Badiiy tahlil asoslari


Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/20
Sana18.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1559938
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Kitob 9517 uzsmart.uz

Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollari: 
1. Badiiy tahlilda epic ko’lam, tafsilot, voqelik masalasi. 
2. Badiiy asarda obraz va obrazlar tahlili. 
3. Dramatik asar tahlilida sahnaviylik va dramatic konflikt. 
4. Epik asar tahlili jarayonida badiiy tilning o’rni. 
5. Asar kompozitsion – suyujet elementlari tahlili. 
 
XIII-MAVZU 
 BADIIY ASARNING BELGILAR(SEMIOTIKA) BO”YICHA TAHLILI
 
REJA: 


1. Simvol haqida tushuncha,uning lug’aviy va istilohiy ma’nolari. 
2.Badiiy adabiyotda simvol-ramz tushunchasining mazmun mohiyati 
3.Ramziy obraz tushunchasi va uning badiiy funktsional tuzulishi, 
4. Sharq mumtoz va hozirgi zamon o’zbek she’riyatida ramziy 
obrazlar. 
5. Xalq og’zaki ijodida ramziy obrazlar dunyosi. 
Tayanch tushunchalar: 
Simvol, Ramz, Ramziylik, Semiotika, An’anaviy obraz, Poetik simvol, Belgi 
ma’nolari, Simvol-obraz, Simvollashtirish, Simvol - ifoda. 
Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati: 
1. Asqarali Sharopov. Olamlar ichra olamlar. – T. G’afur G’ulom nomidagi 
adabiyot va san’at nashrioti. 1978 
2. O’z Sovet Ensiklopediyasi. 9 –jild, T- 1977. 184 bet. 
3. 
N. 
Kostomarov. 
Обисторическомзначениирусскойнароднойпоэзии.
Харков. 1860. 
4. А. Потебня. Из истории по теории словесносте. Харков 1927 
5. А. Потебня. О некоторых символах в славянской народной поэзии. Харков 
1860. 
6. M. Qo’shjonov. SuvonMeliev. AbdullaOripov. – T. Ma’naviyat. 2000 
106-118 
betlar. 
“Lirikfojelik”, 
“Nayningnolasi, 
kimningnolasi”, 
“Tillabaliqchafojeasi”. 
Ramz 
– 
arabchaishoraqilmoq. 
Badiiyadabiyotdavoqea 

predmetvatushunchalarniboshqabuyumvaxodisalarorqalishartlitasvirlashusuli. 
Masalan, 
sher 
– 
mardlik, 
jasorat, 
tulki 
– 
makkorlikramzi. 
Adabiyottarixidaasrlardavomidaishlatilibkelayotganramziyobrazlarsistemasimavju
d: gul – go’zallik, mashuqa, bulbul – sadoqatlioshiq, boyqush – baxtsizlik, 
sariqrang – mahzunlik, qorarang – motam. Hotam – sahiylik, chumoli – xoksorlik, 
donolikramzivahokazo. 
Ijodkorlaran’anaviyramzlarbilanbirqatordatabiatdagiharxilxodisavadetaldan, 
masalan, 
bulut, 
buloq, 
chaqmoq, 
vaboshqalardanramziymaqsadigaxizmatqiluvchimuayyanramziyma’nogaegabo’lad
i. 
Poetiksimvolbadiiyvosita 
– 
voqelikniaksettirishusulisifatidaqadimdanifodaetiladi. 
Uningdastlabkinamunalarixalqog’zakiijodidako’rinadi. 
Simvolnio’rganishrusadabiyotshunosligidaXXasrboshlaridanamalgaoshirilga
n. 
N. 
Kostomarovxalqog’zakiijodipoetikasibo’yichashug’ullanganfol’klorshunoslarichid
abirinchisimvolbilananiqfanlardagisimvoltushunchasini, 
ularo’rtasidagifarqnito’g’rihalqilibberganbo’lsa, 
o’zbekadabiyotshunosligidabumasalaningto’laravshanlashishigaerishishdatadqiqod
chiAsqaraliSharopovning 
1978 
yildaG’afurG’ulomnomidagiAdabiyotvasan’atnashriyotidachopetilgan 
“Olamlarichraolamlar” nomlikitobimuhimqiymatgaegabo’ldi. 
Badiiyijodjarayonidaqo’llanadigansimvollaro’ziningxarakteri, 
imkoniyatlarivabajariladiganvazifalarijihatidanalohidaqimmatgaega. 


Poetiksimvolningtuzilishi, 
uningo’zigaxosliginianiqlashuchunsimvoltushunchasiningnisbatankengma’nodaqo’
llanishivasimvolobrazbilansimvolbelgio’rtasidagio’zaromunosabatmasalasigaoydin
likkiritishlozimbo’ladi. Simvollarning (belgi ma’nosida) qo’llanish chegarasi 
xilma-xil bo’lib, u turli sohalarda uchraydi. Simvol tushunchasi faqat san’atda 
emas, me’morchilik , matematika, fizika, kimyo, kibirnetika, tilshunoslik, falsafa 
kabi ijtimoiy aniq fanlarda ham keng qo’llaniladi. Shuning uchun ham keyingi 
paytlarda simvollarning turli sohalarda qo’llanishi imkoniyatlarini o’rganish 
ularning ba’zilaridagi bir-birlaridan farqlanuvchi tomonlarini aniqlash bilan bog’liq 
semiotika fani vujudga keldiki, bu simvollar masalasini o’rganishning muhimligi 
uni, ya’ni simvol belgini badiiy adabiyotdagi simvol obraz bilan aralashtirib 
yubormaslik lozimligini ko’rsatadi. 
Simvol keng ma’noda (grekcha simvol so’zidan olingan bo’lib qadimgi 
greklarda maxfiy bir tashkilot a’zolarining bir-birini tanib olish uchun 
qo’llanadigan tarixiy belgisidir) belgi tushunchasini anglatadi. Poetik simvol tashqi 
ko’rinish, belgi bo’lib, undagi aniqlik, ko’rgazmalilik, ayni vaqtda badiiy shartlilik 
vositasida unga nisbatan kengroq abstract ma’no ifoda etadi. Bu simvol obrazga 
taaluqlidir. Simvol – belgi esa ma’nosiga xos bo’lgan sifatlarni, xususiyatlarini 
o’zida to’liq mujassamlashtirmaydi. Gegelning fikricha, belgidagi mohiyat va 
ifoda o’rtasidagi bog’lanish, aloqa ularning tasodifiy birlashishiga asoslanadi, 
xolos. Simvol – belgidagi mohiyat va ifoda o’rtasida ichki bog’lashining 
bo’lmasligini matematik, fizik, ximik simvollarda uchratishimiz mumkin. 
Simvol – obraz va simvol – belgining o’ziga xos xususiyati, farqlari N. 
Kostomarov 
tomonidan 
ham 
ancha 
to’gri 
hal 
qilingan. 
Kostomarov 
simvollashtirishning turli ko’rinishlarini bir-biridan farqlanishini inson psixologik 
xususiyatlari bilan bog’liq xolda olib qaraydi. “Simvollashitirsh nisbatan turli 
sohalarda uchraydi Farqi shundaki, ayrim xollarda (ya’ni nozik simvollarda) 
simvol insonning mavjud psixik xususiyatlariga suyangan xolda yuzaga keladi, 
boshqalarda esa, (simvol belgida) u sun’iy bo’ladi, shuning uchun ham o’ta shartli 
mohiyatga ega. 
Misollarga murojaat etaylik: 
O’z yurti, o’z uyida osoyishta, barkamol, 
Halol mehnati bilan yashab kelgan g’arbu sharq. 
Amerika sayyodi uchurgan burgutni, 
Tinchlik kabutarining parvozidan qilur farq. 
G’afur G’ulomning “Tinchlik minbaridan” she’ridagi bu bandda burgut, 
kabutar poetik simvol bo’lib, ularning ma’nosi umumiy mazmun bilan bir 
butunlikda anglashiladi. Ya’ni burgut urushqoqlik simvoli bo’lsa, kabutar tinchlik 
simvoli sifatida xizmat qiladi. 
Poetik simvolda ma’no o’rtasidagi ichki, mantiqiy aloqaning, 
o’xshashlikning bo’lishi shart. Shuning uchun ham poetik simvol insonning ruhiy 
holati, kechinmasi tabiat predmetlari vositasida badiiy ifodalash vositasi 
hisoblanadi. Ruhiy holatni ifodalash jarayonida predmetlarga shu ruhiy hususiyat 


ancha singib, ularning predmetlik ma’nosidan o’zga, ko’chma ma’noda tasavvur 
etishga olib boradi. Aniq fanlardagi simvol-belgida biz bu xususiyatni ko’rmaymiz. 
Chunki ilmiy simvollarda mohiyat bilan belgi o’rtasida organik bog’lanish 
bo’lmaydi. Bunday simvollarda umumiy kelishuv orqali doimiy tarzda, shartli 
qabul qilinadi. 
Olma, ko’pgina xalqlarda muhabbat ramzi sifatida taqdim etiladi. Buni 
yaxshi anglagan G’afur G’ulom “Kuz keldi” she’rida shunday eslab o’tadi: 
Bizlarda olmaning yuz besh turi bor, 
Bisfilyor, rozmarin, jonoqi, qandil. 
Olma taqdim etmoq – muhabbat ramzi, 
Olma bilan ochilar qancha to’la dil. 
Olmaning ramziyligi haqidagi eng qadimgi motiv Gomerga borib ulanadi. 
Olma otish manbalarda ko’rsatilishicha, Xorazm o’zbeklarida arab istilosiga 
qadar ham mavjud bo’lgan. Olma otish asosan, qizil gul bayrami vaqtida 
o’tkazilgan. Olmani gul bilan qo’shib, faqatgina sevishganlargina emas, balki 
unashtirib qo’yilgan qiz yigitlar ham bir-biriga otishgan. Keyinchalik ramazonning 
ikkinchi kuni olma otish marosimi o’tkazish urf bo’lgan. Bunda qiz o’z dugonalari 
va yangasi bilan qishloq yaqinidagi buloqqa borib arg’imchoq uchgan. Oldindan 
kelib daraxtlar ortiga yashirinib olgan. Yigitlar sevgan qizlariga olma, turli xil 
shirinliklar otishgan. 
Xalq urf-odatlaridagi bu an’anaviy ramziylik ertak va dostonlarga, 
qo’shiqlarga o’tgan. “Toxir va Zuxra” ertagida tasvirlanishicha podshox va vazir 
farzandlari yo’qligidan juda ko’p iztirob chekishgan. Ular bu – “farzand dog’i”ga 
chidamay, ov bahona tog’larga bosh olib ketadilar. Yurib-yurib bir go’zal boqqa 
borib qolishadi. Bir nuroniy chol ularning xaftaliklarini sababini surishtiradi. Ular 
o’z dardlardini aytgach, chol qo’ynidan ikki qizil olma chiqarib beradi va deydi: 

Bolalarim, bu olmalarni olib borib sevgan xotiningiz bilan baxam 
ko’ringlar…Men olmani shu shart bilan berdimki, qaysi biringiz xotiningiz o’g’il 
tug’sa, otini Toxir qo’ying, qaysi biringizning xotiningiz qiz tug’sa otini Zuhra 
qo’ying, ammo ularni bir-biridan ajratmang. 
Juda ko’p ertak va dostonlardagi: “Podshoh qizini turmushga chiqarmoqchi.
Bugun qiz kimga turmushga chiqmoqchi bo’lsa, olma otadi” singari gaplar ham 
olmaning ramziyligi haqidagi qadimgi rivoyatlar bilan bog’liqdir. Olma bilan 
bog’liq qadimiy motiv “Go’ro’g’lining tug’ilshi” dostonida saqlanib qolgan. 
Ertaklarda olma otish, taqdim etish, xolatlari ko’proq uchrasa, bu dostonda 
o’zgacharoq talqin mavjud. Go’ro’g’lining onasi ham qizlik vaqti bog’da aylanib 
yurib, ariqdagi oqib kelaytogan qizil olmani olib yeydi-da, yukli bo’lib qoladi. Uni 
gunohkor qilib cho’lga eltib tashlashadi. O’sha cho’lda Go’ro’g’li tug’iladi. 
Olma bilan bog’liq ramziylik asta-sekin yozma adabiyotga ham kirib keladi. 
Alisher Navoiyning: 
Olmani sundi nigoirim: ol, dedi, 
Olma birla bu ko’ngilni ol, dedi; 
Surdim ersa, olmasining rangini, 
Ne so’rarsen! Olma ragni ol! – dedi. 
Mashhur tuyg’i ham ham xalq og’zaki ijodining ta’siri ifodasi hisoblanadi. 


Olma va oshiqlar haqidagi ramziy motivlar xalq qo’shiqlarida juda ko’plab 
uchraydi: 
Xovuzning labida 
Pilla tortgim keladi 
Qiz bolani ko’rganda 
Olma otgim keladi. 
Yoki: 
Olma pishganda keeling
Tagiga tushganda keeling, 
Orqa sochim jamalak, 
Belga tushganda keeling. 
Bunda bir-biriga parallel qo’llangan, bir-birini to’ldiradiganhar ikki she’riy 
ishora (olma pishishi, sochning belga tushishi) mazmunidagi ramziy ma’noni 
anglab o’tishga yordam beradi. 
Quyidagi misralarda esa olma bilan bog’liq majoziy vaziyat o’zgargani 
uchun u endi “qonga to’la dillarning” izhori emas, balk iota-ona izmiga qarab bir-
biriga yeta olmagan oshiqlar ichki dunyosining ifodasi bo’lib qoladi: 
Oq olma, qizil olma, 
Olmaga nazar solma. 
Otam senga bermaydi, 
O’z bilganingdan qolma. 
Olma xalq qo’shiqlarining o’ta siqiq, ta’sirchan chiqishida muhim ahamiyat 
kasb etadi. 
Qizil gulni bo’gladim, arg’amchiga, 
Qaydan ham ko’ngil berdim yolg’onchiga. 
Yolg’onchi, yoring bo’lay demabmiding, 
Beyog’ochda besh olma yemabmiding. 
Ko’rinib turibdiki, olmaning ramziyligi bilan bog’liq misralarning ma’no 
anglatish vazifasi boshqa misralarga nisbatan ancha keng, ular ma’lum bir vaqtda 
davom etgan voqealarni, xolat va ko’rinishlarni umumlashtirish imkoniyatiga ega. 
“Besh olma yemabmiding” birikmasining o’zida ochiq aytilmagan, biroq 
qachondir sodir bo’lgan voqea: axdu-paymon oshiqlik bilan hamohang bo’lgan 
motiv yashiringan. Shu o’rinda an’anaviy ramziylik qo’llanilmasa, bu birikma 
ifodalangan mazmunni butun bir hikoya tarzida tushuntirishga, izohlashga to’g’ri 
kelardi. 
Suvon Melining “Tilla baliqcha fojiyasi”, “Lirik fojelik”, “Nayning nolasi, 
kimning nolasi” maqolalarida Abdulla Oripovning “Tilla baliqcha”, “Sog’inch” va 
“Nay” nomli she’rlarini alohida-alohida tahlil etar ekan, ulardagi simvolik ruhga 
alohida e’tibor qiladi. Tilla baliqcha – inson ramzi, tor hovuzcha - moddiy dunyo, 
“mudroq tollar” – shu xovuzchani to’sib, qo’riqlab turgan devor – ma’naviyatsiz, 


ruhoniyatsiz, mayda aqidalar majmui. Sariq burglar – boyagi bilimlarning chala-
chulpi laxtaklari. Moddiyat kishanida bog’langan odam nazdida materialism – eng 
oliy haqiqat, ruh boqiyligi – quruq afsona, o’limdan so’ng mutloq yo’q bo’lish, 
cherish. Xullas, zerikarli va kulfatzada dunyo, ya’ni “ko’mak xovuz”. 
Tilla baliqcha – faqat biqiq muhit, cheklangan jamiyatda emas, balki vujud 
qobig’ida qolib, vujud extiyotlarini hayotning birdan-bir ma’nosi deb bilgan odam 
fojiyasi. “Sog’inch” she’rida: 
Parchagina bulut 
Cheksiz osmon, 
Adir orasifagi yolg’iz oyoq yo’l. 
Parchagina bulut – vaqt oldida chorasiz odam. Osmon dunyo – cheksiz 
dunyo. “adir” o’tib ketgan vaqt ma’nosini, “yolg’iz oyoq yo’l” umrning yakka-
yakka kechishni ramziy ifodalaydi. 
Umuman, ramziylik hozirgi kunda ham ijodkorlarga fikrni obrazli 
ifodalashda qo’l kelmoqda. 
“Olma tegdi, dardimga darmon dedim, 
Olma bergan ul sanam armon dedim. 
Boqdi kulib, dilda orzum angladi, 
Ne tilasang tilagin borman, dedi. 
Olma yedim, shirinu sharbat ekan, 
Ul sanamning va’dasi abad ekan. 
Nozi soz-u, nazokati o’zgacha, 
Gar xiyonat, barchasi barbod ekan. 
Olmadan o’zga meva xush ko’rmadim, 
Olma yo’q, kun o’zni sarxush ko’rmadim. 
Olma sabab, bir pariga mubtalo, 
Ko’p sanamlar, o’zgani tush ko’rmadim.” 
Bunda olma ramzi lirik qahramonning qalbidagi tuyg’ularning ifodlash vositasi 
sifatida xalqona ruhda o’z o’rniga ega… 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling