Badiiy san’at turlari sаvоlu jаvоb
Download 121 Kb.
|
ШЕЪРИЙ САНЪАТЛАР 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- (Xorazmiy)
TAJNIS (Jinos)
She’r baytida ma’no jihatidan har xil, ammo shakli bir xil yoki shaklan bir – biriga yaqin bir necha so’zni keltirib , ular vositasida muayyan fikr, lavha yoki timsolni ta’sirchan ifodalash san’ati tajnis ( ar.»o’xshash»; «jinsdosh»; «shakldosh» ) deyiladi. Tajnisni «jinos» ham deyishadi. «Tajnis» ning ma’nosi «biror narsa bilan o‘xshash bo‘lmoq»dir. Jinos esa «hamjins» degan ma’noni bildiradi. Atama sifatida u talaffuz va shaklda bir-biriga yaqin bo‘lgan so‘zlarni turli ma’nolarda qo‘llashni anglatadi. Bo‘yung sarv-u sanubartek, beling qil, Vafo qilg‘on kishilarga vafo qil. (Xorazmiy) Xorazmiyning «Muhabbatnoma»sidan olingan ushbu bayt misralaridagi oxirgi so‘zlar shaklan bir xil. Ammo ular har ikki misrada boshqa-boshqa ma’noni anglatmoqda. Dastlabki «qil» - «ingichka, nozik» ma’nosini bildirsa, keyingisida u «qilmoq» fe’lini anglatadi. Ey bag‘ritosh, ko‘nglum evin aylama xarob, Kim surating chizilmish aning ich-u toshinda. Bu yerda «tosh» dastlab «bag‘ir» bilan bog‘lanib mehr- sizlikni ifodalasa, keyingi holatda u «ichkari» va «tashqari» ma’nosida kelmoqda. Lutfiyning quyidagi baytida ham tajnisdan nihoyatda yuk- sak mahorat bilan foydalanilgan: Yuz ochg‘il, ko‘z seni to‘yguncha ko‘rsin, Necha bo‘lg‘ay bu ko‘zim muntazir, och. Birinchi misradagi «och» - «ko‘rsatmoq» ma’nosini be- radi. Keyingisida esa u «tashna» o‘rnida kelyapti. Shakldosh so‘zlardagi ma’no tovlanishlari baytga o‘zgacha ruh berib turibdi. Mumtoz adabiyotimizda tajnisga tayanadigan maxsus janr ham shakllangan. U tuyuqdir. Tuyuqning to‘rt misrasidan uchtasida tajnis qo‘llanadi: Ko‘z yoshim tuproq ila gar qotila Kelmagayman javridin, haqqo, tila. G‘amzasi o‘ltirdi-yu, ul bexabar, Men agar o‘lsam, ne g‘am ul qotila. (Lutfiy) Bu tuyuqning birinchi misrasida ko‘z yoshining tuproq bilan aralashish (qotilmoq) haqida so‘z bormoqda. Keyingi misrada esa javrning ko‘pligidan tilga kelmaslik, ya’ni gapirolmaslik, o‘zini yo‘qotish holati qayd etilgan. Bu yerda tajnisni hosil qilish uchun ikkita so‘zdan: «haqqo so‘zining «qo» bo‘g‘ini hamda «tila» so‘zining yondosh turgan holatidagi shaklidan foydalanilgan. Oxirgi misrada esa go‘yo qotil - odamni qatl etgan kishi to‘g‘risidagi fikr bor. Demak, bu o‘rinda tajnislar yanada boshqacha ko‘rinishda namoyon bo‘lmoqda. Birinchi va oxirgi misralarda «qotila» yozuv shak- liga ko‘ra ham bir xil. Ammo ikkinchi misrada u «haqqo» so‘zining oxirgi bo‘g‘ini bilan «tila» so‘zining qo‘shilishidan so‘ng oldingi shaklga uyg‘unlashmoqda. Ko‘rinib turganidek, bunday hollarda o‘zning talaffuz xususiyatlari asosiy o‘rin tutadi. Quyidаgi misrаlаrdа hаm tаjnis sаn’аti qo’llаngаn: Raqiblarg’a qilur la’ling tabassum, Qonimni g’ussadin toshurmog’ing ne? Ko’ngul shishasida mehring mayidir, Jafo birla anga tosh urmog’ing ne? (Atoyi) Zulm o’zinga fisqdur, ey hushyor, Gulm qil ani, bo’lsa sanga hush yor. . (Z.M. Bobur) Download 121 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling