni qamrab oladi.
“Badiiy matnning lingvostilistik tahlili” fani ixtisoslik fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, bosqichma bosqich 1,2,3,4-kurslarda o‘qitilishi maqsadga muvofiq. Ushbu fan xorijiy tillar bo‘yicha mutaxassislar tayyorlashga ixtisoslashgan taʼlimyo‘nalishlari talabalari uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lib, boshqa umumkasbiy va ixtisoslik fanlarining nazariy va uslubiy asosi bo‘lib xizmat qiladi.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari
Fanni o‘qitishdan maqsadi – talabalar yozuvchining lisoniy birliklardan foydalanish mahoratining badiiy matnda aks ettirish darajasini aniqlash, badiiy matn va uning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganish va shu asosda talabalarning umumfilologik saviyasini oshirish kabi vazifalarni bajarish maqsad qilindi.
Fanning vazifasi – filologik bilimlarni sintezlashdangina iborat bo‘lmay, balki turli janrlarga tegishli asarlarni filologik tahlil qilishga o‘rgatishdir. Til elementlarining matnda qo‘llanish chegarasini belgilash va tahlil qilish kursning asosiy mundarijasini tashkil etadi. Tilni bunday aspektda o‘rganish talabalardan umumlingvistik tayyorgarlikni talab etadi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalariga quyidagi talablar qo‘yiladi.
Bakalavriat talabalari:
- matn tushunchasi, tiplari va tarkibiy butunligi to‘g‘risida bilim va ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
- badiiy matn tavsifi, boshqa matnlardan farqi, badiiy matnning kompozitsion butunligi, butunligini taʼminlovchi lisoniy vositalar xususiyatlarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- badiiy matnni tahlil qilish metodologiyasi, lingvostilistik tahlil tamoyillari va usullari, tahlil tiplarini bevosita o‘rganish;
- badiiy matn tahlili jarayonida muallif roli, muallif, badiiy asar va tarjimon o‘rtasidagi munosabatlar, tarjima oldi faoliyat, tarjima turlari, undagi kelib chiqadigan muammolarni yoritish;
- badiiy asarlarni tarjima qilishda matnning janr va uslubiy jihatlarini, sheʼriy va nasriy xususiyatlarini hisobga olib badiiylik prinsipiga amal qilishi kerak.
- tilning struktural elementlarini chegaralay olishlari va uning sotsial-kommunikativ tizimini ajratish ko‘nikmalariga ega bo’lishi kerak.
Estetik hodisa sifatida badiiy asar tilini o‘rganish asnosida muallifning individual-uslubiy mahorati hamda uning badiiy asar yozishda til tizimi imkoniyatlaridan qay darajada foydalana olganligini aniqlashga ham eʼtibor qaratish nazarda tutilgan.

Download 45.71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling