Badiiy o’qish asoslari va bolalar kitobxonligi fanining maqsad va vazifalari. Kitobxonlik madaniyati


«Chor kitob» tarkibiga kirgan asarlarning mualliflari kim?


Download 110.77 Kb.
bet5/5
Sana21.01.2023
Hajmi110.77 Kb.
#1107442
1   2   3   4   5
Bog'liq
КМ 2-маъруза (охирги)

«Chor kitob» tarkibiga kirgan asarlarning mualliflari kim?

  • Ularni kim va qachon yagona muqova ostiga birlashtirib, umumlashtiruvchi nom bergan? Bu savollarga javob izlab, o‘zbek olimi Y.Abdullaev va tojik olimi A.Sattorzodalar ayrim mulohazalarni bildirganlar. Chunonchi, Y.Abdullaev asar tarkibidagi har bir kitobning kim tomonidan qachon yozilganligini ko‘rsatishga intilsa-da, «Chor kitob» tarkibiga kiruvchi uch kitobni - she’riy va bittasini - nasriy shaklda yozilgan, birinchi kitob esa IX asrda yaratilgan deya noaniqlikka yo‘l qo‘yadi. Aftidan, u yuqorida eslatilgan noma’lum mutarjim tarjimasidan bexabar ko‘rinadi. Holbuki, o‘sha tarjimada xam uning birinchi va to‘rtinchi kitoblari she’riy shaklda bo‘lib, oraliqdagi ikkinchi va to‘rtinchi kitoblari nasrdadir.

«Chor kitob» tarkibidagi birinchi kitobning unvoni - «Nomi haq» («Olloh nomi») bo‘lib keyingi kitoblar uchun dasturiy mohiyatga ega boshlama vazifasini ado etgan. Uni yozgan muallif o‘zini shunday tanishtiradi:
Bu senga yodgor erur sharafdan,
Jahonda nomidur (?) hamma tarafda,
Buxorodan erur nasli nasabi,
Xurosondan (?) erur ilmi maktabi.
(Sharafiddin Buxoriy )
To‘rtinchi kitob esa taxminan 1148 yoki 1151 yilda tug‘ilib, hijriy 625- milodiy 1229 yilda mug‘ul bosqinchilari tomonidan o‘ldirilgan ulug‘ mutasavvuf -shoir Muhammad Farididdin ibn Ibrohim shayx Attor Nishopuriy qalamiga mansub she’riy «Pandnoma»dir. Buni «Chor kitob»ning tarjimoni Alamkash shunday izohlaydi:
Bo‘ldi to‘rtinchining oti «Pandnoma»,
Shayxi Attori valiy zul ikrom
Nazmi birlan ayladi tartibi husn,
Kimki ko‘rsa qildi pandiga havas.

«QOBUSNOMA»

  • Bu asar «Mav’izatnoma» va «Nasihatnoma» nomlari bilan ham mashhur bo‘lib, hijriy 475 melodiy 1082-1083 yillarda Unsurulmaoliy Kaykovus tomonidan o‘g‘li Gilonshohga bag‘ishlanib yozilgan. Asarning yozilishi sababi izohida ikki nuqta e’tiborni tortadi. Birinchisi, u o‘g‘li Gilonshohga murojaat qilib «shu pandnomalarni qabul qilishi»ni so‘raydi. Shu pandlarida «otalik vazifasi» namoyon bo‘lganini, bu xalq rasmi ekanligini ta’kidlarkan, o‘z hayotiy tajribalari xalq axloqiy qarashlariga omuxtaligini uqtiradi.

Bu ikkinchi nuqta bo‘lib, Kaykovus o‘z zamonasidayoq jamiyatda har bir avlodning ajdodlari tajribasidan nimanidir qabul qilishi, nimanidir inkor etishi asosida yuz beradigan otalar va bolalar muammosini sergaklik bilan fahmlaydi: «Mening so‘zimni (pandimni) eshitmoqdin ibo qilmag‘il. Agar mening so‘zimni qabul qilib, undan bahra olsang, o‘zgalar dog‘im (yanada) qabul qilurlar va unga yarasha ish qilmoqni g‘animat bilurlar. Chunki zamona taqozosi shundoqdurki, hech farzand otasining pandin qabul etmag‘usidir, nedinkim yigitlar g‘aflat yuzidin o‘z botinida o‘zlarini birdan-bir donish fahm qilurlar va o‘z donishlarini qarilarning donishlaridan afzal bilurlar. Garchi bu so‘z menga ma’lumdur, lekin otalik mehri meni xomush bo‘lurga qo‘ymadi». «Otalik mehri» «o‘zi yaratgan» pandlarni qirq to‘rt bobda ifodalashga undadi.
Har bir bob mohiyatiga ko‘ra bir noma bo‘lib, «Ey farzand» degan murojaat bilan boshlanadi. Dastlabki to‘rt bob hamd, na’t va munojotdan iborat an’anaviy boshlamadir. Sho‘ro mafkurasi ularda ifodalangan diniy mazmunni inobatga olib, asarning S.Dolimov tomonidan amalga oshirilgan barcha nashrlarida shu boblarni qisqartirishga majbur qildi, shu sababli asar hamisha beshinchi bobdan boshlangan holda ommaga taqdim etib kelindi.
Asar markazida muallif obrazi turadi. Kaykovus mohir pedagog va ruhshunos sifatida insonning shakllanishida aqliy, jismoniy, axloqiy, huquqiy, estetik va hatto jinsiy tarbiyaning muhim ahamiyat kasb etishigacha ko‘rsatishga intiladi. Bunda u tarbiyaning u yoki bu ko‘rinishini umumlashtiruvchi nazariy tezislarni ilgari surish yo‘lidan bormaydi, balki bir ko‘rinishga daxldor bir necha xususiy qirralariga oid hayotiy kuzatishlari mantiqidan kelib chiquvchi o‘gitlarini bayon etish asosida ma’lum xulosalarini o‘rtaga tashlaydi. Binobarin, u juz’iydan umumiyga borish zamirida axloqiy qarashlarini tartibga solib, o‘git-nasihat shaklida bayon etadi.
«Ey farzand, bilg‘ilki, so‘z to‘rt nav bo‘lur, undoqkim xaloyiq ham to‘rt nav bo‘lg‘ondek. Biri ulkim, bilur va bilg‘onin ham bilur. Ul olimdur, unga tobe bo‘lmoq kerakdur. Biri uldurkim, bilmas va bilmag‘onin bilur, ul qobildir, unga o‘rgatmoq kerak. Biri uldurkim, bilur va bilg‘onin bilmas, ul uyqudadir, uni bedor qilmoq kerakdur. Biri uldurkim, bilmas va bilmag‘onin ham bilmas, u johildur, undan qochmoq kerakdur».
«Agar har kishining turmush ustodi dono etmasa, hech bir dono unga so‘z o‘rgatish uchun ranj chekmasun, ranji zoyi bo‘lur» (Kaykovus)
«Har kishi hayotda olmasa ta’lim, Unga o‘rgatolmas hech bir muallim», «O‘zini dono sanagan nodondin parhez qilg‘il» hikmati (Abu Abdulla Rudakiy)
Abu Ali ibn Sinoning:
O‘zini dono bilgan bu uch-to‘rt nodon,
Eshshak tabiatin qilar namoyon.
Bular suhbatida sen ham eshak bo‘l,
Bo‘lmasa «kofir» deb qilishar e’lon.
Download 110.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling