Badiiy so’z qudrati
Download 87.5 Kb.
|
7-sinf-adabiyot-fanidan-mavzulashtirilgan-testlar-toplami.baxtiyor.uz
- Bu sahifa navigatsiya:
- Badiiy so’z qudrati
- Hamza Hakimzoda Niyoziy
7-SINF 1-DARS. KO’ZIM QAROG’IDASAN VATAN! (3-74-betlar) Reja: 1. Badiiy so’z qudrati. 2. Hamza Hakimzoda Niyoziy. 3. Muhammad Ali. 4. Umar Sayfiddin. 5. Shavkat Rahmon. 6. Tabiat lirikasi. Badiiy so’z qudrati 1. Badiiy adabiyotning asosiy quroli nima? A) kitob B) so'z C) ohang D) muallif 2. San'atning asosiy turlari ko'rsatilgan qatorni belgilang. A) musiqa, tasviriy san'at, kino, badiiy adabiyot, teatr B) badiiy adabiyot, drama, komediya, fojia, lirika C) haykaltaroshlik, ilm-fan, kino, musiqa, satira D) musiqa, lof, kino, raqs, qo'shiqchilik, askiya. 3. “Tushuntirish” va «tasvirlash» so'zlariga berilgan to'g'ri izohni belgilang. A) tushuntirish fanga ham, adabiyotga ham xos B) tasvirlash fanga ham, adabiyotga ham xos C) fan tasvirlaydi, adabiyot tushuntiradi D) fan «nima bo'lganini» tushuntiradi, adabiyot «qanday bo'lganini» tasvirlaydi 4. «Adabiyot-hayotning in'ikosi». Ushbu fikrni mantiqan to'g'ri davom ettirgan jumlani belgilang. A) shuning uchun ham unda hamma narsa boricha aks etadi B) unda hayotdagi voqealar aynan ko'rsatib beriladi C) ammo uning suratga tushirilgan ayni nusxasi emas D) faqat unda hayotdagi ijobiy hodisalar tasvirlanadi Hamza Hakimzoda Niyoziy 1. «Yig'la, Turkiston» she'ridagi «ruhsiz tanlar» iborasi kimlarga nisbatan qo'llangan? A) tarixda o'tgan erksevar ajdodlar ruhiga B) ozodlik va hurlik yo'lida shahid ketgan qahramonlarga C) o’zligini, ajdodlarini unutgan, istiqbol uchun qayg'urmaydigan ma'rifatsiz xalqqa D) Umrini keraksiz mashg'ulotlar bilan o'tkazib, ilm qadriga yetmaydigan yoshlarga 2. Hamza qaysi she'rida boshqa xalqlarning taraqqiy etganiga havas qiladi va o'z illatining ko'zi ochilmasligidan iztirobga tushadi? A) «Yig'la, Turkiston B) «Yaxshi holin yo'qotgan oqibatsiz Turkiston» C) «Dardiga darmon istamas» D) «O'zbek xotin-qizlariga» 3. Hamzaning «Dardiga darmon istamas» she'rida qanday dard haqida so'z yuritmoqda? A) o’sha kezlarda yurtda keng tarqalgan yuqimli kasallik B) ichkilikbozlik va qimor C) mustamlakachilik va istilo D) ma'rifatsizlik, jaholat 4. «O’zbek xotin-qizlariga» she'ri qaysi janrda yozilgan? A) to'rtlik B) g'azal C) murabba' D) muxammas 5. «Yig'la, Turkiston» she'rida qanday fikr ifodalangan? A) ma'rifatsizlik tufayli qoloqlikda qolgan el ahvoliga achinish B) manfaatparast boylarni qoralash C) mutaasib dindorlarni qoralash D) rus imperatorlarini tanqid qilish Download 87.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling