Баен утказиш методикаси
Inshoni tahlil qilish, tuzatish, baholash
Download 472.5 Kb.
|
Risqiyeva Sabohat magistr
- Bu sahifa navigatsiya:
- Inshoni baholash mezoni
2.2. Inshoni tahlil qilish, tuzatish, baholash
Insho yozishda esa o`quvchilar yozma nutq malakalarini namoyish etadilar, o`zlarining tafakkur kuchi va iutq boyliklariga suyanadilar. Bu bayon bilan inshoning o`xshash tomonlaridir. Ular o`rtasidagi farq shundaki, agar bayon ta`limiy xarakterda bo`lsa, matn o`qib berilgach, o`quvchilar uning mazmunini og’zaki gapirib beradilar. Shundan keyingina yozishga kirishadilar. Inshoda esa o`quvchilarga matn o`qib berilmaydi, balki faqat mavzu tavsiya etiladi. Mavzu bo`yicha reja tuziladi va o`quvchilar shu reja bo`yicha o`z fikrlarini mustaqil ravishda ifodalaydilar. Insho yozdirib bo`lingach, uni o`z vaqtida tekshirish va o`quvchilar bilan tahlil qilish shart. Baholashda quyidagi mezonga rioya qilinadi. Inshoni baholash mezoni
Insho mazmunidagi nuqson va xatolar soni hamda turiga qarab ishni baholash shu tariqa 0 balgacha davom ettiriladi. Xatolarni bartaraf qilishda ayniqsa yozma ish tahlilini o`tkazish yoki xatolar ustida ishlash darslari ahamiyatlidir. Xatolar ustida ishlash darsni tashkil etishda quyidagilarga e`tibor bermaslik natijasida o`qituvchilar ishida anchagina qiyinchiliklar kelib chiqmoqda. yozma ish tahliliga ajratilgan vaqtning noto`g’ri taqsimlanishi; tipik xatolar doirasidan chetga chiqmaslik; xatoni bartaraf etish bo`yicha o`quvchilarning qiziqishini uyg’ota olmaslik; ularni passiv tinglovchiga aylantirish hamda xato ustida ishlashga kam e`tibor berib, turli-tuman ish formalarini (kartochkalarning har xil turlari, darslikdagi mashqlardan foydalanish va hokazo) qo`llay olmaslik; har bir o`quvchining bilim saviyasi va mustaqil ishlash qobiliyatini hisobga olmaslik, differentsial topshiriqdan foydalanmaslik; yozma ishda yo`l qo`yilgan xatolarning to`g’ri klassifikatsiya qilinmasligi tufayli o`quvchilar diqqatini (tipik xatolar ustida ishlash paytida) asosiy masalaga jalb eta olmaslik; xatolar ustida ishlashga har bir o`quvchining mustaqil tartibda individual ishini tashkil eta olmaslik; yozma ishda qoniqarsiz baho olgan o`quvchilarning tahlil jarayonida e`tibordan chetda qolishi; o`quvchilarning oldingi yozma ishlarida yo`l qo`ygan xatolarini hisobga olmaslik hamda bu xatolarning qanday tartibda bartaraf etilayotganligini nazorat qilmaslik; o`quvchilarni yo`l qo`yilgan xatoning sabablarini tahlil qilishga o`rgatmaslik; tahlil jarayonida ularning «Imlo lug’ati» bilan ishlashini tashkil eta olmaslik. Barcha turdagi yozma ishlarning tahlilida orfografik va punktuatsion xatolar ustida ishlash bir-biriga o`xshaydi. Shuning uchun diktantda uchragan orfografik va punktuatsion xatolarni bartaraf etishda qo`llanilgan mustaqil ish turlaridan bayon va inshoning tahlilida foydalansa bo`ladi. Download 472.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling