Badiiy san’atlar
Download 287 Kb.
|
3a9c082f56c4e23e0966d765346406fa адабиёт назарияси (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ta’did (ta’dil)
Ishtiqoq
She’r mislarida bir o’zakdan kelib chiqqan yoki bir o’zakdan kelib chiqqandek ko’rinadigan so’zlarni keltirish ishtiqoq san’ati deb yuritiladi. Zeroki, ishtiqoq arabcha so’z bo’lib, “kelib chiqish” degan ma’noni anglatadi. Oy-oygul-oymomo-oyxon-oyxunuk; hukm-haqqum-hakim-muhokama-mahkum… E.Vohidov Toki tirikdirki tabiat To quyosh sochgayki nur, Uch og’iz bordir tushuncha Uch bu so’z yondosh bo’lur. Mohiru mehru mahorat Olimu ilmu amal Oshiqu ishqu mashaqqat Shoiru sheru shuur Mohir va mahorat o’zakdosh, mehr bo’lib tuyuladigan so’z. olim va ilm o’zakdosh, amal o’zakdosh bo’lib tuyuladigan so’z. Oshiq va ishq o’zakdosh, mashaqqat o’zakdosh bo’lib tuyuladigan so’z. shoir, she’r va shuur o’zakdosh. Gonja – vatan ko’ngli ani ganjdez Xotiri ganjiru tili – ganjdez. Tasdir Raddi ul sadr ilal ajuz (sadrning ajuzda takror kelishi) Bu badiiy san’at ham so’zlar takroriga asoslanadi. Baytning 1-misrasi qaysi so’z bilan boshlansa, 2-misra shu so’z bilan tugaydi. Bu hodisa tasdir san’atini yuzaga keltiradi. Sadr – Men bu yuz mushtoqodurmen bog’i bo’ston kim bo’lur Bo’lmasin nasrinu lola arguvon siz-siz menga – ajuz Tazodli tasdir. Baytning 1-misrasidagi so’z 2-misra oxirida antonym qo’shimchalar vositasida antonym so’zga aylantirib beriladi lekin so’z takrori saqlanadi. Baruzli turur bu ajun qalg’usiz Ketuvchi O’zing etgulik qil yitib barg’usiz (ketmaydigan)=(bu dunyo (ajun, ochun) ketuvchidir u qolamaydi. O’zing yo’qolib ketmaydigan ezgulik qilib qol) Ishtiqoqli tasdir. O’zakdosh so’zlarning kelishi, lekin so’z takrori saqlanadi. Atasi bek ersa o’g’li bek O’g’ul tug’sa bek ham atalaridek Yodda tuting!! 1-misra o’rtasidagi 2-misra oxirida takror kelsa ham tasdirni yuzaga keltiradi. Negakim bo’lsin chuchuk shirin takallullar so’zi Lekin ermas ul kalomi shaker afshondin chuchuk. Tasbe’ Tasdirning teskarisi, ya’ni 1-misra oxirida kelgan so’z va so’zlar 2-misra boshida takror keladi. Kuchim yetguncha ko’p qildim vafolar Vafoli qo’lni asrar podsholar. (Xorazmiydan) Kechar dunya kechmas bu ezgu qiliq Bu ezgu birlar ezgu yo’riq Tanosib Munosib so’sidan kelib chiqqan. Bayt misralarida uyadosh so’zlarni ya’no ma’nosi bir-biriga yaqin bo’lgan so’zlar keltirilib, ular vositasida chiroyli manzara yaratishdir. Sen husn ila boysan, senga chun farzdurur haj Qil tengri uchun qa’bayi ko’mishimni ziyorat Xattining vasfin yozarmen kipriku holi birla Xat yozarda chun zaruratdur qalan bila midod 1-misrada: xatt, kiprik, xol 2-misrada: xat, qalan, nidod, yozish Ta’did (ta’dil) Arabcha sanoq so’zidan olinga “Adadsiz dushman botirib keldi” desam son-sanoqsiz dushman deganini tushunamiz. She’r misralarida ma’nosi yaqin so’zlarini ketma-ket keltirish, soddagina qilib aytganda baytda uyushiq bo’laklardan mohirlik bilan foydalanish san’atidir. Jinu malaku hur chaman ichra ko’rinmas Yuzing oyidin barchasi sharmanda do’g’ulmu Sarvu gulu lola xaridori bor Lek o’tining dog’i bozori bor. 1-misrada sarv, gul, lola so’zlari (uyushgan qaratqich aniqlovchi) ta’didyi yuzaga keltiradi. Download 287 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling