Badiiy tahlil asoslari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/20
Sana18.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1559938
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Kitob 9517 uzsmart.uz

 
 
 
 
XVI-MAVZU 
 


 BADIIY ASARNING BIOGRAFIK TAHLILI 
 
REJA: 
1. Badiiy asar va matnni tahlil etish yo’llari taraqqiyoti
2. Qadimgi Sharq adabiyotida badiiy asar va muallif masalasi 
3. Badiiy asar va ijodkor shaxsiyati muammosi 
4. Badiiy ijod va ijodkor labaratoriyasi masalasi 
5. Badiiy asarni biografik tahlil etish usuli 
6. Ijod va ijodkor olami masalasi 
7. Badiiy biografik asarlar tahlili 
8. biografik tahlilning tayanch omillari 
9. Shoir shaxsiyati, muallif. Maishiy hayot. Turmush-tarz. Falsafiy 
qarash. Intim hayot… 
Tayanch tushunchalar: 
Badiiy asar. Matn tahlili. Biografik tahlil. Shoir shaxsiyati. Ijodkor 
labaratoriyasi. Muallif va badiiy asar. Ijod va ijodkor dunyosi. Biografiya. 
Avtobiografiya.Hasbu-hol. Biografik asarlar. Ijodkor hayoti. Badiiy qahramon 
va ijodkor. Muhit va ijod. Davr va ijodkor. Hayot va adabiyot. Maishiy hayot. 
Ijtimoiy kelib chiqish. Ruhiyat. Falsafiy qarash. Intim hayot. 
ADABIYOTLAR: 
1. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. –T., O’qituvchi. 2005 yil. 
2. Ҳ.Умуров. Адабиётназарияси. –Т.: «Шарқ», 2002. 
3. Mustaqillikdavriadabiyoti, – T.: 
“G`.G`ulomnomidagimatbaaijodiyuyi”,2006. 
4. Сет-Бёв Ш.Литератунные портреты.-М.:Художественная литература, 
1970, С.6. 
5. Наркирьер Ф. Моруа-литературный критик / В кн .: Андре 
Моруа.Литературные портреты:-М.: Прогресс, 1971, С.8.
6. Мейлах Б.С Биография как методологическая проблема /В кн.:Человек 
науки.-М.:Наука, 1974, с.12.
7. Сент-Бёв Ш. Литературные портреты.-М. : Художественная 
литература, 1970,С. 331.
8. Цвейг С.Казанова, Фридрих Ницше, Зигмунд Фрейд.- М.: Интерпрокс, 
1990, С.44-60.
9. Моруа А. Литературные портреты.- М. : Прогресс, 1971, С.224-225.
10. Сент-Бёв Ш.Пьер Корнель/ В кн..: Литературные портреты.-М.: 1970, 
С.47.
11. Сент-Бёв Ш.Дидро/В кн.: Литературные портреты.-М.: 1970, С.117.
12. Гулыга А.Шеллинг.- М.:Молодая гвардия, 1984, С.95-132.
13. Мейлах Б.С. Биография как методологическая проблема /Вкн.: Человек 
науки-М.:Наука, 1974, С.12.
14. Словарь литературоведческих терминов.-М.:Просвещение, 1974, С.32-
33.


Badiiyijodnamunasinibiografiko’rganishyo’lidagiilkqadamlarXIXasrningbirinc
hiyarmifransuzilmiy-adabiymuhitidako’zgatashlanadi. 
YevropaijtimoiymuhitigaUyg’onishdavridanmeroso’laroqshakllangangumanizmko
nsepsiyasiinsonshaxsiyatiningekssentriktadqiqobyektimaqominiegallashigaolibkel
di. 
Borliqvamavjudlik, 
voqyelikvaharakat, 
makonvazamonkabiglobalhodisalarinsonvauningshaxsiyatinegizidatalqinetilaboshl
adiki, 
mohiyatanularningbarchasiniqamrabolishqudratigaegabo’lganbadiiyijodmuammosi
aynijarayondanchetdaqolishimumkinemasedi.Jahonadabiyoshunoslaritomonidanbi
ografikmetodningasoschisidebe’tirofetilganSharlSent-Byov 
(1804-1869) 
1821 
yiliBurbonnomidagikollejdata’limolarekan, 
falsafao’qituvchisiDamirono’zshogirdlarigaharqandayijodnamunasimuallifshaxsiy
atibilanbirbutunlikdao’rganilishilozim, 
deganfikrniuqtiraredi.
1
Damironma’ruzalarigaasosbo’lgan «Fransuzfalsafasitarixi» 
talabaSharlningengsevimlikitobigaaylanadi. 
Uningdastlabkiilmiytadqiqotihamaynanfalsafiymavzudabo’lib, 
«Barhayotruhhaqida» debnomlanadi. Kollejdavakeyingita’limjarayonlaridatabiat, 
fiziologiya, 
ximiya, 
medisina, 
mantiq, 
tilvaadabiyotilmlarinimukammalo’rganganSent-
ByovuchunDamironfikrlaritayanchkonsepsiyabo’libqoladi.1825 
yildaParijdanashretilaboshlagan, 
Pushkin, 
Karamzin, 
Stendalkabimashhuryozuvchilarasarlarichopqilingan 
«Glob» 
gazetasinafaqatudavrfransuzziyolilarining, 
balkiumumevropaziyoliqatlaminingilg’orqarashlariniaksettiraredi. 
Gazetachopetganqatormaqolalardabadiiyijodnamunasigayangichayondashuvmasal
asidabahs-munozaralarkuzatiladi. 
Xususan, 
badiiyasarniuningmuallifitabiati, 
iste’dodi, 
psixologikholatlaribilansintezetaroqtadqiqqilish, 
ijodjarayonigaindividualyondashish, 
o’shadavrfransuzilmiy-
adabiymuhitiningdolzarbmuammosigaaylanganedi.Sent-
Byovningdastlabkitaqrizlari, 
adabiy-tanqidiymaqolalarihamaynan 
«Glob» 
gazetasidanashretilgan. 
KeyinchalikuningfransuzklassiklariRasin, 
Bualo, 
Lofantenlarijodiymerosiga, 
zamondoshiV.Gyugoning 
«Odavaballadalar» 
to’plamigadoirjiddiytadqiqotlarichopqilindi. Shuningdek, Sent-ByovXVI-XIX-
asrlarfransuzshe’riyativadramaturgiyasitarixiytaraqqiyotiustidahamtadqiqotlaryozd
i. 
Biroqbukabisoftarixiy-badiiymuammolartalqinidahamSent-
Byovgaxosindividualtahliltamoyiliyetakchilikqiladi. 
Bujihatolimningharqandaytarixiydavrsilsilasidamuayyanijodkorningo’rnigaurg’ube
rganidako’rinadi.UningilkadabiyportretlariKornel, 
Bualo, 
Lofantenva, 
ayniqsaromantizmadabiyotiningqatorvakillarihaqidabo’lib, 1829 yildanboshlab 
«RevyuParij» jurnalidanashretilgan. XIX-asrning 30-yillaridaSent-ByovPor-
Royaladabiy-diniymaktabifaoliyatinio’rgandi. 
Nafaqatfransuzlarning, 
balkibutunYevroparuhoniyadabiyotivatafakkurtarziniifodaetuvchibumaktabhaqida


gitadqiqotlaribeshjilddaniboratbo’lib, 1838-1859 yillarorasidanashretilgan. Sent-
Byovning «Konetityusionnel» jurnalibilanqilganijodiyhamkorliginatijasio’laroq 15 
jilddaniborat 
«Dushanbadagisuhbatlar», 
13 
jildlik 
«Yangidushanbalar» 
nomlitadqiqotlarimaydongakeldi. 
Ushbutadqiqotlarningmanbaviyko’laminihoyatdakeng. 
Ulardamuayyanadabiy-
tarixiydavrlarhamdaalohidafaylasuf, yozuvchi, shoirlarijodixususidaso’zyuritiladi. 
Xullas, 
Sent-
Byovtomonidano’zdavriilmiydoirasiuchunyangiliksifatidataqdimetilganbiografikta
dqiqyo’nalishiuchyirikomilgatayanadi. 
Bularningbirinchisi, 
ildizlariantikdunyoijtimoiytafakkurigaboribbog’lansa-da, 
boshlang’ichaniqharakatniUyg’onishdavridanolganshaxskonsepsiyasi. Ikkinchisi, 
Sent–Byovyashabijodetganjamiyatdagifikriyyangiliklar, madaniy-tarixiy, falsafiy-
psixologik, ilmiy-adabiyqarashlar. 
Uchinchisi, 
bevositaSent-Byovshaxsiyati, 
ijodiy, 
ilmiy, 
ijtimoiyfaoliyatihisoblanadi.Sent-
Byovtadqiqotlaridamuayyanshaklgakirganbiografikmetodkeyinchalikuningqatorizd
oshlaritomonidandavomettirildi, rivojlantirildi. Xususan, «Adabiyottarixigakirish» 
(1848) asariningmuallifiLakomb, «Adabiyotniilmiytadqiqetishusullari» (1900) 
asarimuallifiRenar, 
o’tganasrning 
20-60-
yillaridabiografikmetodmuammolaribilanshug’ullanganMaksVerli, 
ViktorJiro, 
ValterMushg, 
D.Shtolnisvaboshqaqatorolimlarningishlarishujumladandir. 
Badiiyasarvaijodiyjarayonnibiografiko’rganishtarafdoribo’lganYevropaolimlariora
sidaSent-ByovdanqariybyuzyilkeyinyashaganAndreMorua 
(1885-1967) 
ijodialohidaajralibturadi. 
Sent-
Byovgachavaundankeyinmaydongakelganilmiyqarashlar, 
o’zigaxostadqiqotlarAndreMoruaimkoniyatlarininisbatankengaytirganedi. 
BundantashqariyoshYemilYerzog 
(A.Moruaningxaqiqiyismisharifi) 
1901 
yilningoktyabroyidaKornelnomidagikollejdadavriningyetukmutafakkiriAlenbilanu
chrashadi. Uchrashuvningdastlabkidaqiqalaridanboshlab, uningshogirdigaaylanadi. 
YoshYemilgaAlentomonidano’qtirilgangumanizmkonsepsiyasibo’lajakolimilmiy -
falsafiyqarashlariningo’zagigaaylanadi. 
AndreMoruaningbutunilmiy-
ijodiyfaoliyatiadabiyjarayonnibiografiktalqinetishgaqaratilgan. 
Tadqiqotchilarningqaydetishicha, 
«MoruaijodiyevolyuiyasiShellidanBalzakkachabo’lganbiografiktadqiqotlardanamo
yonbo’ladi».
2
A.Moruaning 
«LabryuyerdanPrustgacha» 
(1964), 
«PrustdanKamyugacha» 
(1963), 
«JiddanSartrgacha» 
(1965), 
«AragondanMoterlangacha» 
(1967) 
sarlavhalariostidanashretilganto’rtjildlikyiriktadqiqotidabiografikmetodningilmiy-
nazariyprinsiplario’zifodasinitopgan. 
Biografikmetodningyevropachatalqindanbirqadarfarqliko’rinishisobiqsho’rodavria
dabiyoshunosligidahamkuzatiladi. 
XXasrning 
20-yillaridaG.O.Vinokurning 
«Biografiyavamadaniyat» kitobiaynimuammotalqinigaqaratilganedi. Ayniqsa, 60-
70-yillardanashretilgan 
«Ilmiyijod», 
«Ilmiykashfiyotvauniqabulqilish», 
«Zamonaviypsixologiyadailmiyijod», 
«Adabiyvailmiyijod» 


kabiilmiyto’plamlardabiografikmetodvaijodiyjarayonmuammolaritadqiqetiladi. 
ShuyillariFanlarakademiyasitomonidanushbumavzudabirnechtayiriksimpoziumlaru
yushtirilgan. 
«Ajoyibkishilarhayoti» 
(JZL) 
ruknidaqatorilmiybiogrofiyalarnashretilaboshlaganki, 
ushbuan’anabugungachadavometibkelyapti. 
YirikolimlarB.M.Kedrov, 
M.G.Yaroshevskiy, 
B.S.Meylax, 
A.Mashkovskiylarningqatortadqiqotlariaynanbiografikmetodmasalalarinio’rganish
gaqaratilgan. 
XXasro’zbekadabiyoshunosligidahamyozuvchilar, 
olimlariningadabiyportretlarigabag’ishlanganrisolalar, 
biografiko’rganishmuammolarigaqaratilgandoktorlikvanomzodliktadqiqotlarima’lu
m. 
Ammoulardabumetodniyangikonsepsiyalaribilanboyitadigananiqxulosalaruchrama
ydi.
Ko’rinadiki, 
biografikmetodo’ziningmanbaviyvaxronologikko’lami, 
ta’sirdoirasijihatidan, muayyansalmoqqaega. Jahon tan olgan yirik olimlar bu 
metodga e’tibor bilan qaraganlar. Uni jiddiy ilmiy muammolarga tatbiq etganlar. 
Ammo, shunga qaramasdan, biografik metodning markaziy konsepsiyalari, ilmiy-
nazariy prinsiplari, metod sifatidagi o’ziga xos jihatlari, boshqa tadqiq metodlari, 
fan sohalari bilan aloqadorligi masalalarini umumlashtiruvchi metodologik 
tadqiqotlar mavjud emas. Shuning uchun bo’lsa kerak, ilmiy-biografik
tadqiqotlarda, tadqiqotchilik metodologiyasiga doir nazariy asarlarda, terminologik 
lug’atlarda bu metodning aniq ilmiy ta’rifi, spesifik jihatlari o’z aksini topmagan. 
Barcha ilmiy tadqiqot metodlari kabi beografik metod ham doimiy rivojlanish, 
o’zgarish xususiyatiga ega bo’lsa-da, turli davrlarda yaratilgan tadqiqotlarda bir 
qadar tarqoq holatda mavjud bo’lgan konseptual fikrlarni umumlashtirish, 
biografik tadqiq usulining metodologik prinsiplarini belgilash, maqsadga 
muofiqdir. Biografik metod mohiyatida inson shaxsiyati turadi. Ayni jihati bilan 
mazkur metod universal xarakter kasb etadi. Ya’ni ijodkor va ijod mahsulini 
sintezda o’rganish yo’lidagi harakat, eng avvalo, barcha fanlar, falsafalar, tadqiq 
metodlarini istifoda etishni taqazo qiladi. Qolaversa, bugungacha mavjud har 
qanday tafakkur shakllarining inson fenomeni doirasida markazlashuvi ushbu 
metodning universallik darajasini oshiradi. Beografik metod obyekt tanlanmaydi. 
Uni ijodning har qanday turi (amaliy, nazariy) va har qanday shakli (fan-texnika, 
san’at, siyosat, madaniyat)ga nisbatan qo’llash mumkin.Ushbu metod ijodkor 
biografiyasidan faqat axborot manbai sifatida foydalanmaydi, balki bunda ijodkor 
biografiyasi bir butun tizim o’laroq ijod mohiyatini ochishga xizmat qiladi. Bu 
shunday tizimki, ichki strukturasi jihatidan ko’plab mukammal tizimchalarni 
o’zida mujassam etadi. Shuningdek, ijodkor hayoti va faoliyatini atroflicha qamrab 
olishga qaratiladi.Biografik metodning o’ziga xosligi ijodkor individualligi 
muommosini tadqiqot markaziga qo’yishida ekani bois, ularda genetik faktor 
yetakchi o’rinlardan birini egallaydi. Garchi sho’ro davri olimlari ijodkor 
shaxsiyatini genetik- biologik talqin etish «vulgarcha, pozitivistcha xulosalarga 


olib kelgan»ligini qayta-qayta ta’kidlashgan bo’lsa-da,
3
biografik tadqiq ushbu 
foktorni chetlab o’tishi mumkin emas. +olaversa, adabiyotni o’rganishda «irq», 
«muhit», «vaziyat» birligi nazariyasini ilgari surgan Ipolit Ten Sent-Byov bilan 
yaqin do’st bo’lgan va tabiiy ravishda, unga o’z ta’sirini o’tkazgan.
4
Genetik nuqtai 
nazardan o’rganilgan individuum ijodiy jarayonga xos o’ta nozik holatlarni 
tushunishga qo’l kelganiga shubha yo’q. Ijodkor maishiy, ijtimoiy muhit ta’siri 
ostida o’zlashitirishi ehtimoldan uzoq bo’lgan, bir qarashda g’ayrioddiy tuyuluvchi 
ba’zi xususiyatlar ildizi uning qadim ajdodlari ongi va ruhiyatida yashagan 
«genetik xotira»ga borib tutashadiki, bunday holat talqini uchun albatta genetika 
tajribalariga suyanish lozim bo’ladi.Sent-Byov J.J. Russo haqidagi ishida ijodkor 
nutqidagi bir oz «qo’pollik», «soddalik», «dangallik», «yashirin iztirob»larni uning 
shogirdi arisokrat Shatobrianga qiyosan izohlar ekan, shunday yozadi: «U ajdodlari 
bilan faxrlana olmasdi. Shu bois unda eslash bir oz og’irroq, sirli iztiroblarga 
yo’g’rilgan, qashshoq ajdodlariga tortadigan nimadir yashar edi».
5
Ijodkorga xos 
bu kabi holatlar badiiy asarda bir yoki bir nechta qahramon tabiatiga singgan 
bo’lishi mumkin. Ba’zan esa asarning umumg’oyasi, tili, uslubi hatto kompozision 
qurilishigacha ta’sir o’tkazishi ehtimoldan xoli emas. Gyotening «uslub-bu odam», 
Floberning «Bovariy xonim-mening o’zimman», degan obrazli fikrlarida shunga 
ishora bor. Badiiy asarni o’rganishda muallifning intim hayotiga urg’u berish Sent-
Byov va uning g’arblik izdoshlari tadqiq usulidagi yetakchi xususiyat sifatida 
qaraladi. Ko’pincha biografik metodning cheklangan tomonlarini ham shu bilan 
izohlashga bo’lgan urinishlar kuzatiladi. 
6
Aslida intim hayotning muallif 
biografiyasi va ijodini sintez qilib o’rganishdagi o’rni qanday? Haqiqatan ham bu 
jihat biografik metod imkoniyatlarini cheklaydimi?Agar insonning tabiiy 
intilishlari, o’z hissiy dunyosiga munosabatini xolis baholaydigan bo’lsak, bu jihat 
jamiyat yoki muayyan inson faoliyatida katta o’ringa egaligiga shubha qilmaymiz. 
Adoqsiz zamon va makon qatlamlarini o’zida mujassam etgan eposlardan tortib, 
insonning lahzalik kayfiyatini aks etiruvchi kichik lirik asarlargacha, ijodning 
kollektiv shaklidan, individual ko’rinishigacha intim holatlar muhrlanmagan biror 
asarni uchratish mumkin emas. Barcha mashhuru nomashhur shoirlar ijodining ilk 
namunalari albatta intim holatlarga bog’liq bo’ladiki, bu tomonni chetlab biografik 
tadqiqot yaratib bo’lmaydi. Intim hayotning ijod jarayoni bilan munosabatini 
o’rganish, tadqiqotchidan so’zsiz individual yondashuvni talab etadi. Chunki bu 
o’ta nozik holat bo’lib, uni individuum hayoti va ijod psixologiyasiga ta’sir 
darajasi, funksional jihatlari boshqa shaxs, holat yohud vaziyatda hyech qachon 
takrorlanmaydi. Ba’zan esa intim hayot munosabatlari o’zining g’ayritabiiy 
natijalari bilan bir-birini inkor etishi ham mumkin. Yevropa dunyosini o’zining 
ishqiy sarguzashtlari bilan hamon hayratga solib kelayotgan XVIII asr «Don 
Juani» J.J.Kazanova ijodining negizida tom ma’noda real jinsiy faoliyat yotadi. 
Tadqiqotchilarning qayd etishicha, uning barcha asarlaridagi, bir qarashda obrazli 
talqin bo’lib tuyuladigan, voqyealar, prototiplar, detallar, epitet va tashbehlar mana 


shu real faoliyatning mahsuli hisoblanadi.
7
Ayni masalada Kazanovaning 
paradoksal shakli sifatida M.Prustni ko’rsatish mumkin. Agar Kazanova ijodi 
jinsiy-avantyura negizida shakllangan, g’arb jamiyati nazarida muayan cho’qqini 
egallagan bo’lsa, M.Prust talqinida birgina bo’sa haqiqiy muhabbat tuyg’usiga 
putur yetkazadi.
8
Ijod dunyosi bilan bog’liq bu ikki holat ijodkor intim hayotini 
minimumdan maksimumgacha ifoda etadi. Ya’ni intim hayotning barcha boshqa 
shakllari shu ikki holat o’rtasida mavjud bo’ladi. Demak, har qanday ijod u yoki bu 
darajada intim hayotga bog’liq va biograf-tadqiqotchining bu nuqtaga urg’u berishi 
behuda emas.
Biografik metod tayanadigan omillardan yana biri ijodkorning maishiy 
turmushi sanaladi. Ijodkorning oila turmushi, qarindosh-urug’lari, do’st birodarlari 
bilan munosabati, yashash tarzi, unga doir odatlar (jestlar), buyumlar va 
hokazolarni qamrab oladigan bu omil bir qarashda unchalik muhim tuyulmasligi 
mumkin. Lekin ijodkor hayotida ro’y beradigan g’ayrioddiy holatlar, olamshumul 
voqyealarga nisbatan nihoyatda ko’p foizni tashkil etuvchi odatiy hayot tarzi 
bevosita maishiy turmush bilan bog’liqki, bu ko’p jihatdan ijod namunalarida o’z 
muhrini qoldiradi. Shu bois, ijod jarayonini individual aspektda tahlil etuvchi
barcha tadqiqotlarda ijodkor biografiyasi mumkin qadar qamrab olinadi. Chunki 
ijodkor biografiyasining xronologik talqini maishiy turmushga doir fakt va 
dalillarni muayan ketma-ketlikda ifoda etadi. Sh.Sent Byov yozadi: «Adabiy tanqid 
sohasida va adabiyot tarixida buyuk odamlar biografiyasi kabi yurakka yaqin, 
go’zalroq, ibratliroq narsa kamdan-kam uchraydi». Uning ta’kidlashicha, 
biografiya muallif hayot yo’lining shunchaki bayoni emas. Haqiqiy biografik 
tadqiqot yuzaga kelishi uchun tadqiqotchi ijodkor «ruhiyatiga kirishi», «uni turli 
qirralarini ko’rsata bilishi, bu insonni harakat qilishiga, gapirishga, nafas olishiga 
majbur etishi», «eng muhimi, uni oila davrasida, o’ziga xos odatlari bilan tasavvur 
eta olishi» lozim. Negaki, «buyuk ijodkorlar ham oddiy odamlar kabi mayda 
turmush tashvishlaridan xoli bo’lmaydilar» 
9
. Adabiyot tarixida mashhur 
ijodkorlarning aynan tirikchilik vajidan asar yozganlari haqida dallilar ko’plab 
uchraydi. Qashshoqlik, kundalik turmush sharoitning yomonligi ba’zi hollarda 
shedver asarlarning dunyoga kelishiga sabab bo’lsa, ba’zan teskari natija beradi. 
Sent-Byov buyuk fransuz mutafakkiri D.Didro haqidagi tadqiqotida bo’lajak 
mutafakkirning bir kunlik yeyish-ichishiga bor-yo’g’i olti su sarflagani, shu bilan 
qanoatlanib qizg’in ijod bilan shug’ullanganini yozadi.
10
Adabiyot tarixida shunday 
dalillar ham uchraydiki, ijodkorning maishiy hayotida ro’y bergan favqulodda 
hodisa keyinchalik o’zining individuallik doirasidan chiqib, universal funksiya 
bajara boshlaydi. XVIII asr ingliz sentimental adabiyoti vakili Yeduard Yungning 
(1683-1765) maishiy hayotiga doir bir voqyea bunga yorqin misol bo’la oladi. 
1742 yilda Yeduard Yungning xotini va tutingan qizi vafot etishadi. Shundan so’ng 
u tamomila tushkun kayfiyatga yo’liqadi. Bunday kayfiyat tabiiy ravishda uning 



ijodida ham aks etadi. Shoir tomonidan 1742-1745 yillar orasida yozilgan 
«Insoniyat yoxud hayot, o’lim va boqiylik haqida tungi o’ylar» poemasi ayni 
kayfiyatning maxsuli bo’lib, unda insonning taqdir iplari bilan bog’lab 
tashlanganligi, ojizligi, umrning bevafoligi xususida so’z yuritiladi. Ye.Yungning 
bu asari o’z davri adabiy muhitiga katta ta’sir ko’rsatadi va shu ta’sir negizida 
yangi bir she’riy yo’nalish-«qabriston she’riyati» maydonga keladi. 
Umuman, ijodkorning maishiy hayoti va ijod jarayonni bilan bog’liq bunday 
holatlar biografik tadqiq jarayonida muhim o’rin tutadi.Badiiy asarni tadqiq etishda 
biografik metod tayanadigan omillardan yana biri ijodkor falsafasidir. 
Tadqiqotchi–biograf muayyan ijodkor asarini, ijodiga xos muhim nuqtani 
belgilashga urinar ekan, uning uchun bunday tadqiqotlar qanday falsafiy asosga 
ega ekanini bilish, muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki har qanday ijodkor hayoti 
davomida anglagan falsafasi asosida faoliyat yuritadi, ijod qiladi, muhim badiiy 
konsepsiyasini ilgari suradi. Falsafiy omil o’ta keng tushuncha bo’lib, ijodkor-
shaxsning o’zi bilangina bog’liq emas. Bunda ijodkor yashagan ijtimoiy muhit, u 
muloqotda bo’lgan ilmiy-adabiy doiralar, u o’qigan kitoblar, uning ijtimoiy 
mavqyei va hokazolarning o’rni katta bo’ladi. Shu va shu kabi qismlar birlashib, 
ijodkor falsafasi, degan fenomenni tashkil etadi. Shuni ham unutmaslik kerakki
har qanday biografik tadqiqot falsafiy omildan holi bo’la olmaydi. Ammo tabiatan 
falsafiy-badiiy talqinga moyil ijodkorlarni o’rganishda bu omil o’ziga xos natija 
beradi. Badiiy ijodda aks etgan falsafiy konsepsiyalar asos nuqtai nazari bilan ikki 
xil bo’lishi mumkin. Bularning birinchisi, an’anaviy bo’lib, ijodkor zamonigacha 
mavjud bo’lgan va uning zamoniga doir falsafiy fikrlardan kelib chiqadi. Falsafiy 
badiiy talqinning bunday shakli nisbatan universalroq mohiyat kasb etadi. Ya’ni 
har qanday yozuvchi, shoir yoki dramaturg inson fenomenini turli vaziyat va 
holatlarda tasvirlar ekan, umuminsoniyat tomonidan qabul qilingan falsafiy 
qarashlarni bilib yoki bilmay istifoda etadi. Biroq bu o’rinda muallifning maqsadi 
falsafa yurgizish emas, asar qahramoni tabiatini yorqinroq ifoda etish, umumpoetik
g’oyani teranroq yoritishdan iborat bo’ladi. Falsafiy–badiiy talqinning ikkinchi 
shakli ham yuqoridagi elementlardan tamomila xoli bo’la olmaydi. Shu bilan birga, 
bunda individual talqin yetakchiligi ko’zga tashlanadi. Shu xarkterdagi asarlar 
mualliflari esa aynan falsafaga moyil ijodkorlar sirasiga kiradilar. Ular har qanday 
umuminsoniy voqyelikdan falsafiy xulosalar yasashga moyil bo’ladilar.Yana bir 
narsani ta’kidlash joizki, badiiy ijodda falsafiy omilning namoyon bo’lishi ijodkor 
hayotidagi tragik vaziyatlar bilan ham bog’liq bo’ladi. Ma’lumki, qadim yunon 
adabiyoti nomayandasi Gesiod o’zining mashhur «Mehnat va kunlar» nomli 
didaktik asarida umuminsoniy, umumfalsafiy muommolar ustida ham so’z 
yuritadi. Insoniyat hayotini oltin, kumush, mis kabi turli davrlarga ajratib, uning 
davrlar oqimi bo’ylab tubanlashib borayotganiga urg’u beradi. Uning bunday 
fojiaviy xulosaga kelishiga sabab esa noqobil, xudbin ukasi Persning qilmishlari 
bilan bog’liq edi. Yevropa uyg’onish adabiyotining asoschisi Dante Aligyeri esa 
pok muhabbati Beatriche o’limidan so’ng (1290) butun vujudi bilan falsafaga 
sho’ng’ib ketadi. Arseniy Gulo’ga Fridrix Vilgelm Yozef Shelling (1775-1854) 
haqidagi biografik tadqiqotida shunga yaqin holatni qayd etadi. Bunga ko’ra, XIX 
asr 90-yillari so’ngida Shellingning go’zal ma’shuqasi Avgusta Beler yuqumli 


kasallikdan vafot etadi. Bunday ayriliqdan chuqur qayg’uga tushgan Shelling 
butun alamini ishdan oladi. Shu yillari uning naturofilosofiya nazariyasi va san’at 
falsafasiga doir mashhur tadqiqotlari, «Gans Viderpostning epikurona ishonch 
ramzi» nomli poemasi dunyoga keladi. 
11
Andre Moruaning «Adabiiy 
portretlar» asarida Labryuyerdan Alengacha bo’lgan buyuk ijodkorlarga murojaat 
etilgan. Biroq bularning orasida faqat Antuan de Sent-Yekzyuperi ijodigina 
«Filosofiya» degan alohida sarlavha ostida tadqiq etilgan. «Ba’zi odamlar,-deb 
yozadi Morua «Filosofiya» bo’limi debochasida, Sent Yekzyuperi uchun 
yozuvchiligi, samo sayyohi ekanligining o’zi kifoya, deb o’ylaydilar va aytadilarki: 
«Nega u faylasuf bo’lmagani holda falsafa yuritishga urinadi». Menga esa uning 
aynan faylasufligi yoqadi».
12
Sent-Yekzyuperiga xos, Andre Morua ta’kidlagan 
falsafa ijodkorning individual falsafasiga yorqin misol bo’la oladi. A.Morua 
talqiniga ko’ra, yozuvchining shaxsiy qarashlari badiiy voqyelik qatlarida muayyan 
obraz falsafasi o’laroq namoyon bo’ladi.
Xullas, badiiy ijod jarayonida kuzatiladigan bunday jihatlar biograf-
tandqiqotchining ham ma’lum ma’noda faylasuf bo’lishini va jahon falsafasi 
tarixini bilishini talab etadi. Sho’ro davri tadqiqotchilari biografik metodning 
xorijdagi namoyondalarini ko’pincha ijodkorning ijtimoiy muhit prizmasida 
o’rganmaslikda ayblar edilar. (Ma’lumki, Ijodkor biografiyasiga markscha 
yondashuvning muhim sharti sifatida «yozuvchi yoki olim ijodini ma’lum 
ijtimoiy–tarixiy faoliyatning inkosi o’laroq tadqiq etish» edi.)
13
Biroq biografik 
metodning yirik vakillari Sh.Sent-Byov, A.Morua tadqiqotlariga xolis yondoshsak, 
bunday qarashlar o’zini oqlamasligiga amin bo’lamiz. Avvalo shuni ta’kidlash 
kerakki, biografik metodning kurtaklari bevosita ijtimoiy muhitdagi muayyan 
o’zgarishlar ta’sirida maydonga kelgan. Xususan, Sent-Byov o’zining matbuotdagi 
chiqishlari bilan ijtimoiy tafakkur vakili sifatida namoyon bo’ladi. Uning: «Asl 
tanqidchi jamotchilikdan yuqori turadi, ijtimoiy fikrni boshqaradi, agar jamiyat 
turg’unlikka yuz bursa, to’g’ri yo’ldan adashsa, bunday bo’ron paytida baralla 
ovozda ularni to’g’ri yo’lga chorlaydi»,
14
degan so’zlari rus tanqidchisi 
V.Belinskiy fikrlarini yodga soladiki, ba’zi sho’ro tanqidchilari bu ikki olim 
qarashlarini ziddiyatda talqin etishga mayl ko’rsatadilar.
15
Ikkinchidan, Sent-Byov 
va A.Morualarning deyarli barcha tadqiqotlarida ijodkor-obyekt qizg’in ijtimoiy 
faoliyatda o’rganiladi. Misol tariqasida A. Moruaning Shatobrian haqidagi 
tadqiqotini keltirish mumkin. Tadqiqot markazida Shatobrianning o’ta shaxsiy va 
psixologik asari «+abrdan maktublar» (Zamogilno’ye zapiski) turadi. Agar sho’ro 
tadqiqotchilarining g’arb biograf-tadqiqotchilari haqidagi fikrlariga ishonadigan 
bo’lsak, A.Morua ushbu asar asosida Shatobrianning ruhiy dunyosiga, qalbining 
eng qorong’u nuqtasigacha kirishi, tom ma’noda individual talqinga berilishi lozim 
edi. «+abrdan maktublar» asariga xos sentimental tasvir, tushkun kayfiyat, 
intellektdan ko’ra hissiyotning ustunligi bunday talqinga yuz foiz izn berar edi. 


Lekin asar ko’proq Shatobrian shaxsiyati, ijtimoiy faoliyati, siyosiy qarashlrini 
yoritish maqsadida o’rganiladi. Bunday tushkun ruhdagi asarning yuzaga kelishi 
ham Fransiyaning Germaniya va Angliyadagi elchisi bo’lib ishlagan yozuvchiga 
nisbatan qilingan tazyiqlar, u kuzatgan xalqlarning turmush tarzi, uning ijtimoiy 
pozisiyasi nuqtai nazaridan talqin etiladi.
16
Bunday misollarni xorijda yuzaga 
kelgan biografik tadqiqotlarning aksariyatida uchratish mumkin. Uchinchidan, biz 
yuqorida biografik metodning tom ma’nodagi ijtimoiy tushuncha-gumanizm bilan 
bog’liqligi haqida so’z yuritdik. Holbuki, badiiy ijodga gumanistik yondashuv 
istasak-istamasak ijodkor va badiiy obraz, real voqyelik va badiiy voqyelik, hayot 
va poetik mazmun sintezni talab etadi. Bunday talqining esa ijtimoiy 
komponentdan xoli bo’lishi mumkin emas. Bu haqida rus olimi M.Treskunov 
shunday yozadi «Sent-Byov o’zining tanqidiy etyudlarida biografik talqin orqali 
ijodkor shaxsiyatini tushunishga, tushuntirishga urinadi. Buni to’g’ri anglamasdan 
turib, Sent-Byov tadqiqotlarini tarixiy nuqtai nazaridan xolis baholash mumkin 
emas. Boshqa burjua tadqiqotchilaridan farqli o’laroq, u yozuvchi shaxsiyatini 
badiiy ijodning yagona substansiyasi deb hisoblamagan. Aksincha, uning ishlarida 
ijodkor shaxsiyati makon va davr ruhiyatini aks etiruvchi oyna sifatida 
tushunilgan».
17
Demak, biografik tadqiqotning ijtimoiy voqyelik bilan mushtarak jihatlari 
talaygina. Aniqrog’i ijtimoiy voqyelikdan yuz foiz uzilgan biografik tadqiqot 
hyech qachon o’zini oqlamaydi. Ijod jarayoni ma’lum darajada muallifning 
psixologik holatlari bilan bog’liq. Shu bois psixologik omil biografik metod uchun 
muhim sanaladi. Ko’p hollarda buning psixobiografiya deb atalishi ham shundan. 
Buni Sent-Byovning o’zi ham e’tirof etib, shunday yozgan edi: «Mening tanqidim 
ixtiyorsiz ravishda har bir yozuvchi, har bir asarni psixologik tadqiq etishga 
qaratiladi».
18
Uning fikricha, psixologik talqin iqtidoriga ega bo’lgan 
tadqiqotchidan biror yozuvchi, ayniqsa, shoir o’ta teran sirlarini ham yashira 
olmaydi. Psixologik omil biografik tadqiqot uchun ikki yoqlama ahamiyat kasb 
etadi. Buning birinchisi, bevosita ijodkorning biografik dunyosi, real borlig’i bilan 
bog’liq bo’lib, mazkur individuumga xos psixolobiologik, psixososiologik 
unsurlarni namoyon qiladi. Ikkinchisi, ayni unsurlarning badiiy asarda, voqyelik va 
obrazlar talqinidagi o’rinini aniqlashga xizmat qiladi. Buning ibtidoiy shakllari ilk 
biografik tadqiqotlarda ko’ringan bo’lsa, keyinchalik ijod psixologiyasi degan 
maxsus ilmiy yo’nalishga asos bo’ldi.Sent-Byov o’zining Viktor Gyugo haqidagi 
tadqiqotida badiiy ijodning yosh psixologiyasi bilan mushtarak jihatlariga e’tibor 
qaratadi. Xususan, «Byug Jargal» asarining dunyoga kelishi jarayonlari, asarning 
turli yillarda yozilgan variatlari haqida so’z yuritadi. Uning yozishiga, mashhur 
«Byug Jargal» asarining ilk variantini Gyugo 16 yoshida, ikki hafta ichida yozgan. 
O’sprin psixologiyasiga xos voqyelikni romantik qabul qilish, tezroq hikoya qilib 
berishga intilish xususiyati ushbu variantning nisbatan noobyektiv chiqishiga, janr 
nuqtai nazaridan novellaga o’xshab qolishiga sabab bo’lgan. Ijod jarayonida 
ko’zga tashlanadigan bu kabi psixologik holatlarni Sent-Byov shunday 


tushuntiradi: «O’spirinlik davrida dunyo ko’zimizga nihoyatda betartibdek, hayot 
yorqin nur tartib turgan sirli minoradek, yo’limizda uchragan odamlar esa juda 
yaxshi yo o’ta axmoq, haddan ziyod jirkanch yoki o’ta buyuk bo’lib ko’rinadi».
19
Sent-Byov Gyugo ijodidagi bunday nozik jihatlarni nafaqat «Byug Jargal» va 
uning turli variantlari, balki yozuvchining boshqa romanlari bilan muqoyasada 
yoritadi. Psixologik holatlarni turli rakurslarda, butun nozikliklari bilan yoritishga 
urinadi. Shunday yondashuvni uning «Russo «Tazarrusi» nomli tadqiqotida ham 
kuzatamiz. Biroq shunga qaramasdan, Sent-Byovga xos psixologizm Andre Morua 
tadqiqotlaridagi psixologik talqiniga nisbatan jo’nroq, ibtidoiyroq tasavvur beradi. 
Aniqrog’i, Sent- Byov ishlarida asosiy psixologik talqin mashinasi rolini 
tadqiqotchining o’tkir nazari, iste’dodi, tajribasi bajarsa, A.Morua ishlarida tizimli 
metodologik asos va tadqiqotchi fenomeni mushtarakligi kuzatiladi. Har ikki 
olimning J.J. Russo haqida tadqiqotlari bor. Har ikki tadqiqot uning «Tazarru» 
asariga bag’ishlangan. Ularga xos psixologik talqin prinsipidagi farq ham shu 
tadqiqotlarda yaqqolroq namoyon bo’ladi. Masalan, Sent-Byov Russo 
«Tazarru»sidagi chin iqrorni insoniyatga xos bo’lgan umumpsixologik holatlar 
bilan asoslashga urinadi. Hatto Russoning: «Inson ichki dunyosi uning asl hayoti 
faqat ungagina ma’lum. Inson o’z botiniy dunyosini tasvirlar ekan, aslida uni 
yashirishga urinadi. Go’yo hayoti xususida rost gapni aytayotib, o’zini targ’ib 
etadi. U hyech qachon o’zini bo’lgani kabi ko’rsatmaydi, balki xohlaganidek
ko’rsatadi»,
20
degan muhim gaplarini e’tibordan chetda qoldiradi. Andre Morua 
esa Russoning «Tazarru» asarini hyech ikkilanmasdan «ayyorona roman» deb 
aytadi. Asar tadqiqiga kirishar ekan, Russoning «Monten haqgo’y yolg’onchi»
degan so’zlariga replika tarzida «Russonning o’zi «haqgo’y yolg’onchi» 
bo’lmaganmikan? Mutloq haqgo’y bo’lish mumkinmi? deya savol qo’yadi. 
Xususan, Russoning seksual hayotiga doir iqrorining rostligini e’tirof etgan holda, 
«bunday rostgo’ylikning asoslari uning tabiatiga xos eksgibsioniizmdan dalolat» 
ekanligini qayd etadi. Moruaning fikriga ko’ra, de Varons xonim bilan insestual 
aloqalari haqida ochiq yozgan Russo, bundan cheksiz lazzat olgan va ayni paytda 
o’quvchining jilovsiz qiziqishlarini nazarda tutgan.
21
Andre Moruaning Marsel 
Prust haqidagi tadqiqotida ham yuqoridagi kabi chuqur psixologik talqin ko’zga 
tashlanadi. Butun umr astmaning og’ir shakli bilan og’rib o’tgan Prust bolaligida 
oila davrasida so’ngsiz mehribonchiliklar ko’rgan. Ammo u ulg’ayib o’z 
yaqinlaridan birin-ketin ajraladi. Tabiiy ravishda bolaligidagi kabi nozik muomala, 
mehr-shafqat ham yo’qlikka yuz tutadi. A.Morua ushbu holatni M.Prust ijodining 
negiziga qo’yib o’rganadi. Uningcha, Prust ijodining markazida bolalik hayotini, 
undagi mehr-muhabbatni qo’msash turadi va bu armon Prustning barcha asarlarida 
ortiq darajada aks etgan.
22
Xullas, keltirilgan dalilarga asoslanib aytish mumkinki, biografik 
metodning dastlabki shaklida psixologizm tarzida namoyon bo’lgan ushbu omil, A. 
Morua ijodida anchayin murakkab ko’rinish olgan. Bu esa A.Moruaning Z.Freyd 


psixoanalizidan ta’sirlanganini, psixoanalitik konsepsiyalaridan o’z tadqiqotlarida 
foydalanganini ko’rsatadi.Nazariy-estetik talqinda biografik talqinning bevosita 
adabiy ijod bilan mushtarak jihatlari bosh masala hisoblanadi. Bundan kelib 
chiqadiki, yuqorida so’z yuritilgan omillar biografik metod spesifikasi uchun 
naqadar katta rol o’ynamasin, adabiy-estetik nuqtai nazardan yetakchi omil bo’la 
olmaydi. Bu o’rinda gegemonlik vazifasini filologik omil bajaradi. Badiiy ijod 
jarayonini filologik omilga tayanmasdan turib tadqiq etish, biograf-tadqiqotchini 
asl mohiyatdan uzoqlashtiradi. Buning sababi o’ta oddiy bo’lib, badiiy ijodning 
filologik komponetlar tizimidan iboratligi bilan izohlanadi. Badiiy asarda har 
qanday poetik fikr, har qanday noyob hissiyot ifodalanishidan qat’i nazar, bu 
jarayon so’z vositasida amalga oshadi. Biografik metod tayanadigan asosiy 
fenomen-ijodkor ham faqat so’z bilan ishlaydi. Badiiy ijod o’rganilar ekan, 
istisnosiz tarzda, ijodkor ruhiyatida, miyasida kechadigan jarayonlar, uning 
leksikonida mavjud so’zlar zahirasi emas, badiiy matn shakliga tushgan so’zlar 
tizimi e’tiborga olinadi. Bir so’z bilan aytganda, badiiy asar matni, uning ifoda 
usuli, unda mavjud tovushlar so’z komponetlari, gaplar, fabula, kompozision 
qurilish va xokazolar ijodkor shaxsiyati bilan sentez qilinadi hamda ma’lum 
natijalarga erishiladi. Ijodiy individualik, mahorat, u bunyod etgan poetik 
kashfiyotlar, uning muayyan tarixiy davr yoki muhitida tutgan o’rni masalalari shu 
yo’l bilan belgilanadi. Yuqorida umumiy tarzda so’z yuritilgan jarayonlar biografik 
metod vakillari asarlarida tarqoq holda bo’lsa ham, ko’p o’rinlarda kuzatiladi. 
Jumladan, A.Morua XIX asr mashhur fransuz yozuvchisi Jon Kokto uslubi haqida 
shunday yozadi: «Men uning tasvirlash mahoratini ko’p bor kuzatganman. U 
mudom shiddatkor va g’ayratli, so’zni o’ta iqtisod qiladi. So’z topishdan oldin 
uzoq o’ylanadi, qay yo’l bilan bo’lmasin nishonga aniq uradi».
23
Morua J. 
Koktoning so’z qo’llash mahoratini M.Prust, P.Valerilar bilan qiyoslar ekan, uning 
quyidagi so’zlariga urg’u beradi: «Tush uyquda tug’ilgani singari, poetik kashfiyot 
iborada tug’iladi». Yoki Sent-Byovning J.J Russo haqidagi tadqiqotida yozuvchi 
tabiatiga xos nozik bir xususiyat aynan uslub, so’z qo’llash jarayoni orqali ochib 
beriladi. «Russo ijodida ayollar tasviri boshlangan joyda uslub o’ta noziklashadi. 
Bir yaxshi tanqidchi to’g’ri ta’kidlaganidek, uning ijodida ayollar katta rol 
o’ynagan. Demakki, Russo uslubidagi bu xususiyat uning tabiatidagi ayolga 
o’chligi, to’g’rirog’i ishratparastligi bilan izohlanadi».
24
Xullas, shu va shunga o’xshash ko’plab dalillarga tayanib aytish mumkinki, 
filologik omil bir butun tizim sifatida biografik metodining yetakchi komponenti 
hisoblanadi.Nazarda tutish joizki, biografik talqin metodologik nuqtai nazaridan 
bir necha shakllarga ega. Yuqorida so’z yuritilgan nisbiy sanoqdagi tayanch 
omillar bu shakllarning barchasida u yoki bu darajada namoyon bo’ladi. Biografik 
talqinning samarali va keng tatbiq etilgan shakllari, bizningcha, uchta. Bularning 
birinchisi ijodkor shaxsiyatini markaziy o’ringa qo’yib o’rganishga asoslanuvchi, 
akademik yo’nalishga yaqin, biografik tadqiqotlar hisoblanadi. Tom ma’noda 
ilmiy-nazariy salmoq va metodologik prinsiplar shunday tadqiqotlarda namoyon 


bo’ladi va, ayni jihati bilan bu shakl yetakchi o’rinda turadi. Bunga misol 
tariqasida Sh.Sent-Byov, A.Morualar nomi ostida nashr etilgan «Adabiiy 
portretlar» kitoblarini va sho’ro davrida chop qilingan «Ajoyib kishilar hayoti» 
(JZL) seriyasidagi asarlarni ko’rsatish mumkin. Ikkinchi shakl adabiy portret janri 
sifatida taqdim etiladi. Ammo bunday asarlarda dallilarga tayanish, hujjatlilik xos 
bo’lsa ham, asosan, bayonchilik, publisistik talqin gegemonligi kuzatiladi. 
A.Moruaning «Uch Dyuma», «Prometey yoxud Balzak hayoti» yoki Yan. 
Parandovskiy, S.Sveyg kabilarning ma’lum asarlarini shu siraga kiritish mumkin. 
Uchinchi shaklga biografiya chegarasida fikr yuritish ko’zda tutilsa ham, asosiy 
urg’u badiiy talqinga qaratiladigan, muayyan ijodkor-shaxs hayoti asos qilib 
olingan biografik romanlar, biografik qissalar kiradi.
Xulosa qilib aytganda, biografik metodning shaklanishi va taraqqiyot 
jarayonlari jahon estetik tafakkuri tizimidagi qonuniy hodisa hisoblanadi. Shu 
sababli bu metod hozirgacha ma’lum ma’noda o’z vazifasini o’tab kelyapti. Unda, 
garchi sistemali bo’lmasa ham, mavjud fanlar, oqimlar va qarashlarga doir 
elementlar mujassamlashgan. Shuningdek, biografik metod adabiyoshunoslik, 
tilshunoslik, falsafa, psixologiya, sosiologiya, tarix, geografiya kabi fanlar negizida 
yuzaga kelgan qonuniyatlarni istifoda etishga asoslanadi. Ammo ushbu metod tom 
ma’noda samarali va universal bo’lishi uchun sanalgan omillar mohiyatiga 
chuqurroq kirishi maqsadga muvofiqdir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling