Баен утказиш методикаси
-bob. Nazorat ishlarida yo`l qo`yilgan xatolarning oldini olish yo`llari
Download 472.5 Kb.
|
Risqiyeva Sabohat magistr
3-bob. Nazorat ishlarida yo`l qo`yilgan xatolarning oldini olish yo`llari:
3.1. Xatolarning oldini olish va ularni bartaraf qilish usullari Xatolarning oldini olish savodxonlikni har tomonlama takomillashtirishning asosiy garovidir. O`quvchilar yo`l qo`yishi mumkin bo`lgan xatolarning oldini olish uchun o`qituvchi quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim: - lug’at ishini keng yo`lga qo`yish. Ona tilining har bir soatida imlosi qiyin so`zlarning yozilishini ko`rsatib borish; - har bir soatda o`quvchilarning mustaqil ishlarida uchragan tipik xatolar hisobini olib borish va keyingi soatlarda mustaqil ishning shu xatolarni bartaraf etishga qaratilgan turlaridan foydalanish; - o`quvchilarning o`zaro diktant o`tkazishlarini keng yo`lga qo`yish; - o`quvchilarda yozishga qiziqish uyg’otish, orfografiyadan konkurslar uyushtirish; - «Maktabda yagona orfografik rejim» nizomini ishlab chiqish va unga kollektiv ravishda amal qilish. Xatolar oldini olishning eng muhim choralaridan biri o`quvchilarning har kuni bajaradigan mustaqil ishlarida yo`l qo`ygan xatolari ustida ish olib borishni ta`minlashdir. O`quvchi mustaqil ishdagi xatoni o`qituvchi signali asosida (xato haqida signal berish) o`zi «Imlo lug’ati» bilan taqqoslash orqali aniqlaydi va shu so`zning turli variantini shaxsiy imlo lug’atiga ko`chirib oladi. Ba`zi o`qituvchilar vaqtni tejash maqsadida xatoni aniqlashni ko`proq darsdan keyin uyushtiradilar. Bunda o`quvchilar muntazam ravishda uyda yoki kuni uzaytirilgan guruhda bu ishni amalga oshirishga odatlanadilar. Aslida esa dars jarayonida topshiriq qanday bajarilganligi va o`quvchining shu so`z imlosini qanday o`zlashtirganligi tekshirib borilishi lozim. O`quvchilar nutqidagi dialektal xatolarni bartaraf qilish maqsadida yuqorida ko`rsatilgan ish usulidan tashqari yana sinfdoshining nutqidagi dialekt ta`sirida aytilgan so`zlarni aniqlab, uning adabiy tildagi variantini aytishni talab qilish kabi mustaqil ish turlaridan foydalanish mumkin. Dialektal xatolarni bartaraf qilish faqat xatolar ustida ishlash darsida amalga oshirilmasdan, balki har bir darsda alohida ishlashni talab qiladigan masaladir. Savol-javob, o`qish, ijodiy mashq hamda mustaqil ishlardagi xatolarni tushuntirish jarayonida dialektal xatolar izohlanadi va tuzatib boriladi. O`qituvchi tomonidan tanlangan mustaqil ishlar shunday tuzilgan bo`lishi lozimki, unda hamma vaqt mahalliy shevalarga xos bo`lgan xatolarni bartaraf etish ko`zda tutilgan bo`lsin. Quyida diktant tahlilini o`tkazish tartibi va xatolar ustida ishlash haqida fikr yuritamiz. Diktant tahlilini o`tkazishning o`ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, bunda asosiy e`tibor orfografik va punktuatsion xatolarga qaratiladi. O`quvchilarning yozma ishlarida uchraydigan orfografik xatolarni to`rt guruhga ajratish mumkin: Ma`lum bir orfografik qoidani bilmaslikdan kelib chiqadigan xatolar. Masalan, kolxozning bog’i o`rniga kolxozni bog’i, erga sepdi o`rniga erda sepdi kabi. Bunday tipdagi xatolarni bartaraf etish uchun o`sha xatoga aloqador qoidani tushuntirish, uni darslikdan mustaqil tartibda o`qitish hamda shu qoidaga doir mashqlar ishlatish, tarqatma didaktik materiallardan foydalanish tavsiya qilinadi. Mexanik tartibda yo`l qo`yilgan xatolar. Masalan, daftar so`zini datar, o`quvchi so`zini ukuvchi tarzida yozish. Bu tipdagi xatolar, asosan, yozma ish paytida e`tiborsizlikdan kelib chiqadi. Ko`rsatilgan xatolar ustida ishlashda maktab o`quvchilari uchun chiqarilgan «Imlo lug’ati» kitobi bilan har bir o`quvchining individual ishlashini tashkil etish talabga muvofiqdir. O`quvchi xato yozilgan so`zning to`g’ri shaklini o`qituvchi rahbarligida «Imlo lug’ati»dan o`zi topadi. Hech qanday orfografik qoida bilan asoslab bo`lmaydigan, yozilishini faqat esda caqlash lozim bo`lgan so`zlarda xato qilish. Masalan, tayyor so`zini tayor yozish, sayyod suzini sayod yozish va hokazo. Tahlil jarayonida bunday so`zlarning imlosini o`rgatish uchun shu so`zni bir necha marta og’zaki takrorlatish, yodda saqlashni eslatish, shu so`zni doskada yozdirish, «Imlo lug’ati»dan toptirish metodlaridan foydalanish mumkin. Sheva ta`sirida sodir bo`ladigan xatolar. Masalan, kelyapti o`rniga kelopti; deraza o`rniga tereza kabi. Bunday tipdagi xatolarni bartaraf etishning eng qulay yo`li taqqoslash, chog’ishtirish metodlaridan foydalanishdir. O`quvchidan tahlil darsida o`zi yozgani bilan o`sha so`zning adabiy tildagi variantini taqqoslash, chog’ishtirish, farqini aniqlash talab etiladi. Buning uchun so`zning shevadagi ko`rinishlari bilan adabiy tildagi variantini chog’ishtiradigan ko`rgazmalardan ham foydalanish mumkin. Ba`zi o`qituvchilar yozma ishlardagi tipik xatolarni belgilashda qiynaladilar. Biz so`z turkumlaridan «Ot»ni o`tib bo`lgandan keyin «Poytaxt vokzallari» matni yuzasidan olingan diktantda yo`l qo`yilgan xatolarni tahlil qilar ekanmiz, quyidagi holni ko`rdik: diktantda 30 o`quvchidan 19 kishi «Poytaxt vokzallari» birikmasidagi Poytaxt so`zini xato yozgan. Xuddi shuningdek, etti o`quvchi vokzal so`zini vakzal, 5 o`kuvchi xuddi so`zini xudi, 4 o`quvchi mehmonxona so`zini mexmon xona, 10 o`quvchi qad ko`tarib o`rniga qat ko`tarib, 6 o`quvchi qavatli so`zini qabatli tarzida yozgan. Bundan tashqari bo`g’in ko`chirishda uyushiq bo`laklar orasida vergulning ishlatilishiga oid xatolarga ham yo`l qo`yilgan. Xo`sh, bu xatolarning qaysi birlarini tipik xato hisoblash kerak? Ko`rsatilgan xatolardan «Poytaxt maydoni» va «Toshkent vokzali» birikmalaridagi Poytaxt va Toshkent so`zlarining kichik harf bilan yozilishi tipik xato hisoblanadi. Chunki o`quvchilarning ko`pchiligi atoqli otlarning bosh harf bilan yozilishini etarli darajada o`zlashtirmagan. Shuning uchun o`qituvchi darsning 10-12 minutini tipik xato ustida ishlashga ajratadi. O`quvchilar diqqatini darslikdagi «Turdosh va atoqli otlar hamda ularning imlosi» temasiga jalb qilib, asosiy e`tibor ular kuchi bilan qoidani esga keltirish, yo`l qo`yilgan xato so`zning turli variantiga o`xshash misollar toptirish, qoidaning shu so`zga aloqador joyini kitobdan topib o`qittirish kabi mustaqil ish turlariga qaratiladi. Darsning qolgan qismida esa, asosan xatolar ustida individual mustaqil ish olib boriladi. Individual mustaqil ish jarayonida har bir o`quvchi o`z xatosi ustida ishlaydi. Xuddi so`zini xato yozgan o`quvchiga shunga o`xshash yonma-yon kelgan qo`sh undoshli so`zlar topib, daftarga yozish, shu so`zlardan biri yoki ikkitasi yordamida gan tuzish topshiriladi. Qad ko`tarib birikmasidagi qad so`zini qat yozgan o`quvchilarga jarangli d undoshi o`rniga uning jarangsiz jufti t talaffuz qilinishini aytib, t kabi talaffuz qilinib, d yoziladigan so`zlar toptiriladi va «Ayrim undosh tovushlarning yozuvda ifodalanishi» temasini mustaqil tartibda kitobdan o`qish topshiriladi. Bir xil xatoga yo`l qo`ygan o`quvchilar bilan ham ishni aynan bir usulda tashkil etib bo`lmaydi. Agar bir o`quvchiga xato yozilgan so`zning turli variantini bilib olish uchun faqat qoidani eslash va 1-2 misol keltirish kifoya bo`lsa, boshqa o`quvchi uchun shu xatoni bartaraf etish maqsadida ma`lum bir mashqni bajarish hamda ijodiy xarakterdagi misollar topishni uyushtirish lozim bo`ladi. Ayrim o`qituvchilar xatolar ustida individual mustaqil ish tashkil qilish uchun sharti yozilgan alohida kartochkalardan foydalanadilar. O`qituvchi kartochkalarni tuzishda o`quvchilarning bilim saviyasini va ishlash sur`atini ham hisobga oladi. Ma`lumki, tez yozish va mustaqil ishlashga o`rgangan o`quvchilar topshiriqni qisqa muddatda va bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchiga nisbatan ancha sifatli bajaradilar. Topshiriqni sekin bajaradigan va etarli darajada mustaqil ishlash ko`nikmasiga ega bo`lmagan o`quvchilar (bo`sh o`zlashtiruvchilar) kartochkada ko`rsatilgan vazifalarni bajarish uchun birmuncha ko`proq vaqt sarf qiladilar va uni bajarishda qiynaladilar. Har bir kartochkaning differentsialligi o`quvchilarning o`z xatosini bilib olishga bo`lgan qiziqishini kuchaytiradi hamda belgilangan vaqtda o`quvchilarning ulgurishlariga imkoniyat yaratadi. Kartochkalardan namuna keltiramiz. Darsligingizning 84-betida berilgan «Ayirish va yumshatish belgilarining ishlatilishi» mavzusiga taalluqli qoidani kitobingizdan o`qing va «Imlo lug’ati»dan ayirish belgisi bilan kelgan 6 ta so`z topib, daftaringizga yozing. Kartochkalar tipik xatolar ustida ish tugagandan keyin o`quvchilarning yozma ish daftarlari ichiga qo`yib tarqatiladi. Xatolar ustidagi ish esa o`quvchilarning sinf daftarlarida bajarilgani ma`qul. Chunki yozma ish daftarlari yig’ib olingan taqdirda ham o`quvchi xatolar ustida ishlashni davom ettirishi, har bir soatlik darsda o`quvchi bilimi sinalayotganda o`qituvchi o`quvchi yo`l qo`ygan xato so`zning to`g’ri variantini yozib ko`rsatishini talab qilishi mumkin. Download 472.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling