Баен утказиш методикаси


Download 472.5 Kb.
bet14/20
Sana14.02.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1198077
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20
Bog'liq
Risqiyeva Sabohat magistr

Ishonch qog’ozi- biror tanish shaxsga ishonch bildirib, yozib berilagn hujjat. Ishonch qog’ozi yozishda qqyidagilarga e`tibor berish talab qilinadi: Hujjatning nomi. Kimga va nimani olish uchun ishonch bildiriladi, uning ismi va familiyasi, vazifasi, ishlayotgan tashkilotning nomi, manzili. Narsa, hujjatning aniq nomi, soni,pul summasi, ishonch qog’ozi yozilgan vaqt hamda imzo.
Tilxat- biror shaxs yoki tashkilotdan qimmatli buyum yoki pulni haqiqatdan olganligi haqida shu narsalarni olgan shaxs tomonidan tilxat yozib beriladi. Tilxat yozishda quyidagilarga e`tibor beriladi: Hujjatning nomi. Tilxat bergan kishining to`liq ismi, familiyasi, vazifasi yoki turar joyi. Pul (yoki biyum) bergan tashkilot yoki shaxsning ismi familiyasi, vazifasi. Olingan narsaning nomi, miqdori, bahosi (ular oldin raqam bilan, keyin qavs ichida so`zlar bilan yoziladi). Narsa olingan vaqt va shaxsning imzosi.
Telegramma- tezlik bilan etkazilishi lozim bqlgan rasmiy hujjatjir.Unda bildirilgan fikr bir, ikki gap bilan g’oyatda ixcham va mazmunga putur etkazilmagan holda tinish belgilar ham qo`yilmasdan yoziladi. Telegramma 18 asrda ishlatilgan bo`lsa, hozir undan-da tezroq etkaza oladigan aloqa vositalari mavjud. Bular fakslar, elektron pochtalar, peyjerlardir.Peyjer eng ixcham aloqa vositasidir, unda eng qisqa ma`lumotlar ketadi (masalan, telefon qilib qo`y, esdan chiqmasin… bozorga… dorixonaga va h.z.) Fakslarda faqatgina yozma ma`lumot emas,balki rasmlarni ham jo`natish mumkin. elektron pochtalar eng tez aloqa o`rnatuvchidir. Erning sun`iy yo`ldoshlari orqali bog’lanadigan bu aloqa turida masofoning ahamiyati yo`q.
Ma`lumotnoma – tashkilotlardagi javobgar shaxslar tomonidan biror kishiga uning turar joyi, vazifasini bildiruvchi, tasdiqlovchi hujjatdir. Ma`lumotnomada qaysi tashkilotga ko`rsatish uchun berilayotgani aniq yozilishi shart. Bu ma`lumotnoma berilgan va qabul qilingan tashkilotlarning kirish-chiqish Hujjatlarni qayd qilish daftarlariga yozilmog’i kerak.
Bayonnoma- turli yig’ilishlarda muhokama etilgan konkret masalalar yuzasidan so`zlangan nutqning asosiy mazmuni ma`lum qoida asosida qisqa bayon qilishdan iborat rasmiy hujjatga aytiladi. Bayonnoma yozishda quyidagi narsalarga e`tibor beriladi: Bayonnomaning tartib nomeri. Yig’ilish va uni o`tkazgan tashkilotning nomi, o`tkazilish vaqti. Yig’ilishga ishtirok etuvchilarning soni. Yig’ilish raisi va kotibining ismi familiyasi. Kun tartibidagi masalalar. So`ngra kun tartibidagi har bir masala yuzasidan alohida-alohida eshitildi, qaror qilandi deb yoziladi.

Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling