Баен утказиш методикаси
Download 472.5 Kb.
|
Risqiyeva Sabohat magistr
Umumiy xulosalar.......................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati........................................................... KIRISH Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik qo`lga kiritilishi bilanoq, respublikamizda yoshlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor berila boshlanadi, chunki yoshlar bizning ertangi kunimiz. Istiqlololimiz istiqboli shularning qo`lida. Shu bois ham hukumatimiz tomonidan ta`lim tizimini isloh qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu borada chiqarilgan “Ta`lim to`g’risida Qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va O`zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari fikrimizning yaqqol dalilidir. “Ta`lim to`g’risida” gi Qonunga muvofiq, o`qitishning ilg’or shakllari va yangi pedogogik texnologiyalarni, ta`limning texnik va axborot vositalarini o`quv jarayoniga joriy etish kuchaydi.1 Yuqorida tilga olingan qonunlar va o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi, respublikamizning mustaqil deb e’lon qilinishi barcha ta’lim bo`g’inlarida ona tili o`qitish imkoniyatini kengaytirib, unga bo`lgan mas’uliyat hissini kuchaytirdi. O`quv fanlarining asosi hisoblangan ona tilini o`rganish juda katta ta`limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shaxsning tarbiyalanganlik va madaniyatlilik darajasi ham o`z ona tilini qay darajada bilishi bilan belgilanadi. Shu sababli mustaqil respublikamiz tobora rivojlanib borgan sari ona tilini, ya’ni davlat tilini o`qitishning maqsad-vazifalari ham takomillashib borishi zarur hisoblanadi va shunday bo`lmoqda ham. Dars o`tishning eng zamonaviy, jahon andozalaridagi usullaridan, noan’anaviy uslublaridan maksimal darajada foydalanish, darsning ekskursiya, munozara-bahs, uchrashuv, tortishuvli-ijodiy, tabiat, ishlab chiqarish korxonalari qo`ynida mashg’ulot o`tish kabi shakllari yo`lga qo`yilmoqda. Yangi o`quv dasturlariga ko`ra, xorij tajribasidan kelib chiqqan holda ona tili darslarida o`quvchilarning mustaqil, erkin fikrlashini o`stirishga katta o`rin ajratilib, unda til va tafakkur uzviyligiga amal qilinadi, chunki fikr qancha tiniq bo`lsa, nutq shunchalik ravon bo`ladi. Endilikda «Ona tili o`qitish kontseptsiyasi», «Davlat ta`lim standartlari»2, til o`qitishning namunaviy dasturlari yaratildi, umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta`limning bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun darsliklarning yangi avlodi chop qilindi va ular tajriba - sinovlardan o`tkazilmoqda. Grammatika grammatika uchun emas, grammatika amaliyot uchun tamoyiliga asoslanadi. O`lkashunoslik materiallari, testlar, rasmlar, ma’naviy-ma’rifiy xarakterdagi matnlar krossvordlar, rebuslar, muhokamali topshiriqlar, grammatik o`yinlar, lingvo-sayohatlardan ustalik bilan foydalaniladi. Audio-vidio, kompyuter texnikasi har bir darsning o`zagini tashkil qiladi. Jumladan, ona tili bo`yicha o`quv dasturlari dars o`tishi uslubi, ona tili o`qitishning maqsad-vazifalari yangilanib, o`zgaribgina qolmasdan barcha fanlarda o`quvchilar bilimini baholash jarayoni, tartibi va shakli ham o`zgaradi, yangilanadi hamda takomillashib bormoqda. Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida, jumladan, o`rta maktablarda o`quvchilar bilimini baholashda reyting tizimiga o`tildi. Bunga ko`ra o`quvchining dars mashg’ulotidagi har kungi faoliyati to`la ballar asosida baholanadi. Bu jarayonda test sinovi, test usulining o`ziga xos qonuniyat hamda mashaqqatlari mavjud. Biz o`z magistrlik ishimizda davr o`zgarishlari mahsuli sifatida yuzaga kelgan nazorat ishlarining ona tili ta`limidagi o`rni, mohiyati va qo`llanishi jarayonini o`rganishga intildik. Download 472.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling