Badiiy tahlil asoslari
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar
Download 280.19 Kb.
|
Badiiy tahlil asoslari
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV–MAVZU ASAR VA MATNNING BADIIY TAHLIL TURLARI REJA
- Tayanch tushunchalar
Mavzuni mustahkamlash uchun nazorat savollar:
1. Badiiy tahlil, falsafa, etika, estetika fanlari aloqasi haqida gapiring? 2. Olamni falsafiy va badiiy idroki deganda nimani tushunasnz? 3. Badiiy ijodda falsafiiy mushohadaning o’rni qanday? 4. Badiiy asarda milliy, umuminsoniy va zamonaviy ruh nima? 5. Kalom falsafasi, diniy-tasavvufiy tafakkur va adabiyot. 6. Adabiyotning davriy o’ziga xosligi va badiiy tahlil. IV–MAVZU ASAR VA MATNNING BADIIY TAHLIL TURLARI REJA: 1. Badiiy tahlil tushunchasining mohiyati,mazmun-mundarijasi. 2. Badiiy tahlilni turlarga ajratishning ilmiy asoslari va xususiyatlari. 3. Badiiy tahlilning shakliga kura turlari va xillari. 4. Badiiy tahlilning maqsadiga ko’ra turlari. 5. Tahlil turlarining o’zaro mutanosibligi va aloqadorligi. Tayanch tushunchalar: Badiiy tahlil , Tahlil turlari , Tahlilni turlarga ajratish sabablari , Tahlilning yetakchibelgilari , Ilmiy tahlil , O’quv tahlili , Talqin va tahlil. Foydalaniladigan adabiyotlar ro’yxati 1. Adabiy tur va janrlar.Uch jildlik. – Toshkent: Fan, 1991- 1992 yil 2. H. Umurov. Tahlil chizgilari. – Toshkent: 2014 yil 3. Q. Yo’ldoshev. Yoniq so’z. – Toshkent:”Yangi asr avlodi”, 2006 yil 4.N. Ivanov. Osobennosti analiza xudajestvennogo proizvedenie.-M., 2001g. 5. U.Jo’raqulov.Hududsiz jilva. – Toshkend: Fan, 2006 yil Badiiy tahlil tushunchasi ko’p asrlar mobaynida o’z ta'rifiga ega bo’lmay keldi. Tahlilga dastlabki ta'rif Ovrupo adabiyotshunosligida XIX asr ikkinchi yarmidan berila boshlandi. Lekin Botishda badiiy tahlilni interpretatsiya (talqin) tarzida tushunishga moyillik kuchli edi. Bunday yondashuv badiiy asarlardan ko’proq ijtimoiy ma'no qidirishga olib kelardi. Adabiyotshunoslik ilmida hozirga qadar badiiy tahlil nima, u qanday maqsadlarni ko’zda tutgan holda amalga oshirilishi kerak degan savolga qat'iy javob berilgani yuq. Garchi, Botish filologlari tomonidan "Hermenevtika", "Interpretatsiya" nomlari bilan katta-katta bir qator kitoblar chop etilgan bo’lsa-da, tushunchaga aniq ta'rif berilgan emas. Har bir olim badiiy asar tahlilini uzicha izohlaydi. Metodist olim B. Bobilev "Milliy oliy o’quv yurtlarida badiiy matnni filologik tahlillashning nazariy asoslari" mavzuidagi doktorlik dissertatsiyasida badiiy tahlilning maqsadini shunday tushuntiradi: "Badiiy matnning filologik tahlilidan asosiy maqsad muallif obrazini idrok etishdir, unga yetishishdir. Ayni shu holat badiiy matnni filologik tahlil qilishning asosiga quyilishi lozim". Mazkur qarash ko’p jixatdan, tahlilga oid xususiyatlarni qamrab olgan. Darhaqiqat, kitobxon yoki tadqiqotchining muallifga yetishishi, uning tajallisiga aylanishi adabiy asarni butun serqirraligi bilan anglab yetganligini bildiradi. Badiiy asarni muallif darajasida idrok etish san'at namunasiga xos deyarli barcha jihatlarni his etish, asar zamiridagi mantiqiy va badiiy ma'noni to’lik anglash imkonini beradi. Adabiyotshunoslik uchun muallif darajasiga yetib, uning holatiga tushib tahlil qilish badiiy asarni tushunishning oliy bosqichidir. Ayni vaqtda, badiiy adabiyot namunalari orasida muallif istagidan tashqari ma'nolarni tashiydigan, uning muljalidan ko’ra ogirroq ijtimoiy-estetik "yuk"ni zimmasiga olgan, muallifning o’zi kutmagan yoki bilmagan holda badiiy kashfiyotlarga aylangan ko’plab asarlar borligiga adabiyot tarixi guvoh. Chunki muallif tasvirlagan badiiy manzara bilan o’quvchi tomonidan idrok etilgan badiiy manzara hamisha ham bir xil bo’lavermaydi. Ba'zan o’quvchi adib mutlaqo ko’zda tutmagan, xayoliga keltirmagan, hatto muallifning qarashlariga zid, ammo o’quvchi tugri deb hisoblaydigan badiiy xulosaga kelinishi ham mumkin. Chunki hayotiy vaziyatning o’zgarishi, ijtimoiy voqelikdagi yangicha holat ba'zan ijodkorning oddiy izhori dilidan chuqur sotsial ma'no keltirib chiqaradi. Haqiqiy badiiy asarning umri uzun va u faqat yaratilgan dam uchungina mansub bo’la olmaydi. Taniqli rus psixologi L.S.Vigotskiyning: "San'atni ko’proq darajada kechikkan munosobat deyishmumkin, negaki, uning dunyoga kelishi bilan ta'sir ko’rsata boshlashi o’rtasida hamisha ozdir ko’pdir zamoniy oraliq bo’ladi",- degan fikri bunga dalil bo’la oladi. Zamoniy oraliq o’quvchiga adabiy asardan o’zi yashayotgan zamonga muvofiq xulosa chiqarish, asarning badiiy tizimidan ham davriga mos zavq olabilish imkonini beradi. Usmon Nosirning faxriya xarakteridagi iqrori shoir shaxsga siginish qurboni bo’lib ketganidan sung mutlaqo o’zgacha ma'no kasb etdi, san'atkorni bashoratchi maqomiga ko’tardi: Ilhomimning vaqti yuk, selday keladi, Jalloddek rahm etmay, dilni tiladi. Ayondir bir kuni aylaydi xarob... satrlari bitilgan fursatda shoir o’zining qatagon qurboni bo’lishini xayoliga ham keltirmaganligi ayon. Shuning uchun ham bu satrlar Usmon Nosir uchun o’zgacha ma'noga ega bo’lgan, ammo bugungi o’quvchi uchun tamomila bo’lakcha mazmun tashiyajagi tushunarli. Shoir Mirtemirning"Betobligimda" she'ridagi: Majnuntol tagiga utqazing meni, Men uchun yiglasin, men yiglab bo’ldim. misralari, aslida, bemor san'atkorning tushkun ruhiy holati ifodasi bo’lgan. Bugungi o’quvchilarning tushunchalari tufayli, mustamlaka zanjirlaridan kutulgan zamondoshlarimizning dunyoqarashlari, didlari sababli esa adolatsiz zamondan norozi isyonkorning nolasi darajasiga ko’tarilgan. Badiiy ijod tarixida yuqoridagilardan ham ta'sirliroq misollarni juda ko’p keltirish mumkin. Bu holat ko’rsatadiki, adabiy asarning badiiy tahlili uchun ijodkor obrazini idrok etish, muallifning jilvasiga aylanish yagona asos sifatida qaralishi haqiqiy holatga unchalik ham mos kelmas, badiiy asar tahlili mohiyatini tuligicha idrok qilish imkonini bermas ekani. Tanishgan badiiy asardan xulosa chiqarish, uni tadqiq qilish tahlil etuvchining saviyasi, didi, dunyoqarashi, hayotiy tajribasi va boshqa bir qator omillarga bogliq ekanligi ma'lum haqiqatdir. Rauf Parfi va unga izdosh bo’lgan ijodkorlarning asarlari aksariyat o’zbek tanqidchilari tomonidan mutlaqo bir-biriga zid tarzda tahlil etib kelinganligi, ularning har biri shoirlarning badiiy niyati, san'atkorlik mahoratini o’zicha anglaganligi ham shuni ko’rsatadi. Badiiy tahlilni asarning estetik unsurlarini qidiradigan faoliyat deb qaraydigan mutaxassislar ham bor. Chunonchi, G.N.Taranosova nazarida: "..tahlil adabiy asarni tugridan-tugri va jun tushunish urniga fikran ma'noli qism va unsurlarga bo’lib qabul etishni ko’zda tutadigan ilmiy faoliyatdir". Bu xilda fikrlaydigan mutaxassislarning qarashlarida asosli urinlar juda ko’p. Darhaqiqat, badiiy tahlilgina adabiy asarni jun, to’pori qabul etishdan, uni hayot hodisasi bilan aralashtirib yuborishdan, "qahramonlarning keyingi taqdiri nima bo’ladi, falonchi pistonchiga uylandimi?", "Falon asarlarning qahramonlari hozir nima qilishmoqda?" singari asarning badiiy o’ziga xosligini, estetik hodisa ekanini yo’qqa chiqaruvchi qarashlardan qutqaradi. Lekin masalaning boshqa tomoni bor: Har qanday asl badiiy asar yaxlit poetik butunlik hisoblanadi va mazkur yaxlitlikka daxl qilish uning jozibasini, sehrini yo’qqa chiqarishi aniq. G.Taranosova ham asar tahlilining birinchi tamoyili unga yaxlit hodisa sifatida yondashish ekanligini ta'kidlaydi. Lekin olimaning adabiy tahlil mohiyatini tushuntiruvchi fikrida badiiy asarni "qismlar" va "unsurlar"ga ajratib urganish asosiy tadbir hisoblanadiki, bu hol amaliyotda uning qarashlariga zid keladi. Adabiyotshunoslar J.Azizov va G. Usovalarining qalamiga mansub "Adabiy tahlil nazariyasi va amaliyoti" risolasida " ..tahlil adabiy asarning badiiy mantigiga singishish maqsad qilib qo’yilgan ilmiy izohdir" tarzida ta'rif beriladi. Badiiy tahlilning asl mantigini aks ettirish jihatidan J.Azizov hamda G.Usovalarning qarashlari haqiqatga yaqinroq. Chindanda, "muallif obraziga yetishish" ham, "adabiy asarni fikran qism va unsurlarga ajratish" ham o’z holicha badiiy tahlil mohiyatini aks ettira olmaydi. Balki ular badiiy mantiqni kashf etish, unga yetishish yo’lidagi bosqichlardir. Biroq yurtdosh olimlar juftligiga mansub mazkur xulosada ham, bizning nazarimizda, kichik bir yoqlamalik borday. Chunonchi, unda hayotiy mantiqqa yetishish zarurligi ko’zda tutilmaydi. To’gri, badiiy adabiyot uchun estetik mantiq birlamchi ahamiyat kasb etadi, ammo bu holat asarlardan kelib chiqadigan hayotiy mantiqning muhimligini aslo inkor etmaydi. Shuning uchun ham badiiy tahlil tushunchasini xarakterlashda badiiy va hayotiy mantiq tushunchalari yon -mayon qo’yilsa, maqsadga muvofiq bo’ladi. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib, badiiy asar tahlili tushunchasiga quyidagicha ta'rif berish mumkin: Badiiy tahlil adabiy asarning hayotiy va badiiy mantigi hamda estetik jozibasinianglashga yunaltirilgan ilmiy faoliyatdir. Adabiy tahlilga ana shu tarira ta'rif berilganda, hodisaga xos deyarli barcha asosiy xususiyatlar qamrab olinadi deyish mumkin. Aslida "tahlil" atamasi arabcha bo’lib, "halollash", "eritib yuborish", "murakkab butunni qismlarga ajratish"ma'nolarini anglatadi. Ya'ni tahlil deyilganda, badiiy matnning ma'nosi va jozibasining halollab berilishi, o’quvchiga begona bo’lgan matnni eritib, uning shuuriga joylashga qaratilgan faoliyat ko’zda tutiladi. San'at asaridan kelib chiqadigan hayotiy ma'noni topish, estetik unsurlarni kashfetish, urganilayotgan asarning boshqa asarlardan farqini aniqlash, muayyan millat yoki insoniyatestetik tafakkurini rivojlantirishga qo’shgan hissasini korsatish goyat muhim. Ayni vaqtda, badiiy zavq manbai nimada ekanini, kitobxonni muayyan asardan ta'sirlanishga olib kelgan badiiy omillar, ko’rkam so’zning mantiqiy tushunchalar doirasiga sigmaydigan jozibasi qayerdan kelib chiqayotganini aniqlash ham o’ta ahamiyatlidir. Badiiy tahlil shakliga ko’ra ikki turga bo’linadi:1) ogzaki;2) yozma. Badiiy asar ogzaki shaklda ham tahlil qilinadi. Lekin bunday tahlilga yozma ravishda tayyorgarlik ko’rilsa, samaraliroq bo’ladi. Badiiy tahlil orasida yozma shakl keng yoyilgan. Bu tahlil turi faqat aytilgan vaqt uchungina daxldor bo’lmay, keyinchalik, katta zamoniy oraliqlardan so’ng ham odamlarga ta'sir ko’rsatishi, millat badiiy tafakkurini shakllantira olishi, ajdodlardan avlodlarga meros bo’lib utishi bilan xarakterlanadi. Badiiy asar tahlilini undan kuzatilgan maqsadga kura: 1) ilmiy (filologik); 2) o’quv (didaktik) singari ikki turga bo’lish mumkin. Filologik (ilmiy) tahlil adabiy asarning mantigi va estetik xosligini anglashga yunaltirilgan kuchli hissiy-intellektual faoliyatdir. Ilmiy tahlilda badiiy asardan chiqarilgan xulosalarning adabiyotshunoslik ilmi erishgan darajalarga muvofiq kelishi talab etiladi. Tahlil jarayonida bildirilayotgan har bir fikr ham mantiqiy tushunchalar, ham estetik qonuniyatlar bilan asoslangan bo’lishi lozimdir. Shuningdek, ilmiy tahlilda urganilayotgan asarning umummilliy adabiyotdagi urni va milliy tafakkur taraqqiyotiga ta'siri darajasi ko’rsatilishi ko’zda tutilishi kerak. Filologik tahlil ommaboplikdan yuqoriroq turishini va har qanday adabiy hodisaga mutaxassis nazari bilan qaralishini taqozo qiladi. Ilmiy tahlildagi asosiy narsa badiiy asarning badiiyligini, ta'sirchanligini, jozibasini, sehrini ta'minlagan jihatlarni ko’rsata bilishdir. Filologik tahlil ilmiy, estetik faoliyat natijasidir. U, asosan, bir kishi tomonidan amalga oshiriladi. Ilmiy tahlil bilan shugullanayotgan mutaxasis vaqt jihatidan ham, imkoniyat jihatidan ham cheklanmagan bo’ladi. Ilmiy tahlilni amalga oshirayotgan kishi faqat o’zi belgilab olgan bosh maqsadga qarab intiladi. Uo’quv tahlili estetik-pedagogik faoliyat bo’lib, o’quvchilarni barkamol shaxs sifatida shakllantirish kabi pedagogik maqsadga erishish uchun amalga oshiriladi. Oquv tahlili mobaynida o’qituvchi asarni tanlash imkoniga ega emas. Tahlil etiladigan asar muayyan vaqt davomidagina tekshirilishi, bu jarayonda o’quvchilarning yosh va intellektual darajasiga muvofiqlashtirilishi lozim bo’ladi. Shu jihatdan didaktik tahlil filologik tahlilga nisbatan murakkabroqdir. Adabiy asarni didaktik tahlil etish jarayonida o’qituvchi va o’quvchi faoliyati quyidagi uch yunalishda uyushtirilishi mumkin: A) muallifga yoki mantga ergashib yoxud yalpi tahlil; B) asardagi obrazlarga tayanib tahlil qilish; V) uo’quv tahlilini muammoli tarzda amalga oshirish. Birinchi yunalishda adabiyot o’qituvchisi faqat badiiy matnga suyanadi va matn mantigini, uning tartibini aslo o’zgartirmagan holda asar zamiridagi ma'noning jozibani uo’quvchilarga ko’rsata boradi.Bu usulni tekstual tahlil usuli deyish mumkin va bunda o’qituvchi ko’proq faoliyat ko’rsatadi. Ikkinchi yunalishda o’qituvchining e'tibori asardagi personajlarga qaratiladi va obrazlar ruhiyatini anglab borish jarayonida asarning badiiy ma'nosi o’zlashtiriladi. Adibning san'atkorlik mahorati ham badiiy obrazlarning qanchalik jonli va ta'sirchan ishlanganligini tahlillash asnosida ochib boriladi. Bu yunalishni timsoli tahlil yuli deyish mumkin va bu yunalishda o’quvchilarning ham anchagina faol ishtirok etishlariga imkoniyat bo’ladi. Uchinchi yunalishda esa tahlil asosan o’quvchilar tomonidan olib borilishi ko’zda tutiladi. O’qituvchi talabalar oldiga muammo qo’yadi va ularga bu muammoni yechish yullarini ko’rsatadi. Asar tahlili jarayonida o’quvchilar faqat bilgan tushunchalaridangina foydalanib qolmay, bir qator yangi estetik-mantiqiy tushunchalarni o’zlashtirib ham olishadi. Negaki, ular jamoa bo’lib ishlaydilar. Uzaro fikr almashadilar, bahslashadilar. Tabiiyki, bu jarayonda o’quvchilarning ma'naviy olamida ham, aqliy dunyosida ham muayyan o’zgarishlar sodir bo’ladi. O’quv tahlilning bu usuli muammoli tahlil deyiladi. Alohida ta'kidlash kerakki, tahlilning aytilgan usullari bir-birini inkor qiluvchi alohida yunalishlar emas. Adabiy ta'lim amaliyotida tahlilning har uch usuli deyarli hamisha aralash, qorishiq holda keladi. Tekstual tahlilni obrazlarga tayanmay turib amalga oshirib bo’lmaydi. Muammoli tahlilni ham badiiy matnga asoslanmay bajarish mumkin emas. Har qanday muammo matndan kelib chiqishi, har qanday mustaqil fikr ham matnning sehru jozibasini ochishga xizmat qilishi joiz. Tekstual tahlilda matnning maromini buzmaslik, muallif yurgan yulga, u urnatgan badiiy tartibga rioya qilish ustovor bo’ladi, lekin tahlilning qolgan ikki turida ham badiiy matn asosiy o’rin tutadi. Shu ma'noda, har qanday tahlil mohiyat e'tibori bilan tektual tahlildir. Tekstual tahlil ko’proq 6-7-sinf o’quvchilari bilan olib boriladigan mashgulotlarda qo’llaniladi. Ayniqsa, kichikroq hajmli nasriy asarlarni didaktik tahlil etishda bu usul juda qo’l keladi. Ta'kidlash joizki, asar yuzasidan amalga oshiriladigan har qanday faoliyat faqat matnga tayanishi, matndan kelib chiqishi, matnning jozibasini ochishga xizmat qilishi lozim. Shuning uchun ham har qanday usulda o’quv tahlilini amalga oshirishdan oldin, albatta, o’quvchilar badiiy matn bilan yaxshi tanish bo’lishlari shart. Aks holda tahlildan kuzatilgan maqsadga erishib bo’lmaydi. Katta hajmli epik asarlar ko’proq yuqori sinflarda o’rganiladi. Ularni o’rgatishda timsolli tahlil usulidan foydalanish yaxshi samara beradi. Chunki o’rganiladigan asar hajman katta, ajratilgan vaqt esa qisqa bo’lgani uchun ularni tekstual tahlil qilishning imkoni yo’q. Bunday vaqtlarda asosiy etibor o’rganilayotgan asardagi obrazlarga qaratiladi. Timsollarning ruhiyati, o’ylari, kechinmalari, xatti- harakatlari, sa'jiyalari ham hayotiylik, ham badiiylik nuqtai nazaridan tahlil qilinadi va shu yo’sinda muallifning badiiy mahorati namoyon etiladi. O’quvchilar timsollarni jonli odamlar, o’z taqdiriga, o’ziga xos insoniy tabiatga ega tirik kishilar tarzida qabul qilishlariga erishish kerak. Shundagina, bu timsollar tuygan tuygular o’quvchilarga ham yuqadi, ta'sirlantiradi, binobarin, tarbiyalaydi. Shuningdek, badiiy timsollarning ijobiy va salbiy guruhlarga ajratilishiga yo’l qo’ymaslik, har bir badiiy timsolning qarama-qarshi tabiatli kishi nuqtai nazaridan qanday baholanishi mumkinligiga e'tibor qaratilishi lozim. Atrofimizdagi odamlarni jo’ngina yaxshi va yomonga ajratish noto’gri bo’lganidek, badiiy timsollarni ham ijobiy va salbiyga ajratib tashlash to’gri emasligini o’quvchilar ongiga quyi sinflardanoq singdirib boorish zarur. Olam cheksiz va o’ta murakkab bo’lgani kabi, odam ham goyat murakkab va tabiatning qirralari adadsiz tovlanishlarga ega bo’lgan mavjudotdir. Shuning uchun ham murakkab insonning timsolini qandaydir tavsifiy qolipga tushirib quyish uning qiyofasini nursizlantiradi. Hayotdagi har bir alohida odam tuliq yechimi hech qachon topilmaydigan muammodir. Badiiy adabiyot ana shu adoqsiz muammoning qirralarini butun murakkabligi, jilvalari, soyalari va tovlanishlari bilan tasvir etish orqali uo’quvchini o’zgani his etishga, begona kishining dardini anglashga odatlantiradi. Timsoliy tahlil natijasida har bir o’quvchida tabiati, yunalishi va qiziqishlari xarakteriga qarab, bola ruhiyatida muayyan sifatlar hosil qilinadi. Qandaydir shaxslik fazilatlari shakllantiriladi. Adabiy asarni muammoli tahlil qilish yuli milliy metodika ilmida juda kam o’rganilgan bulib, adabiy ta'lim amaliyotida ham uning qo’llanilish doirasi ancha tor. Bu usulning nazariy jihatlari ishlab chikilmaganligi uchun ham adabiyot o’qituvchilarining ko’pchiligi uni qay yusinda tadbiq etishni bilishmaydi. Ayrim novator, o’z ustida ishlaydigan va izlanadigan o’qituvchilargina muammoli usul bilan badiiy tahlil qilishga qo’l uradilar. Badiiy asar muammoli tahlil etilganda, o’quvchilarning fikri chegara bilmaydi, xayoloti erkin parvoz qiladi, badiiy va hayotiy muammoni o’z tushunchasi hamda tajribasidan kelib chiqib hal etishga urinadi. O’quvchilar puxta muammoli tahlil qila olishlari uchun badiiy matn bilan yaxshi tanishibgina qolmay, uni to’liq hazm qilgan bo’lishlari ham kerak. Chunki o’zlashtirilgan fikr fikr uygotadi, singdirilgan hissiyot tuyguqo’zgatadi. Muammoli usul bilan tahlil etishda o’quvchilarni shunchaki bahsga tortish kerak emas, balki ularning butun kuchi badiiy matnning magzini ochishga yunaltirilgan bo’lishi lozim. Muammoli tahlil samara berishi uchun matnga o’quvchilar hayotiy tajribalari va egallagan bilimlari darajasidan kelib chiqib erkin yondasha olishlari zarur. Misol uchun, Sofoklning "Shoh Edip" asari urganiladi. Agar mazkur asar muammoli yo’l bilan tax hlil etiladigan bo’lsa, o’qituvchi bolalar oldiga: "Edip aybdormi yoki gunohkor?" tarzida savol qo’yish va o’quvchilardan o’z fikrlarini badiiy matnga tayangan holda asoslashlarini talab etishi mumkin. Gunoh, gunohkorlik, ayb, aybdorlik, qismat, unga ishonish, kibr, inson ma'naviyati singari tushunchalar atrofida fikr yuritish jarayonida o’quvchilar Edip shaxsining ulkan fojiasini yaqindan bevosita his etadilar. O’zlarining hayotiy va ma'naviy-axloqiy tajribalaridan kelib chiqib Edip va atrofidagilarning xattiharakatlariga baho beradilar. Download 280.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling