Баен утказиш методикаси


Tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari


Download 472.5 Kb.
bet3/20
Sana14.02.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1198077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Risqiyeva Sabohat magistr

Tadqiqot ishining maqsadi va vazifalari. Ona tili ta`limida nazorat ishlaridan foydalanishning ilmiy hamda amaliy jihatlarini yoritish bitiruv-malakaviy ishning asosiy maqsadi hisoblanadi.
Tanlangan mavzu mohiyatidan kelib chiqib, tadqiqot ishi oldiga quyidagi masalalarni nazariy va amaliy jihatdan yoritishga harakat qildik:

  • ona tili o`qitishning ahamiyati va unga yangicha yondashuv;

  • ona tili ta`limining zamonaviy maqsad va vazifalari;

  • ona tili ta`limi jarayonida nazorat ishlarining o`rni;

  • nazorat ishlarini yozdirish va uni bosqichlari;

  • xatolarni oldini olish va ularni bartaraf qilish usullari;

  • ona tili ta`limida testdan foydalanishning afzalliklari va ahamiyati.

Tadqiqotning ilmiy-nazariy va metodik asosi. Mavzuni yoritishda ona tili ta`limiga va test texnologiyasiga doir A.Nurmonov, H.Ne’matov, Sh.J.Yusupova, S.Nazarov, Q.To`laboev, Q.Xolmatov, S.Turdaliev va boshqalarning tadqiqotlaridan, darsliklaridan hamda entsiklopedik, izohli lug’atlardan foydalandik.
Tadqiqotning metodlari va tadqiq usullari. Ishda tavsiflash, qiyoslash, tasniflash va tajriba-sinov metodlaridan hamda ilg’or tajribalardan foydalandik.
Tadqiqotning amaliy ahamiyati. Ish materiallaridan umumiy o`rta ta`lim maktablarida ona tili o`qitishda, nazorat ishlarini o`tkazishda amaliy manba sifatida foydalanish mumkin.
Magistrlik dissertatsiyasining tuzilishi. Ish hajman ___ bet bo`lib, so`zboshi, “Nazorat ishlari va ularning turlari”, “Bayon va insho o`tkazish metodikasi”, “Nazorat ishlarida yo`l qo`yilgan xatolarning oldini olish yo`llari” kabi uch asosiy bob, umumiy xulosalar va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
I-BOB. NAZORAT ISHLARI VA ULARNING TURLARI
I.1. NAZORAT ISHLARINING UMUMIY VA XUSUSIY TOMONLARI
Ta`lim jarayonida o`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish, bilim olishga qiziqishini oshirish, og’zaki va yozma nutqini o`stirish, ularni etuk shaxs sifatida shakllantirish o`qitish usullarida o`zgarishlar qilishni talab etadi.1
O`quv tarbiya jarayonida nazorat ishlari katta o`rin tutadi. Ulardan biri o`quvchilarga bayon yozdirishdir. Bayonning ta`lim-tarbiyaviy ahamiyati katta. U ona tili va adabiyotdan o`quvchining qanchalik bilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`layotganini, nutq madaniyati taraqqiyoti darajasini ko`rsatsa, ikkinchi tomondan, matn mazmuni orqali axloqiy-estetik kamolotga etaklaydi, mehnat va tabiatga muhabbat ruhini singdiradi, chinakam insoniy fazilatlarni shakllantiradi.
Bayon o`z xususiyatiga ko`ra diktant va inshodan farq qiladi. Bu uch tur yozma ishlardagi o`zaro umumiy o`xshashlik shundaki, ularni o`tkazishdan oldin o`qituvchi yozilishi lozim bo`lgan mavzuni, matnni aniqlaydi, o`qiydi, o`quvchilar esa o`qituvchi rahbarligida topshiriqni savodli yozish uchun harakat qiladilar.
Ularning bir-biridan farqi shundaki, diktant matni o`qituvchi tomonidan aytib turib yozdiriladi. Bayonda esa matn o`qib berilganidan so`ng, o`quvchilar o`zlashtirganlarini xotira asosida yozishga kirishadilar.
Diktant o`quvchilarning grammatikadan qanchalik ongli bilim olganligini namoyish etadi, savodxonligini oshiradi, yozuv malakasini puxta egallashga undaydi.
Bayon va insho yozishda esa o`quvchilar yozma nutq malakalarini namoyish etadilar, o`zlarining tafakkur kuchi va iutq boyliklariga suyanadilar. Bu bayon bilan inshoning o`xshash tomonlaridir. Ular o`rtasidagi farq shundaki, agar bayon ta`limiy xarakterda bo`lsa, matn o`qib berilgach, o`quvchilar uning mazmunini og’zaki gapirib beradilar. SHundan keyingina yozishga kirishadilar. Inshoda esa o`quvchilarga matn o`qib berilmaydi, balki faqat mavzu tavsiya etiladi. Mavzu bo`yicha reja tuziladi va o`quvchilar shu reja bo`yicha o`z fikrlarini mustaqil ravishda ifodalaydilar.
Ta`limiy bayonda oldin bayon yozish talablari va qoidalari aytiladi, shu haqda ularga zarur bilim beriladi, keyin bayon yozish mashqi izchil davom ettiriladi. Shu sohada o`quvchilarning qanchalik bilim, ko`nikma va malakalarga ega ekanliklarini tekshirish, sinash maqsadida vaqt-vaqti bilan sinov-tekshiruv (kontrol) bayoni o`tkaziladi.
Matn tanlashda o`quvchilarning yosh xususiyatlari va bilim saviyalari hisobga olindi, ayniqsa matnning tarbiyaviy jihatiga, davr talablariga qay darajada mosligiga e`tibor berildi.



Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling