Badiiy nutqga doir V vilademirov


Download 78 Kb.
bet3/4
Sana14.12.2022
Hajmi78 Kb.
#1001559
1   2   3   4
Bog'liq
BADIIY NUTQGA DOIR V VILADEMIROV A RUSTAMOV I QO’CHQORTOEV ASARLARINI O’RGANISH

Ikki narsa og’irdir ko’nglimga asti,
Ikki narsa uchun yo’q menda toqat:
Biri dushmanimning shodon qahqahasi
Biri do’st ko’zida yaltillagan yosh.
She’rdan ta’sirlangan G’afur G’ulom o’rnidan turib ketib: “Miltillagan” de, joyiga tushadi”, deydi.”1
Darvoqye, she’rni G’afur G’ulom aytgandek “yaltillagan” so’zini “miltillagan” so’zi bilan almashtirib o’qisangiz, so’z o’z o’rniga tushganiga, nozik jilolanayotganiga shohid bo’lasiz.
Do’st ko’zidagi yosh yaltillganda-uning ahvoli nochorligi, og’irligini bildirmaydi, balki – uning “ahvoli yaxshiligini, nur taratayotganini bildiradi. “Yosh miltillganda” esa – uning ahvoli chatoqligini, og’ir azobda ekanligini, pirpirab arang yonib turganini bildiradi. Ana shundagina ma’no va mantiq o’zaro bog’lanadi, “do’stning yoshi” poetiklashadi, she’r – asarga aylanadi. Va kichkina bir aybini” ham yo’qotib, u yashashga, yaratishga kirishadi:


Ikki narsa og’irdir ko’nglimga asti,
Ikki narsa uchun yo’q menda bardosh:
Biri – dushmanimning shodon qahqahasi
Biri – do’st ko’zida miltillgan yosh.1

E’tibor qilgan bo’lsangiz, asarning birinchi variantidagi “toqat” so’zi, keyingi variantida “bardosh” so’ziga almashtirilgan. Bu ham bejiz emas. Agar o’zbek tilining izohli lug’atini varaqlasak, toqat – “arabcha so’z bo’lib, chidam, to’zim”; bardosh – “forscha-tojikcha so’z bo’lib, chidam, sabr, toqat, matonat, to’zim” ma’nolarini berishini, bilib olamiz. Biroq “toqat” bilan “yosh” qofiyadosh emas, “bardosh” bilan “yosh” qofiyadoshdir, shoirning ustaligi shundaki, bu o’rinda ham kerakli so’zni topa olgan, qofiyadagi aybni yo’qotgan va asarning emosionalligini, musiqiyligini, ana endi, busbutunligini ta’minlagan.


4. Badiiy tilning obrazliligidan tug’iladigan muhim xususiyatlardan yana biri - ma’nodorligi (aforizm) va qisqaligi (lakonizm)dir. Badiiy asar maqsadi(mohiyati)ni ochishga xizmat qilmaydigan bironta so’z ishlatilmagan, qisqa gapirib, ko’p ma’no anglatgan san’atkor doimo yutgan. Ularning tushunchasida so’zni tejash zarni tejashdan qimmatlidir; adabiy laqmalik, ko’p so’zlilik – paxtavon miltiqqa o’xshaydi, tovushi bor-u o’qi yo’q. Bekorchi shovqin hisobiga asardagi maqsadni, uning badiiyligini yo’qqa chiqaradi.
Jumladan, Farhod Musajonovning “Dushanba, nonushtadan so’ng” qissasida (T., 1976) o’qiymiz: “... bu ko’zoynak taqqan, pakanagina, qo’lida o’rtacha sandiqdek keladigan ulkan papka ko’tarib olgan bir shaxs edi”(67-bet). Avvalo, papka sandiqqa o’xshaydimi yoki portfel deyilmoqchimi? Shubha tug’ilishi tabiiy: yozuvchi sandiqni ko’rganmikin? “O’rtacha sandiqdek” keladigan papka(portfel) bo’lishi tasavvurga sig’adigan gap emas. “O’rtacha sandiqdek keladigan ulkan papka” birikmasida kuchli mantiqiy nomutanosib borligi ham sezilib turibdi: “o’rtacha” va “ulkan” tushunchalari mutlaqo sig’ishmaydigan, bir-biriga zid tushunchalardir. “Ulkan” so’zining ma’nosi qo’polroq qilib aytganda, “benihoyat katta” degani. U holda kitobxon “ulkan papka” deganda nimani tushunishi kerak?.. Natijada ana shunday “antiqa” o’xshatish paydo bo’lgan. O’xshatishdan maqsad esa tasvirlanayotgan ob’ektni yana ham realroq, obrazliroq, ifodaliroq, ta’sirliroq qilib ko’rsatishdir. Mazkur o’xshatish esa beta’sir” bo’lib qolgan.1
Yana “... yozuvchi so’zlarni siqilgan mushtday ixcham ishlatish uchun va boshqalar tomonidan qattiq siqishtirilgan so’zlarni yoziltirib yuborish, ularda yashiringan, davr vazifalariga qarama-qarshi bo’lgan, umri tugagan narsalarni fosh bo’ladigan darajada yoziltirib yuborish uchun maqollarni o’rganish zarur”(M.Gorkiy, Adabiyot to’g’risida, 98-bet).
Xullas, badiiy asar tili go’zal bo’lishi kerak, chunki san’atkorning vazifasi go’zallik yaratishdir. Buning uchun tasvir etilayotgan xulq, manzara, holat so’z tufayli kitobxonning ko’z oldida aniq (ushlab ko’radigan darajada) va yorqin (bironta xira qiladigan chiziq bo’lmasligi), borlig’icha namoyon bo’lishi lozim. Badiiy asar tili – muallif nutqi va personajlar nutqi deb nomlanadigan bir-biri bilan murakab bog’lanishda bo’lgan ikkita katta qismdan iborat.
1. Muallif nutqi. Muallif barcha asarlarining hikoyachisi bo’lganligi sabab, u “qo’mondonlik” vazifasini bajaradi: har bir personajning o’rnini, o’y kechinmalarini, fikr-mulohazalarini, harakatlantiruvchi muhitning shart-sharoitlarini, muomala – munosabatlarini ta’rif-tavsiflash, ko’rsatish orqali - hammasini bir maqsadga – asarda ifodalanayotgan fikr – g’oyani ro’yobga chiqarish uchun harakatga keltiradi. Bu harakatning zarur ikir-chikirlarigacha tasvirlaydi. Ularni bir-biriga mustahkam qilib bog’laydi. Go’yo qildan arqon to’qiydi. Va “arqon”ning qanday to’qilganini kitobxonga tushuntirib boradi. Ayni paytda, tasvirlanayogan hamma narsa (obraz, muhit, tafsilot, detal)ga munosabatini bilvosita bildiradi. hatto, G’aybullo as-Salom aytganlaridek “Bir atirning o’zi har xil odamda har xil hid taratadi”.
Bitta misolga, “O’tgan kunlar”dagi “Qudalarni kutib olish” bobidagi bir lavhaga diqqat qilaylik: “hasanali yo’lakka qarab imladi... Qip-qizarg’an holda Kumush ko’rindi: paranjisi qo’lida, qora atlas ko’ynak egnida, zangor latta mursak ustida, oq shohi ro’mol boshida. Shahlo ko’zlari kulumsirashga yaqin holda, uyatlik edilar.
hasanali tanitti:

  • Mana bu kishi qayin onangiz – bekoyim bo’ladilar.

Kumush salom berdi va qo’lidag’i paranjisini yerga tashladi, yugurib kelib o’zini o’zbek oyimning quchog’iga oldi. O’zbek oyim ham uni mahkam siqib, quchaqlab olg’an, yuzidan shap-shap o’pib, aylanib, o’rgular va tikilib-tikilib nima uchundir yig’lar edi”(311-bet).

Download 78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling