Badiiy san’atlar
Download 287 Kb.
|
3a9c082f56c4e23e0966d765346406fa адабиёт назарияси (1)
AMONOV ULUG’MUROD II qism
Buxoro – 2008 BADIIY SAN’ATLAR Badiiy san’atlar birikmasi keng va tor ma’noda ishlatiladi. Keng ma’noda u adabiyot, musiqa, haykaltaroshlik, kino, teatr san’ati kabi ma’nolarni o’z ichiga oladigan tushunchalardandir. Tor ma’noda nutqni badiiylashtirish, fikrni jonliroq, ta’sirchanroq maqsadida ishlatiladigan lisoniy (til) vositalari badiiy san’atlar deb yuritiladi. Usmon Nosir “Men she’rni yaxshi ko’raman” degan fikrini aytmasdan “She’rim sen Laylisan, mem Majnunman” deydiki, bu ta’sirchanliroq. Bu o’xshatish tufayli Layli va Majnun bir-birsiz yashay olmasligi singari, Usmon Nosir ham she’rsiz yashay olmasligini tushunib olish qiyin emas. Talmeh va Isteora san’atidan mohirlik bilan foydalangan. G’afur G’ulom o’g’lini urushga kuzatib, ota sog’inchini farzand iztirobiga ekanligini oddiygina “Urushga ketgan o’g’limdan bezovtaman, sog’imdim” demasdan, “Sog’inch” she’ridan quyidagicha ifodalagan: Zo’r karvon yo’lida yetim bo’tadek, Intizor ko’zlarda halqa-halqa yosh. Eng kichik zarradan Yupitergacha, O’zing murabbiysan xaber ber Quyosh. Millatidan qait’iy nazar har qanday otaning mehrini, sog’inchini bera olgan. Badiiy san’atlar og’zaki nutqda ham, mumtoz adabiyotda va zamonaviy adabiyotda ham va butun jahon adabiyotida ham ishlatiladi. Faqat mumtoz shoirlarimiz ularga sal ko’proq e’tibor berishgan. Ularning ayrimlarini ko’rib o’tamiz. Badiiy san’atlar dastlab 2 guruhga bo’linadi: Ma’naviy san’atlar Lafziy san’atlar Ma’naviy san’atlar she’r misralaridagi so’z mazmunidan kelib chiqib belgilanadi. Lafziy san’atlar esa she’r misralaridagi so’zlarning shakli bilan bog’liq. Orazin yopg’och ko’zimdin sochilur har lahza yosh, Bo’ylakim paydo bo’lur yulduz, nihon bo’lg’och quyosh. Ushbu baytda lirik qahramon – oshiq agar yor orazini – jamolini berkitsa, ko’zlaridan ayriliq, sog’inch ko’z yoshlari oqishini aytadi. Navoiy mohirlik bilan yorning yuzini berkitishini quyosh botishiga, oshiq ko’z yoshini yulduzlarga o’xshatyapti. Bu istiora san’ati bo’lsa, 2-misrada misrada oshiq o’z holatini hayotdan misol keltirib isbotlaydi, ya’ni “agar yor yuzini berkitsa, ko’zimdan yosh oqadi, xuddi quyosh botib, yulduz chiqqani singari”. Bunda tamsil san’ati mavjud. Bu san’atlarni she’r mazmunidan kelib chiqib belgiladik. Shuningdek, shoir bunda quyosh, yulduz so’zlarini keltiradiki, bu tanosib san’atidir. Download 287 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling