Баен утказиш методикаси


Inshoni tahlil qilish, tuzatish, baholash


Download 472.5 Kb.
bet11/20
Sana14.02.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1198077
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Bog'liq
Risqiyeva Sabohat magistr

2.2. Inshoni tahlil qilish, tuzatish, baholash
Insho yozishda esa o`quvchilar yozma nutq malakalarini namoyish etadilar, o`zlarining tafakkur kuchi va iutq boyliklariga suyanadilar. Bu bayon bilan inshoning o`xshash tomonlaridir. Ular o`rtasidagi farq shundaki, agar bayon ta`limiy xarakterda bo`lsa, matn o`qib berilgach, o`quvchilar uning mazmunini og’zaki gapirib beradilar. Shundan keyingina yozishga kirishadilar. Inshoda esa o`quvchilarga matn o`qib berilmaydi, balki faqat mavzu tavsiya etiladi. Mavzu bo`yicha reja tuziladi va o`quvchilar shu reja bo`yicha o`z fikrlarini mustaqil ravishda ifodalaydilar. Insho yozdirib bo`lingach, uni o`z vaqtida tekshirish va o`quvchilar bilan tahlil qilish shart. Baholashda quyidagi mezonga rioya qilinadi.


Inshoni baholash mezoni





Mazmuni

Ball

Savodxonligi

Ball


Mavzuga mos mazmunli reja tuzilgan bo`lsa, insho rejaga muvofiq yozilib, mantiqan izchil, so`z boyligi, ifoda qurilishi, badiiy matn yaratish qonun-qoidalariga monand, mustaqil ijodiy fikrlab yozilgan fikrlari yorqin, asosli bo`lsa

20

Inshoda hech qanday imlo va uslubiy xatolarga yo`l qo`yilmagan bo`lsa

20


Mavzu reja asosida to`liq yortilib, yuqoridagi talablarga javob bersa, rejaning biror bandi to`liq yoritilmagan bo`lsa

19-18

Bitta imlo xatoga yo`l qo`yilgan bo`lsa

19


Insho rejasi mvzuga mos, mustaqil va ijodiy tuzilgan bo`lsa, matn yaratishda asosan yuqoridagi talablarga amal qilingan bo`lsa, biroq fikrlar bog’liqligi biroz buzilgan bo`lsa

17-16

Bitta uslubiy, bitta imlo, ikkita tinish belgida xatoga yo`l qo`yilgan bo`lsa

18


Insho asosan yuqoridagi talablarga javob bersa, biroq uning mazmunida, reja tuzilishida nomukammallik uchrasa, reja bandlari mavzuga to`liq monand bo`lmasa, fikrlar bayonida izchillik etishmasa.

15-14

Ikkita uslubiy, ikkita imlo, ikkita tinish belgida xatoga yo`l qo`yilgan bo`lsa.

17


Insho mavzusi asosan yoritilsa, reja tuzilishida va mavzuni yoritishda izchillik etishmasa, fikrlar va xulosalarni asoslashda nuqsonlar bo`lsa

13-12

Uchta uslubiy, uchta imlo va uchta tinish belgida xatolar mavjud bo`lsa

16


Insho rejasida va matnni yoritishda sayozlik sezilsa, fikrlar izchil bo`lmasa, mavzudan chetga chiqish holat uchrasa

11-10

To`rtta uslubiy, uchta imlo va uchta tinish belgida xatolar mavjud bo`lsa

15


Insho rejasi sayoz tuzilgan bo`lib, mavzuni yoritishda so`z boyligi, ifoda tuzilishida nochorlik sezilib tursa

9-8

To`rtta uslubiy, to`rtta imlo va to`rtta tinish belgida xatolar mavjud bo`lsa

14


Insho rejasi mavzuga mos bo`lmasa mavzudan chetga chiqish kabi nuqsondar uchrasa, inshoni yoritishda takrorlar va tarqoq fikrlar mavjud bo`lsa

7-6

Beshta uslubiy, beshta imlo va beshta tinish belgida xatolar mavjud bo`lsa

13


Insho mavzusi yoritilmagan bo`lsa, reja bandlari mazmunsiz bo`lsa, o`quvchi mavzuni tushunmaganligi, fanni zaif bilishi sezilib tursa, fikrlar asoslanmagan, xulosalanmagan bo`lsa

5-4

Oltita uslubiy, oltita imlo va shuncha tinish belgida xatolarga yo`l qo`ygan bo`lsa

12

Insho mazmunidagi nuqson va xatolar soni hamda turiga qarab ishni baholash shu tariqa 0 balgacha davom ettiriladi.


Xatolarni bartaraf qilishda ayniqsa yozma ish tahlilini o`tkazish yoki xatolar ustida ishlash darslari ahamiyatlidir. Xatolar ustida ishlash darsni tashkil etishda quyidagilarga e`tibor bermaslik natijasida o`qituvchilar ishida anchagina qiyinchiliklar kelib chiqmoqda.

  • yozma ish tahliliga ajratilgan vaqtning noto`g’ri taqsimlanishi;

  • tipik xatolar doirasidan chetga chiqmaslik;

  • xatoni bartaraf etish bo`yicha o`quvchilarning qiziqishini uyg’ota olmaslik;

  • ularni passiv tinglovchiga aylantirish hamda xato ustida ishlashga kam e`tibor berib, turli-tuman ish formalarini (kartochkalarning har xil turlari, darslikdagi mashqlardan foydalanish va hokazo) qo`llay olmaslik;

  • har bir o`quvchining bilim saviyasi va mustaqil ishlash qobiliyatini hisobga olmaslik, differentsial topshiriqdan foydalanmaslik;

  • yozma ishda yo`l qo`yilgan xatolarning to`g’ri klas­sifikatsiya qilinmasligi tufayli o`quvchilar diqqatini (tipik xatolar ustida ishlash paytida) asosiy masalaga jalb eta olmaslik;

  • xatolar ustida ishlashga har bir o`quvchining mustaqil tartibda individual ishini tashkil eta olmas­lik;

  • yozma ishda qoniqarsiz baho olgan o`quvchilarning tahlil jarayonida e`tibordan chetda qolishi;

  • o`quvchilarning oldingi yozma ishlarida yo`l qo`ygan xatolarini hisobga olmaslik hamda bu xatolarning qanday tartibda bartaraf etilayotganligini nazorat qilmaslik;

  • o`quvchilarni yo`l qo`yilgan xatoning sabablarini tahlil qilishga o`rgatmaslik;

  • tahlil jarayonida ularning «Imlo lug’ati» bilan ishlashini tashkil eta ol­maslik.

Barcha turdagi yozma ishlarning tahlilida orfografik va punktuatsion xatolar ustida ishlash bir-biriga o`xshaydi. Shuning uchun diktantda uchragan orfografik va punktuatsion xatolarni bartaraf etishda qo`llanilgan mustaqil ish turlaridan bayon va inshoning tahlilida foydalansa bo`ladi.

Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling