Badiiy san’at turlari sаvоlu jаvоb
Download 121 Kb.
|
ШЕЪРИЙ САНЪАТЛАР 3
- Bu sahifa navigatsiya:
- SAJ` .
- mard
- (Xorazmiy)
. Badiiy san’at turlari SАVОLU JАVОB (аr. - sаvоl-jаvоb) - mumtоz аdаbiyotdаgi shе’riy sаn’аt bo’lib, bаytni ikki shахsning o’zаrо sаvоl-jаvоbi tаrzidа shаkllаntirishdir. Sаvоl-jаvоb sаn’аti, shuningdеk, bаyt dоirаsidаn chiqishi, ya’ni bir bаyt sаvоl, ikkinchisi esа jаvоb tаrzidа shаkllаntirilishi hаm mumkin. Rаshididdin Vоtvоt ushbu sаn’аtni fоrsiyzаbоn shоirlаr tоyat qаdrlаshi, fоrs shе’riyatidа bоshdаn-оyoq shu sаn’аt аsоsidа yozilgаn qаsidаlаr mаvjudligini qаyd etgаn. Sаvоl-jаvоb sаn’аti o’zbеk shе’riyatidа hаm judа fаоl qo’llаngаn, u shе’rgа jоnlilik, hаyotiylik bахsh etishi bilаn dеyarli bаrchа mumtоz shоirlаrimiz e’tibоrini tоrtgаn. Mаsаlаn: So’rsа mаlаk ul-mаvt: «Sаngа hur kеrаk?» dеb, «Yo’q-yo’q, mаngа dilхоh!» dеgumdur, dаg’i o’lgum (Аtоyi). Dеdim: ko’nglumgа hаr yondin hаdаnging nеdurur yorа? Muhаbbаt o’tigа, dеdi, o’tindurkim qаlаydurmаn (А.Nаvоiy). SAJ` . Gapdagi ayrim bo`laklarning vazn yoki qofiyada moslashishi, nasriy asardagi qofiya saj` (ar. «qofiyali nasr»)deyiladi. Misollar: «Har kim maydonga ot soladi, otini o`zdirgan odam oladi. Har kimning o`z ko`ngli o`zidan qoladi.» ( «Alpomish»dostonidan) «Ravshanxon bu bog’devorlarigas qarasa, tik paxsasini ishlagan, devorining tagini g’ishtlagan, juda mahkam qilib tashlagan, devorlarni ganjlagan…». («Ravshan»dostonidan) «Shunda bolalar kundan kun o’tib , oydan oy o’tib, birdan ikkiga kirib , ikkidan uchga kirib, ularning tili chiqib , elga enib, uchovini ham maktabga qo’ydi». («Alpomish»dostonidan) SIFATLASH (Epitet) narsa, voqea – hodisa tushuncha va kishilarning belgi - xislatlarini aniqlovchi, izohlovchi, tavsiflovchi so’zni qo’llashdir. Misollar: Suvsiz cho’lda mard Hasan, Yakka ketib boradi. («Ravshan» dostonidan) Sallalari boshlarida oq savat, Ko’rpacha tagda hammavaqt uch qavat. (Muqimiy) TA’DID Ta’did to‘g‘risidagi ma’lumotlarni klassik poetika haqidagi manbalarning ko‘plarida uchratish mumkin. Bu ma’lumotl arda u turli nomlar bilan yuritilgan. Masalan, siyoqat-ul a’dod («Aruzi Humoyun», «Badoye’ us-sanoe’», «Latoyif at-tavoif», «Jamoi muxtasar», «Rahnamoyi adabiyoti forsiy»), ta’zil («Badoye’ us-sanoe’»), shumur («San’athoyi bade’yi dar she’ri to- jikiy»), e’dod, ta’did, te’dod («Ilmi bade’ dar zaboni forsiy») shular jumlasidandir. Bu usulning go‘zal namunalarini so‘z ustalarining deyar- li barchasida uchratish mumkin. Jumladan, Ahmad Yassaviy o‘zining badiiy niyatini alohida ta’kidlash uchun shu san’atdan foydalanadi: Dardga to‘lding, g‘amga to‘lding, telba bo‘lding, Ishq dardini so‘rsang hargiz darmoni yo‘q. Birinchi misraga e’tibor berilsa, xuddi birinchidan,ikkinchidan, uchinchidan tarzidagi sanoq ohangi seziladi. Ayni mana shu tarz unga alohida ta’sirchanlik bag‘ishlaydi. Ta’didning muhim xususiyatlaridan biri shuki, u fikriy rivojni, ketma-ketlikni, tadrijiylikni anglatadi: O‘qi bu Lutfiy mungluq niyoznomasini, Savob-u olqish-u yuz ming duo kerak bo‘lsa. Bu o‘rinda Lutfiy savob, olqish, duo so‘zlarini ketma-ket sanash orqali ushbu san’atni hosil qilyapti. Ta’didda, asosan, sanoq sonlar ishtirok etib, tartib sonlar nisbatan kam qo‘llanadi, shuningdek, bu vazifani sanoq va tartibni ko‘rsatuvchi son, olmosh va ravishlar ham bajaradi. Ta’did grammatik o‘zaro bog‘lanishlarning bir xil turidan ketma-ket foydalanish orqali ham yuzaga chiqishi mumkin: Ta’lim gulchehra nargis ko‘zlilar bor, Shakar dudog‘li, shirin so‘zlilar bor. (Xorazmiy) Bugina emas, bir xil grammatik o‘zaro bog‘lanishlar takrori ko‘pincha she’riy musiqani kuchaytirib yuboradi. Hozirgi misolimizda ham bu holat kuzatiladi. Unda to‘ldiruvchilar ti- lingni, ko‘zingni, bo‘g‘uzni so‘zlari o‘ziga xos ichki qofiyalar- ga yaqinlashadi, kesimlar esa (ko‘dazgil) radif vazifasini ado etyapti. Bu ichki qofiya va radiflar baytning ritmik ohangdor- ligini yoki boshqacha qilib aytsak, musiqiy bo‘yog‘ini ta’min- layapti. Download 121 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling