Баен утказиш методикаси


Download 472.5 Kb.
bet2/20
Sana14.02.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1198077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Risqiyeva Sabohat magistr

Umumiy xulosalar.......................................................................................
Foydalanilgan adabiyotlar ro`yxati...........................................................
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillik qo`lga kiritilishi bilanoq, respublikamizda yoshlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor berila boshlanadi, chunki yoshlar bizning ertangi kunimiz. Istiqlololimiz istiqboli shularning qo`lida. Shu bois ham hukumatimiz tomonidan ta`lim tizimini isloh qilishga alohida e’tibor berilmoqda. Bu borada chiqarilgan “Ta`lim to`g’risida Qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va O`zbekiston Respublikasining bir qator qonunlari fikrimizning yaqqol dalilidir. “Ta`lim to`g’risida” gi Qonunga muvofiq, o`qitishning ilg’or shakllari va yangi pedogogik texnologiyalarni, ta`limning texnik va axborot vositalarini o`quv jarayoniga joriy etish kuchaydi.1
Yuqorida tilga olingan qonunlar va o`zbek tiliga davlat tili maqomi berilishi, respublikamizning mustaqil deb e’lon qilinishi barcha ta’lim bo`g’inlarida ona tili o`qitish imkoniyatini kengaytirib, unga bo`lgan mas’uliyat hissini kuchaytirdi.
O`quv fanlarining asosi hisoblangan ona tilini o`rganish juda katta ta`limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shaxsning tarbiyalanganlik va madaniyatlilik darajasi ham o`z ona tilini qay darajada bilishi bilan belgilanadi. Shu sababli mustaqil respublikamiz tobora rivojlanib borgan sari ona tilini, ya’ni davlat tilini o`qitishning maqsad-vazifalari ham takomillashib borishi zarur hisoblanadi va shunday bo`lmoqda ham. Dars o`tishning eng zamonaviy, jahon andozalaridagi usullaridan, noan’anaviy uslublaridan maksimal darajada foydalanish, darsning ekskursiya, munozara-bahs, uchrashuv, tortishuvli-ijodiy, tabiat, ishlab chiqarish korxonalari qo`ynida mashg’ulot o`tish kabi shakllari yo`lga qo`yilmoqda. Yangi o`quv dasturlariga ko`ra, xorij tajribasidan kelib chiqqan holda ona tili darslarida o`quvchilarning mustaqil, erkin fikrlashini o`stirishga katta o`rin ajratilib, unda til va tafakkur uzviyligiga amal qilinadi, chunki fikr qancha tiniq bo`lsa, nutq shunchalik ravon bo`ladi.
Endilikda «Ona tili o`qitish kontseptsiyasi», «Davlat ta`lim standartlari»2, til o`qitishning namunaviy dasturlari yaratildi, umumta`lim maktablari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari, oliy ta`limning bakalavriat va magistratura bosqichlari uchun darsliklarning yangi avlodi chop qilindi va ular tajriba - sinovlardan o`tkazilmoqda.
Grammatika grammatika uchun emas, grammatika amaliyot uchun tamoyiliga asoslanadi. O`lkashunoslik materiallari, testlar, rasmlar, ma’naviy-ma’rifiy xarakterdagi matnlar krossvordlar, rebuslar, muhokamali topshiriqlar, grammatik o`yinlar, lingvo-sayohatlardan ustalik bilan foydalaniladi. Audio-vidio, kompyuter texnikasi har bir darsning o`zagini tashkil qiladi.
Jumladan, ona tili bo`yicha o`quv dasturlari dars o`tishi uslubi, ona tili o`qitishning maqsad-vazifalari yangilanib, o`zgaribgina qolmasdan barcha fanlarda o`quvchilar bilimini baholash jarayoni, tartibi va shakli ham o`zgaradi, yangilanadi hamda takomillashib bormoqda.
Oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida, jumladan, o`rta maktablarda o`quvchilar bilimini baholashda reyting tizimiga o`tildi. Bunga ko`ra o`quvchining dars mashg’ulotidagi har kungi faoliyati to`la ballar asosida baholanadi. Bu jarayonda test sinovi, test usulining o`ziga xos qonuniyat hamda mashaqqatlari mavjud.
Biz o`z magistrlik ishimizda davr o`zgarishlari mahsuli sifatida yuzaga kelgan nazorat ishlarining ona tili ta`limidagi o`rni, mohiyati va qo`llanishi jarayonini o`rganishga intildik.

Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling