Badiiy tahlil asoslari


Download 5.01 Kb.
Pdf ko'rish
bet16/20
Sana18.06.2023
Hajmi5.01 Kb.
#1559938
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Kitob 9517 uzsmart.uz

 
 
XV-MAVZU 
 
 O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTIDA TAHLIL VA TALQIN 
MASALASI 


 
REJA: 
1. Qadimgi Sharqda matnga yondoshuv masalasi 
2. Tafsir, ilmi-sharh, ilmi-aruz, ilmi-qofiya, ilmi-sanoi 
3. O’zbek mumtoz adabiyotida ilmi-g’ariba 
4. Ilmi-g’ariba, fununi-ajiba mumtoz tahlil namunasi sifatida 
5. Ilmi-g’aribaning hozirgi adabiyotshunoslikdagi o’rni va ekvivalentlari 
6. Badiiy matn va asarni tahlil etishda ilmi-g’aribaning o’rni 
Tayanch tushunchalar: 
Qadimgi Sharq. Matn. Manba. Talqin. Tafsir. Ilmi-aruz, ilmi-qofiya. Ilmi-
g’ariba. Fununi-ajiba. Badiiy asar. Badiiy matn. Matn tarkibi. Badiiy so’z. 
Poetik fikr. Tahlil. Umumiy tahlil. Xususiy tahlil. Lisoniy tahlil. 
ADABIYOTLAR: 
1. Rasulov A. Ilmi g`aribani qumsab. – T., 1998. 
2. Rustamov A. so`z xususida so`z.– T.: “Fan”, 1987. 
3. Izzat Sulton. Adabiyot nazariyasi. –T., O’qituvchi. 2005 yil. 
4. Ҳ.Умуров. Адабиётназарияси. –Т.: «Шарқ», 2002. 
5. Mustaqillikdavriadabiyoti, 
– 
T.: 
“G`.G`ulomnomidagimatbaaijodiyuyi”,2006. 
6. Jo`raqulovU. Hududsizjilva. – T.: “Fan”, 2006. 
7. KarimovB. AbdullaQodiriy. – T.: “Fan”, 2003. 
8. Ibrohim Haqqul. She`riyat ruhiy munosabat. “G`.G`ulom nomidagi 
adabiyot va san`at nashiriyoti”,  
Mumtoz adabiyoshunosligimizda ilmi g’ariba, g’ariba fani xususida talaygina 
ma’lumotlar berilgan. G’arib (g’ariba) — ajoyib, taajjublanarli, hayron qoladigan 
narsa. Ilmi g’ariba talqin fani bilan bevosita bog’liq. Ilmi g’ariba fanning teran 
nuqtalarini, ich-ichidagi ma’nilarini anglash san’atidir. G’ariba ilmi mavjud 
fanlarni sinchiklab o’rganish orqali kashfiyot darajasida xulosa chiqarishgacha 
yetish, ajoyibot nuqtasi qadar ko’tarilpshdir. Alisher Navoiy «Xamsatul-
mutaxayyirnn» asarida Abdurahmon Jomiyning ilmiy uquvi nihoyatda kuchliligi 
haqida to’xtab: «Va g’aribdurkim, zohir ulumining takmili vaqtida necha ish 
alarg’a muyassar bo’lib turkim, bu ummatda akobir va soxib kamollardan hyech 
qaysig’a voqye’ bo’lg’oni zohir emas», degan xulosaga keladi. Alisher Navoiy 
«Tarixi anbiyo va hukamo» asarida Muso alayhissalomning yaqin qarindoshi 
Qorun haqida yozadi: «Va Muso alayhissalomning yaqin qarobatidur. Va Muso 
alayhis-salom aning tarbiyatidan mubolag’a qilur edi. Va ulumi g’ariba va fununi 
ajibakim, fayzi olihidin zamirig’a munoqqosh erdi, aning fahmi yetkoncha anga 
ta’lim qilur erdi».Abdurauf Fitratning «Hindistonda bir farangi ila buxoroli 


mudarrisning jadid maktablari xususinda qilgan munozarasi» asarida Buxoro 
madrasalarining talabalari o’qishning to’rtinchi-yettinchi yillarida «Mulla 
Jomiy»ni — «Sharhi Jomiy»ni («Favoyid uz-ziyoiya», «Al-marfu’ot», «Al-
majrurot», «Al-mansubot», «Al-mabniyyot») asarlari sharhi o’qitilganligi xususida 
yoziladi. Demak, Jomiy asarlaridagi mantiqning kuchliligi — ilmi g’ariba 
darajasiga ko’tarilganligi rasman tan olingan edi. 
Ilmi g’ariba haqida Hasanxoja Nisoriyning «Muzakkiri ahbob» asarida ham 
ma’lumotlar mavjud. Olimlar rahnamosi Asomiddin Ibrohim haqidagi ma’lumot 
diqqatga sazovordir: «Ko’pgina ilm sohalari bo’yicha yaxshi tasniflari bor. 
Ayniqsa g’ariba fanida tidori kuchli edi. Insho yozganda ko’p ma’nolarni mo’jaz 
va lo’nda kalomda bayon etib, siqiq hajm mazmunida katta va ko’p fikrlarni 
anglatardi. Hazrat Ubaydulloxon peshindan keyin arabiy tilda bir ruboiy aytib 
yuborgan ekan, mullo esa namozshomgacha dovur vaqt ichida shu ruboiy xususida 
bir arabcha risola tasnif qilishga ulgurganlar. Mazkur ruboiyning har bir misrasi 
bobida olti yuz ellik ma’no aytganlar». Mazkur asarda Asomiddin Ibroximning 
shogirdi Mavlono Husayn Turkistoniy xaqida mana bu ma’lumot berilgan: «Ilmlar 
ikir-chikirini shu darajada o’zlashtirganki, bu sohalarning ko’pida mahorat bilan 
ish olib borardi... G’ariba fanida fasohatomez nutqi va balog’atangez kalomi bilan 
ko’p ran tanobini tortib, farovon ma’noli fikrlar inshosini oz jumlalarda oydin, 
ravon bayon qilardiki, dunyo kezuvchi aql isbotlash kemasi bilan tasavvur 
dengizida ketidan qanchalik ergashmasin, uni sharhlovchi so’z topa olmasdi, 
aniqrog’i, isbotlanmas masalalar turkumidan hisoblanardi». 
XX asrda, sho’ro adabiyoshunosligi va tanqidchiligida ilmi g’aribaning paydo 
bo’lmaganligi sabablarini o’ylayman. Birinchidan, g’ariba fani haqiqiy san’at 
asarlari talqinida paydo bo’ladi. Sho’ro adabiyotida siyosat, mafkura, targ’ibotu 
tashviqot qorishib ketdi. Qolaversa, sho’ro adabiyotining «xalqchilligi» talabi 
badiiy adabiyotni o’ta soddalashtirib, odmilashtirib yubordi. Ko’p o’rinlarda 
badiiy adabiyot sayqallashtirilgan jurnalistikaga aylanayozdi. Sho’ro hukumati, 
kommunistik firqa qanday masalani qo’ymasin, badiiy adabiyot hamisha «labbay» 
deb otilib chikdi. Sho’ro respublikalarida milliy mustaqillik uchun kurash paydo 
bo’ldimi, adabiyotda bosmachilarga qarshi kurash mavzusi keng ishlana boshlandi. 
Qishloq xo’jaligini yoppasiga jamoalashtirish harakati boshlandimi, adabiyotda 
«Ochilgan qo’riq» monand romanlar, «Muraviya mamlakati» monand dostonlar 
ko’payib ketdi. Adabiy tanqid badiiy adabiyotga nisbatana-da mafkuralashdi, 
siyosiylashdi. U badiiy adabiyot sohasida firqaning ko’zi, qulog’i, ovoziga 
aylandi. Adabiy tanqidning siyosiy hushyorligi qatli omu qatag’on, ta’qiblarga 
sabab bo’ldi. Sho’ro yozuvchilari yuksak minbarlardan turib qalb amriga ko’ra 
yozajakliklarini va’da qildilar, Qalblari esa bus-butun partiyaga baxshida 
ekanligini qo’shib qo’ydilar. Qalb amri bilan yozish — yurak qoni bilan bitishdir. 
«Yurak qoni bilan yozgan odam uzun yozolmaydi»,— deydi A.Muxtor 
«Tundaliklar»ida. Chin dildan gapirayotgan, aytayotgan gaplari mas’uliyatini 
sezgan odam ham uzoq, ravon gapira olmaydi. «Abdulla Qodiriy... sirtdan 
qaraganda bosiq, kamgap ko’rinar, chunki u har bir so’zni taroziga solib ko’rar, 
og’ziga kelgan har bir so’zni aytavermas, sekin va gapi xuddi o’ziga xalal 


berayotgandek yoqinqiramay gap boshlardi», — deb yozadi Oybek «Adabiyot, 
tarix, zamonaviylik» maqolasida. 
XX asrda ilmi g’aribaga manba bo’ladigan asarlarni Abdulla Qodiriy, 
Cho’lpon, Fitrat, Oybek, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Yerkin Vohidov
Abdulla Oripov, Rauf Parfi, Abduvali Qutbiddin singari iste’dodli ijodkorlar 
yaratdilar. Tog’ay Murodning qissalari va romani g’ariba fani uchun bebaho 
material bo’ldi. Afsuski, asrimizning 80—90-yillarigacha mashhur asarlarning 
san’atkorona sir-asrorlari haqida maqola, tadqiqotlar kam yaratildi. Avvalo, sho’ro 
adabiy siyosati ilmi g’ariba yo’lidagi bosh to’siq bo’ldi. Qolaversa, tanqidchilarda 
mahorat masalalarini yoritish, asar go’zalliklari xususida fikr yuritishdan ko’ra 
zamonasozlik tuyg’usi — asarning dolzarbligi, mafkuraga monandligi haqida 
gapirish kuchaydi. Muhimi, badiiy adabiyotda bo’lmasin, san’at asarlari xususida 
bitilgan tadqiqotlarda bo’lmasin go’zallik tuyg’usiga e’tibor susaydi. Badiiy 
adabiyot, u haqida bitilgan asarlarda go’zallik, nazokat tuyg’usini tarbiyalash 
asosiy gap ekanligi unutildi. Go’zallik tuyg’usi deganda, avvalo, ma’noning 
teranligi, fikrlashga undash yetakchilik qiladi. Alisher Navoiy asarlaridagi har bir 
ramz, har bir ifoda, har bir qiyos zaminida katta ma’no-mazmun yashiringan. 
Kitobxon buyuk san’atkor asarlaridagi ma’noni anglagani sayin go’zallik olamiga 
kirib borayotganliginn, ruhiy-ma’naviy jihatdan boyib borayotganligini his qiladi. 
Mohir san’atkor bir ishora, bir bayt orqali tarixning katta odimini, o’n yilliklar 
tajribasini bera oladi. G’ariba fani tarix haqiqatini — qisqa satrlar zaminidagi 
ma’noni yoritib berishi bilan g’aroyib, go’zaldir. Masalan, Abdulla Oripovning: 
Labda tabassumu ko’zda yosh bilan 
Senga intilaman buyuk nabiram... 
Yerkin Vohidovning: 
Sen hilol, yulduz, salib, 
Tavrot, Zaburdan yuksalib 
Boymisan yoki g’arib, 
Komron o’zing, yakson o’zing... 
Rauf Parfining: 
Parchin-parchin bo’ldi yedim sirlari,
Simlar — kuzlarimga mil tortgan chizgu 
singari misralari g’ariba fani uchun boy manbadir. Tadqiqotchi shoir ruhiga 
sinchkov nazar tashlab, tarix haqiqati — fojialarini aks ettirishi mumkin. 
G’ariba ilmida san’atkor va tadqiqotchining o’zaro munosabati diqqatni jalb 
etadi. San’atkor aytmoqchi bo’lgan fikrini nozik yashira olsa, katta ma’noniig 
biron qirrasiga ishora qilish bilan cheklansa, fikrni lo’nda aysayu his
:
tuyg’uni 
jilovlay olsa yoxud asarni davom ettirish imkonini yarasa, g’ariba fani uchun 
maydon yaratiladi. Tog’ay Murodning «Otamdan qolgan dalalar» romanida 3 
qator — misradan iborat bo’lim bor. Mana shu uch satr zaminidagi his-tuyg’uni 
alohida kitob qilib yozish mumkin. Yozuvchi his-tuyg’ular olamida jo’sh urishni 
g’ariba fani ustasiga qoldirgan. Mana o’sha «quruq» xabar — misralar: 


Kuydi-kuydi — ayolimning tani kuydi. 
Kuydi-kuydi — menibag’rim kuydi. 
Kuydi-kuydi — bolalarimning sho’ri kuydi. 
G’ariba maqola yozuvchi tani kuygan ayolning rohat-farog’asiz o’tgan umrini 
o’ylab kuyadi; umr bo’yi inson sha’nini oyoq osti qiluvchi mehnatdan boshqasini 
bilmagan, yolg’iz quvonchi, dardkashi, g’amgusori ayolidan ayrilgan Dehqonqul 
holatiga kuyadi; shu uch misra haqida yozar ekan bolaligi bolalarcha o’tmagan, 
endi shum yetimlik azobiga duchor bo’layotganlar taqdiriga kuyadi. Shu uch 
kuydiruvchi misra haqida yozuvchi odam «Osmol yiroq, yer qattiq» maqolini 
epigraf qilib olsa yanglishmasligini sezadi.Ilmi g’ariba imkoniyatlari cheksiz. 
Shoir borki, shamol o’yini, nur rangi, dengiz mavji (Iosif Brodskiy singari) orqali 
tuyg’ularini ifodalaydi; shoir borki, yuragidagi og’riqlarni — malomat toshida 
ochilgan gullarni (Rauf Parfi singari) tasvirlaydi; shoir borki, yuragini ochgani 
sayin namakob to’la kosa lopillab goh u yon, goh bu yon borib turishini anglaydi. 
Fariba ilmida qalam suruvchi ijodkor ruhidagi holatlarni, go’zallikdan go’zallik 
yaratayotganini unutmagan holda, qog’ozga tushirishi joiz.Ilmi g’aribada badiiy 
asar muallifi va tadqiqot yaratuvchi aro munosabatning eng nozik ko’rinishi 
mavjud. San’atkor yozuvchi ham, olim-tadqiqotchi ham iste’dod sohibi. Ammo 
san’atkor iste’dodi bilan olim uquvi-bilimi aro fark bor. San’atkor — yozuvchi 
aksariyat hollarda g’ayri shuuriy holatda, savqi tabiiy ravishda ijod qiladi. 
Yaratuvchi ijodkor ruhiyat olamidagi o’zgarish, holat o’sishlarni tasvirlaydi. 
Tadqiqotchi-olim, san’atkordan farqli o’laroq, mantiq kuchi bilan ish ko’radi. 
Uning faoliyatida aql, ziyraklik, voqyea-hodisa zaminiga teran kira bilish 
muhimdir. G’ariba ilmida shuuriylikning cho’qqisi bilan mantiqning teranligi 
birlashadi. Badiiy asar tirik tan misoli hamisha o’sib-o’zgarib borganiday, olim-
tadqiqotchi ham doimo uning yangi qirralarini kashf etaveradi. Mumtoz 
adabiyotda Bedil, Navoiy, Fuzuliy asarlari yuzlab talqinlarga imkon berganini 
bilamiz. XX asr oxiriga kelib uzbek adabiyotida jahon adabiyotidan o’rganish, 
uning yetuk tomonlarini ijodiy davom ettirish tamoyili kuchaymoqda. Bu hol 
g’ariba ilmi taraqqiyoti uchun keng imkoniyatlar ochishi tabiiy. Asrimizning 90-
yillarida Omon Muxtor, Tog’ay Murod, Tohir Malik, Murod Muhammad Do’st 
singarilarning o’ziga xos asarlari — roman, qissa, hikoyalari paydo bo’lmoqda. Bu 
asarlarda nasrning nazm tomon siljib borishi — ruhiyat olamini aks ettirishi; qiyos, 
ramzlarning noziklashuvi; moddiy tushunchalar tuyg’usini yengib, ruhiy-ma’naviy 
tasavvurlar olamidan muhim o’rin egallashi singari belgilar sezilmoqda. Badiiy 
asarlardagi izlanish, yangiliklar ilmi talqin g’ariba fanida ham aks etishn tabiiydir. 
Ilmi g’ariba talqin fanining hamisha navqiron, yangiliklarga boy, muhimi, 
go’zallik bilan yo’g’rilgan tarmog’idir. 

Download 5.01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling