Badiiy san’atlar
Download 287 Kb.
|
3a9c082f56c4e23e0966d765346406fa адабиёт назарияси (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashbeh Arabcha so’z bo’lib, o’xshatish
- Kapitan Gastello
Tafrit (ifrot)
Mubolag’aning teskarisi, tafritda haddan tashqari kichraytirish hodisasi ifodalanadi. Ushbu san’at yevropada litota deb yuritiladi. Turfa qishlog’i g’azabkardaki, parandalari, Tovug’i ignachi-yu, o’rdagi-u, g’ozi – kapalak. (Maxmur “Hapalak”) Tashbeh Arabcha so’z bo’lib, o’xshatish degan ma’noni ifodalaydi. Hozirgi adabiyotda ham tashbeh va o’xshatish so’zlari sinonim tarzida ishlatiliyapti. Lekin shuni yodda tutingki o’xshatishga asoslangan talmeh, istiora, mubolag’a kabi san’atlar borki, ulardan tashbehni farqlash kerak. Tashbehda bir narsa ikkinchi bir narsaga o’xshatilishi uchun maxsus grammatik ko’rsatgichlardan foydalaniladi. Masalan: -dek, -day, -dayin qo’shimchalari, shuningdek, go’yo, xuddi, misoli, bamisoli, kabi, yanglig’, singari so’zlari tashbehning asosiy grammatik ko’rsatgichlaridir. “Yuzing – guldek” desak tashbeh. “Yuzing - gul” desak istiora. Chunki bu yerda grammatik ko’rsatgichlarsiz o’xshatilgan. “Umr o’tib borar misoli erkak” misrasida tashbeh bor. ko’rsatgichi: misol. Qading sarv-u sanobartek, beling - qil. Ushbu misramizda tashbeh san’ati bor: - tek Yarmisida istiora bor: beling – qil. Istiora Yuqorida aytganimizdek, o’xshatishning qisqargan shakli. Ya’niki tashbehda –dek, -day, -dayin, kabi, singari, misoli, … kabi grammatik vositalar bo’lsa, istiorada bunday vositalar yo’q. bunda bir narsa ikkinchi narsaga to’g’ridan-to’g’ri o’xshatiladi. Unutmang! Istiora rus, yevropa adabiyotida metafora deb yuritiladi. Sher yurakli bu lochin Qoqib qanot qulochin Quzg’unlardan asradi Elning xotin-xalochin. (M.Shayxzoda “Kapitan Gastello”) Bunda Kapitan Gastello lochinga o’xshatilyapti. Nemis fashistlar bosqinchilari quzg’unga o’xshatiliyapti. Tajaholu orif Bilib, bilmaslikka olish degan ma’noni bildiradi. Lirik qahramon o’zini ongli ravishda go’llikka soladi. Ey begim, ushbu yuz degul, shams bila qamarmidur, Ey begim, ushbu so’z degul shahd bila shakarmidur. Izoh! Lirik qahramon yorining yuzini bila turib, bilmaslikka olib, shams(quyosh)ga va oyga o’xshatayapti. Mashuqasining so’zini asal va shakarligini bilolmay qoladi. Yo rab, shaxd-u shakar yo labdurur, Ey magar shaxd-u shakar yolabdurur. Talmeh Arabcha “nazar solmoq” degani. She’r misralarida mashhur tarixiy shaxslarni, joy nomlarini, afsonaviy qahramonlarni mohirlik bilan keltirib, ular bilan bog’liq asar va voqealarga ishora qilishdir. Izoh! Bayt misralarida hatto mashhur qissa, rivoyat, afsonalarga ishora qilishga ham talmeh san’ati deb yuritiladi. Shuni unutmaslik kerakki, adib Layli va Majnun haqida doston yoza turib, nomini tilga olsa, talmeh san’ati bo’lmaydi. Aksincha boshqa birov haqida gapira turib, biror narsa munosabati bilan Layli va Majnunni tilga olsa talmeh bo’ladi. Seni-yu Layli Ra’nodek ajoyib dilrabo derlar, Meni Majnun-u shaydodek kuyingda bir gado derlar. (Mashrab) Mashrab Namangan shahridan kelgan mehmonlar haqida shunday yozadi: Shijoat bobida har qaysisi Rustam-u Suxrob, Adolat taxtiga mingan bu kun sultonlarim keldi. Tashxis Arabcha “shaxslantirish”, “jonlantirish” degan ma’noni ifodalaydi. Jonlantirish deb ham yuritiladi. Tashxis hamda intoq san’atlarini bir-biridan farqlashimiz lozim. Tashxis arabcha “shaxs” so’zidan olingan. Insonga xos bo’lgan kulish, yig’lash, uyalish, yurish, orzu qilish kabi xususiyatlarni tabiatdagi jonli va jonsiz narsalarga ko’chirishdir. Qatra qonlarkim tomar ko’ksimga urg’an toshdin, Zaxmdindur demakim, qon yig’lar ahvolimg’a tosh. Yig’lash insonga xos, mana shu xususiyat toshga ko’chirilgan. Ko’rganda qomatingiz bo’lg’ay hijiyla sanobar, Tovus jilvasidin raftoringiz chiroyli. Izoh! Yorning tik qomatini sanobar (tik o’sadigan daraxt) xijolat chekar ekan. Intoq “So’zlatish”, “gapirtirish” degan ma’nolarni ifodalarydi. Insonga xos xususiyat gapirish bevosita jonli va jonsiz narsalarga ko’chiriladi. Yodda tuting! Munozara janriga oid barcha asarlar intoq san’ati asosida yozilgan: “Qish va yoz” (“Devoni lug’atit turk”), “Chog’ir va bang”, “O’q va yoy”(Yaqiniy), shuningdek, Ibn Sinoning “Risolai tayr”, Farrididdin Attorning “Mantiq ut-tayr”, A.Navoiyning “Lisonut-tayr” asarlari, masal janriga oid asarlar “Bo’ri bilan qo’zichoq”, “Ninachi va chumoli”(Krilov), A.Avloniyning “Tulki ila qarg’a”, Gulxaniyning “Zarbul masal” asarlari shu san’at asosida yozilgan. Cho’lponning “Go’zal” she’ri ham mazkur san’at asosida yozilgan. Tamsil Misol keltirish degan ma’noni bildiradi. Birinchi misrada keltirilgan fikrni ikkinchi misrada hayotiy voqeani misol sifatida keltirib dalillashtirish. Ey ko’ngul, jonni xayoli oldida qil peshkash, Har nima bo’lsa aziz, eltur kishi mehmon sari. Mezbon o’zi uchun aziz bo’lgan, tanqis bo’lgan nozu-ne’matlarni mehmon oldiga qo’yadi. Download 287 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling