Баен утказиш методикаси


I.2. YOZMA ISHLARNI YOZDIRISH VA UNING BOSQICHLARI


Download 472.5 Kb.
bet4/20
Sana14.02.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1198077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Risqiyeva Sabohat magistr

I.2. YOZMA ISHLARNI YOZDIRISH VA UNING BOSQICHLARI
Muhimi shundaki, Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan milliy dasturni ro`yobga chiqarish bosqichlari har jihatdan ilmiy asoslab berildi. Milliy dasturning o`quv-tarbiyaviy jarayonini ilg’or pedagogik texnologiyalar bilan ta`minlash, o`qitish sifatini o`zgartirish muhim vazifalardan biri»1 sifatida belgilandi.
Maktabda yozma ishlar uch bosqichda o`tkaziladi:
1. Yozma ishlar yozishga tayyorgarlik, matn mazmuni ustida ishlash.
2. Uni yozish jarayoni.
3. O`quvchi yozgan yozma ish xatolarini tahlil etish, tuzatish, baholash xato ustida ishlash.
Ishni yozishga tayyorgarlik davrida sinf xarakteridan, o`qituvchi tematik rejasidan kelib chiqib, mavzu belgilash, matn bilan chuqur tanishish, maqsad va vazifalarni aniqlash, rejasini tuzish, lug’at ustida ishlash yo`llarini rejalashtirish va amalga oshirish - birinchi bosqichni o`z ichiga oladi.
Bayon yozishning ikkinchi bosqichida o`quvchining matn mazmunini qanchalik tushunib olganini bir, ikki savol bilan aniqlab olgach bayonni tinch o`tirib yozish davom etadi, ish yozib bo`lingach, mustaqil o`qib chiqish uchun 3-5 minut vaqt beriladi, so`ngra yig’ib olinadi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, bayon yozishda lug’at ustida ishlashga etarli o`rin berilishi kerak. Masalai, 5- sinfda Abdulla Avloniyning. «Tulki bilan Qarg’a» ertagi bo`yicha bayon yozish uchun quyidagi tartibda lug’at ishi uyushtirilishi mumkin:
O`qituvchi ertakni o`qitib, undagi «laylak» (laylak), «domi tazvirin» («hiyla tuzog’i), «mone`» (to`siq), «kor» (ish),, «voqif» (xa-bardor), «chu» (kabi, singari), «pand» (aldamoq, firib bermoq), «edan» (etgan, qilgan), «hijron» (ayriliq) kabi so`zlarga izoh beradi. So`ngra matn mazmunini o`quvchilar hikoya qiladilar, suhbatda o`qituvchi yoziladigan bayonga yana qanday izoh berilishi zarurligi, nimalar tushunilmay qolganini so`raydi.
Bayonning mazmunli, tartibli, izchil yozilishida reja (plan) muhim o`rin tutadi. Shuning uchun I-IV sinflarda reja tuzish uzluksiz mashq qilinadi. V-IX sinflarda esa mustaqil ravishda reja tuzishga jiddiy e`tibor beriladi.
Bayon yozishning uchinchi bosqichi bayonni tahlil etish, tuzatish va baholashni o`z ichiga oladi.
Yozma nutqqa quyidagi talablar qo`yiladi:

  1. Har bir so`z, har bir jumla mazmuni va muallif maqsadini ochishga xizmat etishi, shuningdek, nutq ihcham, izchil va mantiqli ifodalanishi zarur.

  2. Yozma nutqdagi fikr qiziqarli, ifodali, uslub jihatdan sodda va ravon bayon etilishi kerak.

  3. Bildirilgan fikrlar asosida zarur xulosa chiqarishga aloxida e`tibor berish zarur.

Yozma nutqni o`stirish vositalariga quyidagilar kiradi:

  1. Lug’at ustida ishlash.

  2. Badiiy asardan turli ko`chirib yozuvlar:

a) badiiy asarlardan peyzaj va portret tasvirini ko`chirib yozish;
b) asar qatnashchilari nutqidan monolog tayyorlash maqsadida ko`chirish;
v) yodlash, deklamatsiya tayyorlash uchun she`lar (yoki undan parcha) ko`chirig;
g) dialoglarni o`zlashtirma gaplarga aylantirib yozish.

  1. Syujetli she`riy asarlar mazmunini hikoyaga aylantirib yozish.

  2. Savolllarga javob yozish.

  3. Matn mazmunini qisqartirib yozish.

  4. Matn mazmunini kengaytirib yozish.

Yozma nutqni o`stirishning psixologik va didaktik asoslari. O`qituvchi o`quvchining yozma nutqini o`stirishda tashabbuskor bo`lishi, umumiy pedagogik va didaktik talablarga asoslanishi kerak. Bunday didaktik printsiplarga quyidagilar kiradi:
O`qishning ilmiyligi, Sistemaliligi, Muntazamliligi, Nazariya bilan amaliyotning o`zaro aloqadorligi, Onglilik, Faollik, Ko`rgazmalilik, Aniqlik va tushunarlilik va boshqalar.
Bu printsiplar bir-biri bilan o`zaro aloqada bo`lib, biri ikkinchisini to`ldiradi.
Ular, birinchidan, o`qituvchining o`quv materiallarini o`quvchilarga ko`rgazmali, qiziqarli, tushunarli qilib bayon etishni ta`minlasa, ikkinchidan, o`quvchining materialni puxta va muvaffaqiyatli o`zlashtirishni ta`minlaydi.



Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling