Баен утказиш методикаси
Download 472.5 Kb.
|
Risqiyeva Sabohat magistr
V SINF UCHUN
SH I R O Q (MIRKARIM OSIM) O`tov ichida sak qabilalarining oqsoqollari kengash qurib o`tirardilar. To`rga solingan ayiq terisi ustida chordona qurgan Rustak oqsoqollarga vaziyatni tushuntiradi: - eron shohi Doro Sug’diyani (hozirgi O`zbekistonning g’arbiy qismi) bosib oldi. eroniylar barcha xalqni talab, erkaklarni qul, xotinlarini asir qilib olib ketayotirlar. endi navbat bizga keldi,.. Boshliqlar bu mushkul muammoni echish uchun bosh qotirib o`tir-ganlarida, o`tov eshigi oldida turgan qurolli yigit Shiroq degan bir cho`ponning kirishga ijozat so`rayotganini bildirdi. Eshikdan yoshi oltmishdan oshgan tetikkina, barvasta bir chol kirib, ta`zim qildi. Ijozat bersanglar, men ham qatoringizda o`tirib, o`z fik-rimni aytsam. Nima to`g’risida gaplashayotganingizni bilaman. - O`tir, o`tir, gapingga quloq solamiz, - dedi Rustak. - eron shohining askarlari Sirdaryo ostidagi qum donalardan ham ko`p, ularii jangga chorlab, engish mahol. Ammo ularni qirib tashlash uchun bir yo`l bor. Quloq soling... Oqsoqollar Shiroqning og’ziga tikildilar. Borgan sari ularning yuzlari yorishib, ko`zlari chaqnardi... Oradan ancha vaqt o`tgandan keyin, Shiroq o`tovdan chiqdi. Uni ko`rgach, ko`chmanchilar dahshatga tushib o`rinlaridan sakrab turib ketdilar. Keksa cho`pon kesilgan ikki qulog’i va burniga kuydirilgan namat bosib, sizib oqayotgan qonni to`xtatishga harakat qilar edi... U kun botish tomonga qarab ketdi... Eron shohi baland paxsa devor bilan o`ralgan bog’ o`rtasidagi baland shiyponda o`z amaldorlari bilan may ichib, suhbatlashib o`tirardi. Xizmatkorlardan biri shiypon yoniga kelib ta`zim qildi-da, kuloq-burni kesilgan bir kishi shoh huzuriga kirishga ijozat so`rayotganini bildirdi. - Mayli, kirsin, - dedi. Doro: - Hoy odam, o`zing kimsan, oting nima va qaysi urug’dansan? - deb so`radi. -Otim Shiroq, o`zim sak urug’idanman... Maqsadim, shahonshoh a`lo hazratga xizmat qilmoqdir. Janoblariga xayrixoh bo`lganim uchun qabiladoshlarimdan qattiq sitam ko`rdim... Hukmdorimiz Rustak... quloq, burnimni kestirdi. Men endi sizning yordamingiz bilan undan o`chimni olmoqchiman... Doro sarkardalari bilan maslahatlashib, saklar ustiga qo`shin yuborishga, Shiroqni esa yo`l boshlovchi qilib olishga qaror qildi. Eron askarlari yo`l boshlovchining maslahati bilan etti kunlik suv, oziq-ovqat va em-xashak olib yo`lga chiqdilar... Dastlabki kunlar yo`l uncha mashaqqatli bo`lmadi. Bora-bora cho`l sahroga aylandi, odamlar va otlarning suvga ehtiyoji osha bordi... Qora terga tushib hansiragan otlar oyoqlarini bitta-bitta tashlab borardilar... Lashkarboshining toqati toq bo`lib... Shiroqni o`rtaga olib... uni haqorat qila boshladi... U atrofini qurshab olgan g’azabli chehralarga mag’rurlik bilan qarab turib, qalpog’ini erga bir urdi-da, qah-qahlab yubordi: - Men engdim..., - dedi... - Sizlarni aldab sahroning qoq o`rtasiga olib keldim. Istagan eringizga ketavering. Mening go`rim shu erda, - deb oyog’i ostini ko`rsatdi... G’azabdan ko`zlari o`qrayib, aft-basharalari tirjayib, xunuk bo`lib ketgan eron sarkardalari Shiroqni qiyma-qiyma qilib tashladilar. Reja: Shiroqning Rustak va Doro bilan uchrashuvi. Shiroqning tadbirkorligi. Eron sarkardalarining sahroda tortgan azob-uqubatlari. Shiroqning g’alabasi. T o p sh i r i q. Qisqartirib bayon yozing. TaQsiM (Abdulla Avloniy) (hikoya) Ikki bola ko`chada o`ynar edilar. Tasodifan bir yong’oq topib olishdi. O`rtada janjal chiqdi. «- Sendan oldin uni men ko`rdim u meniki!» - derdi biri. «-Yo`q, uni erdan men oldim. U meniki!” -derdi ikkinchisi. Shu asnoda bir yigit kelib qoldi. Voqeadan voqif bo`ldi. Sizlarga o`zim yaxshilab taqsimlab beraman dedi-da, yong’oqni ularning qo`lidan oldi. Chaqib ikki pallaga ajratdi. Yarim palla po`chog’ini biriga, qolgan yarmini ikkinchisiga berdi. «Arzimas qoldig’i esa, taqsim qilganim uchun menga» - dedi-da, mag’izni og’ziga solib, yo`lida davom etdi. Bolalar po`choqni ushlaganlaricha hangu mang bo`lib qolaverdilar. Topshiriq: I. Hikoyani o`qing. Uning mazmunini qayta og’zaki hikoyalash uchun quyidagi rejadan foydalaning: Bolalar nima topib olishdi? Ular nima deb janjal qilishdi? Bolalar nega yong’oqdan quruq qoldilar? Yong’oqni taqsimlagan yigit to`g’ri qildimi, siz nima deysiz? II. Shu reja asosida matnga munosabat bildirib, bayon yozing. Download 472.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling