Баен утказиш методикаси


Download 472.5 Kb.
bet6/20
Sana14.02.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1198077
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Risqiyeva Sabohat magistr

g) saylanma bayon
Saylanma bayonda matnning hammasi to`liq yozilmaydi, balki o`quvchilar bir necha qismli matnning xohlagan bir qismi yuzasi bayon yozadilar. Bunda o`quvchilarga erkinlik beriladi, ular yozuvlariga yoqqan, qiziqtirgan biror qismni saylab oladilar. Bu bayon turining ahamiyati shundaki, o`quvchilar keng hajmli mazkur asar haqida yaxlit tasavvurga ega bo`ladilar, undagi qismlar orasidagi bog’lanishni tushunib etadilar va saylab olingan qism mazmuniga ongli, ijodiy munosabatda bo`ladilar, tafakkur va nutqlari tezroq rivojlanadi, mustaqillik, saylab olish, tanlash ixtiyori ularni quvontiradi. Uni tashkil etishda o`qituvchi matnni bir marta ifodali o`qib beradi, reja tuzmasdan ham yozishga kirishish mumkin.
d) ixcham bayon
Qisqartirib, ixcham bayon yozish. Qisqartirib, ixcham bayon yozishning ahamiyati shundaki, biror ertak va hikoyaning mazmunini umumlashtirib, asosiy g’oyani lo`nda ifodalash uchun o`quvchini faol va mustaqil fikrlashga undaydi, keng hajmli matn yuzasidan koispekt tuzish malakasini shakllantiradi.
Qisqartirib yozish malakasini hosil qilish uchun matn yuzasidan savol shaklida reja tuza bilish muhim o`rin tutadi. Keyin ular savolga qisqa javob yozadilar. Qisqartirib, ixcham bayon yozishning asosiy talabi shuki, matnning asosiy mazmuniga zarar etkazmagan holda, ikkinchi darajali voqea-hodisalarni qisqartirib, g’oyat muhim ahamiyatga ega bo`lgan o`rinlar qoldiriladi. Qiqartirilgan bayonning murakkablik tomoni shundaki, o`quvchi muallifniig asosiy fikrini saqlagan holda nihoyatda qisqa, ixcham yozishni o`rganadi. Shunga qaramay, mazkur bayon ustida uzluksiz ishlash zarur.
Ixcham hajmli matn yuzasidan o`tkaziladigan yozish ishning turiga ixcham-bayon deyiladi. Bunday bayon V-IX sinflarning har birida darsning 8-20 minutida qiziqarli kichik mashg’ulot o`tkaziladi va bu mashg’ulot o`quvchini qiynamaydi», mazmunni tez o`zlashtiradi. Bu o`ziga xos yozma-aqliy mashq bo`lib, uning rejasi tuzilmaydi. Masalan, VIII sinfda qish fasli, aniqrog’i, yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko`rilayoggan paytda biror darsda 10 minut ajratib, ixcham-bayon matni o`qib beriladi:
«Archa kirgan xonadonda bolalar ham, kattalar ham xursand. Archadan shifobaxsh, xushbo`y is chiqadi. U yashilligi bilan ko`zni quvontirsa, xushbo`y isi uy havosini tozalaydi. Uy ichiga o`rnatilgan archadan barometr sifatida foydalansa ham bo`ladi. Agar xavo aynib, yog’in-sochin yaqinlashsa, archa shoxchalari bir-biriga yaqinlashadi. Agar shoxchalar yana bir-biridan uzoqlashib, joyiga qaytsa, havo ochilishidan darak beradi».
Mana bu kichik hajmli bayon matn mazmuni, ahamiyati o`quvchilar diqqatini tezda o`ziga jalb etadi. Demak, uy havosini yangilab turadi, yog’in-sochin yaqinlashishi yoki havo ochilishini unga qarab oldindan bilish mumkin ekan. Bolalar uni qiziqish, mehr bilan kuzatadilar, unga e`tibor kuchayadi, fikr tez ilg’ab olinadi va uni qog’ozga yozish osonroq bo`lgani uchun, ular bu ishga bajonu dil kirishadilar. O`qituvchi bu bayon turini bir kundayoq tekshirib, baholaydi. Ko`pchilik, shubhasiz, ijobiy baho oladi va o`quvchilarda kattaroq hajmdagi bayonlarni yozish malakasi ortib boradi.
Ixcham-bayon matnining bir marta o`qib berilishining o`zi ham o`quvchilarning eshitish qobiliyatini oshirishga, e`tiborli bo`lishga, xotirasini o`stirishga katta yordam beradi.
e) ijodiy bayon
Ijodiy bayon. Bunday bayonda o`quvchidan matn mazmuniga o`z munosabatini bildirish talab qilinadi. U bir necha shaklda o`tkazilishi mumkin. Masalan, berilgan kichik hajmli matn mazmunini kengaytirib yozish, voqeaband she`rlar mazmunini hikoyalab yozish, dialoglarni umumlashtirib yozish, shaxsini o`zgartirib yozish kabilar. Shu maqsadda bayonlar to`plamiga H.Olimjonning «Bunyodning dev bilan jangi», «Oygul bilan Baxtiyor» kabi she`riy asarlaridan parchalar berildi.



Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling