Баен утказиш методикаси


Download 472.5 Kb.
bet9/20
Sana14.02.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1198077
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20
Bog'liq
Risqiyeva Sabohat magistr

NON HAQIDA SUHBAT
(ISMOIL PARPIEV}
Sinf o`quvchilari bugun ham darsdan keyin qolishdi.

  • Non haqidagi suhbatimizni boshlaymiz, - dedi o`rtaga chiqib a`lochi o`quvchi Ahmad Mirzakarimov. - Non haqida kim nima biladi?

  • Nonlar har xil bo`ladi. Uyda nonni tandirda yopishadi. Men non zavodlarida tayyorlangan mayizli bulochkani yaxshi ko`raman, - dedi Sapura Zufarova.

  • Non, non bo`lguncha urug’li bug’doy bo`lgan. Uni dalaga ekib, yig’ib olishgan. Keyin tegirmonda tortib un qilishgan. Bir kuni oyimlar, nonsiz yashab bo`lmaydi, nonni uvol qilmanglar, dedilar.

  • Non barcha narsadan shirin. Rost, qornim ochganda non shokoladdan ham shirin ko`rinadi, - dedi Tohir Akramov.

  • Qiziq, nonni yaxshi ko`rsak, nonsiz yashab bo`lmasa, nega endi parta tagida non qoldiramiz, cho`ntagimizga non solamizda, ushog’ini xohlagan erga tashlab ketaveramiz? - dedi Rasul ermatov.

Bolalar Rasulning gapiga qo`shilishdi. Nomni isrof qilmaslikka, uydagi ukalarini ham bunga o`rgatishga so`z berishdi.
Topshiriqlar:

  1. Matnni o`qing va mazmunini og’zaki so`zlang. Reja tuzib, matnga yaqinlashtirilgan bayon yozing.



SICHQON, QURBAQA VA QARG’A
(«Kalila va Dimna» asaridan)
Bir sichqon bir to`qayning bag’rida yashar edi. To`qaydagi suv ichida bir Qurbaqa ham umr kechirardi. Qurbaqa ba`zan suvning yuziga chiqib, yoqimsiz ovoz bilan vaqillardi. Sichqon qurbaqaning yoqimsiz ovozini eshitib, hayron bo`ldi va bu ashulachining basharasini ko`rish uchun tashqariga chiqdi. Sichqon uning bema`ni qurillashidan ajablanib, qo`llarini bir-biriga urib, boshini qimirlata boshladi. Qurbaqa sichqonning bu ahvolini ko`rib, mening ashulamdan mamnun bo`layotir deb, xursand bo`ldi va u bnlan oshna bo`lishni orzu qildi. Nihoyat, sichqon bilan qurbaqa bir-birlari bilan do`stlashib, shirin-shirin suhbatlashadigan bo`lishdi,
Bir kuni sichqon qurbaqaga dedi:
- Men sen bilan doimo suhbatlashishni orzu qilaman. Sen suv ichida bo`lasan, ming chaqirganim bilan eshitmaysan, kelishingdan darak bo`lmaydi.
Qurbaqa dedi:
-Gaplaring to`g’ri, do`stim. Mei ham suv ostida yurgan vaqtimda sen kelib, meni kutib-kutib ketmadingmi ekan, deb xavotirlanib yuraman, goxo ining og’ziga kelaman, sen boshqa bir tomondan chiqib ketib qolasan, men ko`p vaqt seni kutib o`tiraman. Men bu ahvolni senga aytmoqchi bo`lib yuruvdim, lekin o`zing gap boshlab qolding, endi bu ishning chorasini ham o`zing top.
Sichqon dedi:
- Buning chorasi shu: bir uzun ip topamiz, ipning bir uchini sening oyog’ingga, ikkinchi uchini o`z oyog’imga bog’layman. Suv labiga kelib ipni qimirlatsam, xabardor bo`lasan, sen ham mening inim og’ziga kelib ipni qimirlatsang, yugurib oldingga chiqaman.
Shunday qilib, ularning ikkoviga ham bu tadbir ma`qul tushdi. endi ular mudom bir-birlari bilan xabarlashib, suhbatlashib yurishar edi.
Bir kuni Sichqoi suv labiga kelib Qurbaqani chaqirmoqchi bo`lib turgan edi, nogoh, bir qarg’a osmondan tushib, sichqonni ko`tarib uchdi. Ip qurbaqaning oyog’iga bog’langan edi, u bechora ham suv qa`ridan chiqib, osilib ketardi. Sichqon qarg’aning tumshug’ida, qurbaqa esa undan quyiroda osilgan holda ketardi.
Odamlar bu ahvolni ko`rib, hayron bo`lardilar va «Nima balo bo`libdiki, qarg’a qurbaqani ovlabdi, uning bunaqa odati yo`q edi-ku!» - der edilar.
Sichqonning be`mani tadbiri natijasida qurbaqa shunday falokatga giriftor bo`ldi. Yomon va nodon bilan do`stlashgan odamning qismati ham ana shunday bo`ladi.
Reja va topshiriqlar:
1. Sichqon bilan qurbaqa qanday qilib do`stlashib qoldi?

  1. Sichqon qurbaqa bilan doimo suhbatlashib turish uchun qanday tadbir o`ylab topdi?

  2. Qurbaqa qanday falokatga giriftor bo`ldi?

  3. «Nodonga ulfat bo`lgan qon yutar», «Yomonga yondoshgan, yiqilmay qolmas» maqollarining ma`nosini bilasizmi?

  4. Haqiqiy do`stlik to`g’risida yana qanday maqollarni bilasiz? Bularni bayoningizda ko`rsating.




Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling