Badiiy obraz shakllari
Download 72.82 Kb.
|
Adabiyotshunoslik — копия
Tanqidiy realizm.
XIX asrda ko‘pchilik xalqlar adabiyotida yetakchi ijodiy usul sifatida tanqidiy realizm maydonga chiqadi. 0 ‘tgan asrda bu ijodiy metodninggurkirab rivojlanishi ijtimoiy ziddiyatlarning tobora kuchayib borishi va kishilar tomonidan hayotiy shart-sharoitlar insonning insondek yashashi uchun nomunofiqligi chuqurroq anglanishi bilan bog‘liqdir.Turli mamlakatlarda tanqidiy realizm taraqqiyoti va xususiyatlari aynan bir xil bo‘lmagan. Muayyan xalq hayoti, iqtisodiy o ‘sish darajasi va boshqa shart-sharoitlarning o‘ziga xosligi adabiyotning o‘ziga xosligini ham belgilar edi.Ko‘pchilikG‘arbiy Yevropa mamlakatlari XIX asrda kapitalistik munosabatlar pallasiga o'tgandi.G ‘arb tanqidiy realizminingeng yaxshi asarlarida ommaning qashshoqligi, oddiy kishilar insoniy qadr-qim m atining oyoq osti qilinishi, jinoyat va fohishabozlikning ortishi, kishilaming m a’naviy tubanlashuvi va bir-birlaridan uzoqlashuvi singari kapitalistik turmushga xos dahshatli qusurlar nihoyatda haqqoniy hamda ta'sirchan holda aks ettirildi. Voqelik tasviridagi haqqoniylik va ta’sirchanlik realizm taraqqiyotiga ulkan ulush bo ‘lib q o ‘shildi. Buning yorqin misoli sifatida Balzak va Dikkens singari ulug‘ yozuvchilar ijodini eslash kifoya. Xususan, Balzak Nyusingen singari moliya xodim lari, G rande va Sejar kabi xasis chollar, mumsik va qurumsoq gobseklar tim solida xalqni ezuvchilarni g'azab bilan fosh qildi. Dikkens ijodining durust tom oni shunda ediki, u hukmron ijtim oiy tuzum xalqning faravon hayot kechirishi u c h u n nomuvofiqligini tushunar, qashshoq kishilaiga yuksak darajada xiiyrixohlik bilan qarar, oddiy m ehnat ahli va zahmatkashlardagi insoniylik va haqqoniylikni nihoyatda hurm atlar edi. Shunga ko‘ra yozuvchi D om bi, Jonas Chezlvit, Baunderbi tipidagi burjuaziya nam oyandalarining g ‘ayriinsoniy xatti-harakatlarini haqqoniy aks ettirdi. U ishxona, qamoqxona va qashshoq kulbalaming unutilmas, ayanchli manzaralarini chizib berdi. Nihoyat, yozuvchi dunyoqarashi va ijodining yetakchi yo‘nalishiga muvofiq holda, David Koperfild, Agnesa, Mitti D orrit, N ikolas Nikklbi, Florens, Pegoti, Xem singari jozibali qahram onlar obrazini bunyod qildi.Balzak va D ikkens ijodlaridan ayon bo‘lishicha, realizmning muhim qoidalaridan biri unda voqelikning obyektiv tarzda aks ettirilishidir.Tanqidiy realizm , ayniqsa, Rossiyada gurkirab rivojlandi. XIX asr rus realistik adabiyotida ehtirosli tarzda haqiqatni himoya qilish singari qator yaxshi xususiyatlar boshchilik qilgan edi. Chunonchi, Rileyev va yosh Pushkinning ozodlik g‘oyalari b ilan su g ‘orilgan she’rlarida ijtim oiy zulm ga qarshi n o ro z ilik va xalqqa halol xizm at qilishga chaqiriq aniq ifodalangan edi. Pushkin i.jodi bilan rus adabiyoti taraqqiyotining yangi davri boshlandi, o ‘sha zamon yetishm ovchiliklarning kuchli tanqidini Pushkinning “ Dubrovskiy” , “ Kapitan qizi” ; Lerm ontovning “Vadim”, G ersenning “O 'g'ri zag‘izg'on” , “ Kim aybdor?” ; T urgenevning “ Ovchining m aktublari” singari asarlarida uchratamiz.Gogol esa dehqonlar masalasini nihoyatda o ‘tkir va haqqoniy yoritadi. U pomeshchiklam ing q o ‘l ostidagi yerlarda dehqonlarning dahshatli qismatini, turmush tarzi jirkanch va og‘ir ekanligini ochib beradi. Bunga iqror bo'lm oq uchun ulug' yozuvchining “Starosvet pomeshchiklari” , “0 ‘likjonlar” asarlarini eslash yetarli.Shuningdek, hayotga tanqidiy qarashning keskir bo‘lishi va keskinlashishi natijasida adabiyotda qashshoq, kambag‘al kishilar obrazi ko‘plab ijod etila boshlandi. Dostoyevskiy kashf qilgan obrazlar buning ishonchli dalili b o ‘la oladi. Rus yozuvchilari qashshoq kishilar obrazini chizar ekanlar, ulam i shu holga tushirib qo‘ygan ijtimoiy kamchiliklarni ro‘y-rost ochib tashlaganlar.Rus tanqidiy realizm i asarlarida o ‘sha zam on ijtimoiy munosabatlarining mahsulibo‘lmish “ortiqchaodam lar” deb ataluvchi shaxslar tip i katta o ‘rin tutadi. Pushkinning “Yevgeniy Onegin” va Lerm ontovning “ Zam onam iz qahram oni” asarlarida “ortiqcha odam lar” ning, ya’ni Onegin va Pechorin singari beixtiyor xudbinlashgan shaxslarning yetishib chiqishi o ‘sha davr uchun qonuniy hodisa ekanligi ko‘rsatib berilgan.Bu ijtimoiy tuzum ning inson shaxsi kam olotiga nomuvofiqligi yana bir guruh asarlarda, xususan, ilg‘or rus kishilari bilan hukmron doiralar orasidagi fojiaviy ziddiyatlar ko‘rsatilgan yuksak namunalarda ham to‘g‘ri ochib berilgan. Ular jumlasiga L erm ontovning “Shoirning oMimi” , “A.I. Odoyevskiy xotirasiga” , “ Payg‘am bar” ; Kolsovning “O lrm on” singari badiiydurdonalarini kiritish mumkin. Bu hoi realistik adabiyotda hayot tarixiy qoida orqali aks ettirilishidan guvohlik beradi. U adabiyotda muayyan ideal ham bo‘lgan. Rus tanqidiy realizmi vakillari jamiyatdagi nosozliklarni tanqid etar ekanlar, ozodlik, baxt-saodat haqidagi estetik idealni tasdiqlashga va shu yo‘l bilan xalq ongida voqelikka nisbatan yangicha munosabat uyg'otishga intilganlar. Demak, yetuk realizm namunalarida voqelik har tomonlamalik, obeyktivlik, tarixiylik hamda ijtimoiy va ruhiy determinizm (psixologizm) tamoyillari orqali aks ettiriladi.Bu ijodiy m etodda qoralash, rad etish va tavsiya qilish kabi uch tartib yetakchilik qiladi.Tanqidiy realizm o'zbek va tojik jadid adabiyotida milliy mustaqillik uchun kurashdi va bu hoi inqilobdan so‘ng ham davom etdi. U jahonning ko‘p qismida hozirga qadar ham rivojlanib kelmoqda.Tanqidiy realizm taraqqiyoti davom etgani holda XX asrda G ‘arbda ham, Rossiyada ham adabiyotda sotsialistik realizm degan ijodiy usul maydonga keldi. Bu ijodiy usulning aksariyat asarlarida sotsializmni m adh etish, sinfiylik, kommunistik partiyaviylik ustunlik qiladi. Sotsialistik realistik adabiyotni siyosatning targ‘ibotchisiga aylantirganligi sababli endilikda yaroqsiz ijodiy usul hisoblanmoqda. Download 72.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling