Badiiy o’qish asoslari va bolalar kitobxonligi fanining maqsad va vazifalari. Kitobxonlik madaniyati


Download 110.77 Kb.
bet4/5
Sana21.01.2023
Hajmi110.77 Kb.
#1107442
1   2   3   4   5
Bog'liq
КМ 2-маъруза (охирги)

Hadisxonlik.

  • Islom ta’limotida hadislar Qur’ondan keyingi muqaddas manba hisoblanadi, shu bois ular hadisi sharif deb yuritila boshlangan.
  • “Payg‘ambar” - tojikcha-forscha so‘z bo‘lib, payg‘om - “xabar” va bar – “elt” so‘zlaridan tarkib topgan, xudoning elchisi ma’nosini anglatadi. Arabchasi – rasulullohdir.
  • “Sunnat” arabcha so‘z bo‘lib, tutilgan yo‘l, qoida, Muhammad payg‘ambar va sahobalar tutgan yo‘l, payg‘ambarning buyruq va ko‘rsatmalari ma’nolarini anglatadi.

Hadislar Muhammad payg‘ambarning turli munosabatlar taqozosiga ko‘ra so‘zlaganlari, sahobalarni qiziqtirgan savollarga qaytargan javoblari, islom dini ahkomlari-farz, vojib, sunnat, mustahab, halol, harom, makruh, muboh masalalariga oid axloqiy ko‘rsatma va amrlari, o‘z yurish-turishi, sayru suluki va fe’l-atvorini ifodalovchi rivoyatlar yig‘indisidir. Shulardan «Muhammad payg‘ambar biror gap aytgan yoki biror ishni qilib ko‘rsatgan bo‘lsa, yoxud boshqalarning biron ishini ko‘rib, uni man etmagan bo‘lsa, shu uch holatning har biri sunnat hisoblanadi»

“Chor kitob”

  • – bolalarning ilk o‘qish kitobi. «Chor kitob» aslida forscha -tojikcha “chahor kitob” degani bo‘lib, to‘rtta kitobning bir muqova ostidagi jamlamasini anglatsa-da, o‘tmishda eski maktabda «Haftiyak» va Qur’ondan keyingi asosiy va majburiy o‘qish kitobi vazifasini bajargan. Musulmon maktablarida uchinchi darslik hisoblangan bu kitobdan nafaqat Muvarounnahrda, balki butun Markaziy Osiyo, Uyg‘uriston, Eron, Ozarbayjon va Kavkazortida foydalanilgan, shu sababli o‘tmishda bu yurtlarda «Chor kitob»siz xonadon bo‘lmaganidek, uni o‘qib yodlamagan musulmon ham kam bo‘lgan. Qo‘lyozma, toshbosma va tipografik nashriy adadi besanoq bu kitob muxtasar va mufassal ko‘rinishlarda keng tarqalgan, ommaviylikda Qur’oni karimdan keyingi o‘rinda turgan.
  • XIX asrning so‘nggi choragi davomida «Chor kitob»ni o‘zbek tiliga o‘girish harakati boshlanadi. Mutarjim Alamkashning sa’y-harakati bilan 1895 yilda boshlanib, 1910 yilda nihoyasiga etgan bu tarjima «Kulliyoti chohar kitobi turkiy» nomi ostida 1910 yilda Toshkentdagi Gʻulomhasan Orifjonov matbaasida mullo Abdulqayum mullo Imomqori homiyligida bosilib chiqdi. Bu ilk tarjima sifatidagina emas, balki «Chor kitob»ning tuzilishi, mundarijasi va ichki har bir kitobining mualliflari haqida qimmatli ma’lumotlar berishi bilan ham ahamiyatga ega ommaviy nashr edi.
  • Nihoyat, «Chor kitob» yana XX asrning 90-yillarida Olim Bo‘ri tomonidan hozirgi o‘zbek tiliga o‘girilib, 1992 yilda Toshkentdagi «Cho‘lpon» nashriyotida 45000 nusxada chop etildi.

Download 110.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling