Баен утказиш методикаси


-bob. Nazorat ishlarida yo`l qo`yilgan xatolarning oldini olish yo`llari


Download 472.5 Kb.
bet12/20
Sana14.02.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1198077
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Bog'liq
Risqiyeva Sabohat magistr

3-bob. Nazorat ishlarida yo`l qo`yilgan xatolarning oldini olish yo`llari:
3.1. Xatolarning oldini olish va ularni bartaraf qilish usullari
Xatolarning oldini olish savodxonlikni har tomonlama takomillashtirishning asosiy garovidir. O`quvchilar yo`l qo`yishi mumkin bo`lgan xatolarning oldini olish uchun o`qituvchi quyidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishi lozim:
- lug’at ishini keng yo`lga qo`yish. Ona tilining har bir soatida imlosi qiyin so`zlarning yozilishini ko`rsatib borish;
- har bir soatda o`quvchilarning mustaqil ishlarida uchragan tipik xatolar hisobini olib borish va keyingi soatlarda mustaqil ishning shu xatolarni bartaraf etishga qaratilgan turlaridan foydalanish;
- o`quvchilarning o`zaro diktant o`tkazishlarini keng yo`lga qo`yish;
- o`quvchilarda yozishga qiziqish uyg’otish, orfografiyadan konkurslar uyushtirish;
- «Maktabda yagona orfografik rejim» nizomini ishlab chiqish va unga kollektiv ravishda amal qilish.
Xatolar oldini olishning eng muhim choralaridan biri o`quvchilarning har kuni bajaradigan mustaqil ishlarida yo`l qo`ygan xatolari ustida ish olib borishni ta`minlashdir. O`quvchi mustaqil ishdagi xatoni o`qituvchi signali asosida (xato haqida signal berish) o`zi «Imlo lug’ati» bilan taqqoslash orqali aniqlaydi va shu so`zning turli variantini shaxsiy imlo lug’atiga ko`chirib oladi. Ba`zi o`qituvchilar vaqtni tejash maqsadida xatoni aniqlashni ko`proq darsdan keyin uyushtiradilar. Bunda o`quvchilar muntazam ravishda uyda yoki kuni uzaytirilgan guruhda bu ishni amalga oshirishga odatlanadilar. Aslida esa dars jarayonida topshiriq qanday bajarilganligi va o`quvchining shu so`z imlosini qanday o`zlashtirganligi tekshirib borilishi lozim.
O`quvchilar nutqidagi dialektal xatolarni bartaraf qilish maqsadida yuqorida ko`rsatilgan ish usulidan tashqari yana sinfdoshining nutqidagi dialekt ta`sirida aytilgan so`zlarni aniqlab, uning adabiy tildagi variantini aytishni talab qilish kabi mustaqil ish turlaridan foydalanish mumkin.
Dialektal xatolarni bartaraf qilish faqat xato­lar ustida ishlash darsida amalga oshirilmasdan, bal­ki har bir darsda alohida ishlashni talab qiladigan masaladir. Savol-javob, o`qish, ijodiy mashq hamda mustaqil ishlardagi xatolarni tushuntirish jarayonida dialektal xatolar izohlanadi va tuzatib boriladi.
O`qituvchi tomonidan tanlangan mustaqil ishlar shunday tuzilgan bo`lishi lozimki, unda hamma vaqt mahalliy shevalarga xos bo`lgan xatolarni bartaraf etish ko`zda tutilgan bo`lsin.
Quyida diktant tahlilini o`tkazish tartibi va xatolar ustida ishlash haqida fikr yuritamiz.
Diktant tahlilini o`tkazishning o`ziga xos xususiyatlaridan biri shundaki, bunda asosiy e`tibor orfogra­fik va punktuatsion xatolarga qaratiladi.
O`quvchilarning yozma ishlarida uchraydigan orfografik xatolarni to`rt guruhga ajratish mumkin:
Ma`lum bir orfografik qoidani bilmaslikdan kelib chiqadigan xatolar. Masalan, kolxozning bog’i o`rniga kolxozni bog’i, erga sepdi o`rniga erda sepdi kabi. Bunday tipdagi xatolarni bartaraf etish uchun o`sha xatoga aloqador qoidani tushuntirish, uni darslikdan mustaqil tartibda o`qitish hamda shu qoidaga doir mashqlar ishlatish, tarqatma didaktik materiallardan foydalanish tavsiya qilinadi.
Mexanik tartibda yo`l qo`yilgan xatolar. Masalan, daftar so`zini datar, o`quvchi so`zini ukuvchi tarzida yozish. Bu tipdagi xatolar, asosan, yozma ish paytida e`tiborsizlikdan kelib chiqadi. Ko`rsatilgan xatolar ustida ishlashda maktab o`quvchilari uchun chiqarilgan «Imlo lug’ati» kitobi bilan har bir o`quvchining individual ishlashini tashkil etish talabga muvofiqdir. O`quvchi xato yozilgan so`zning to`g’ri shaklini o`qituvchi rahbarligida «Imlo lug’ati»dan o`zi topadi.
Hech qanday orfografik qoida bilan asoslab bo`lmaydigan, yozilishini faqat esda caqlash lozim bo`lgan so`zlarda xato qilish. Masalan, tayyor so`zini tayor yozish, sayyod suzini sayod yozish va hokazo. Tahlil jarayo­nida bunday so`zlarning imlosini o`rgatish uchun shu so`zni bir necha marta og’zaki takrorlatish, yodda saqlashni eslatish, shu so`zni doskada yozdirish, «Imlo lug’ati»dan toptirish metodlaridan foydalanish mumkin.
Sheva ta`sirida sodir bo`ladigan xatolar. Masa­lan, kelyapti o`rniga kelopti; deraza o`rniga tereza kabi. Bunday tipdagi xatolarni bartaraf etishning eng qulay yo`li taqqoslash, chog’ishtirish metodlaridan foydalanishdir. O`quvchidan tahlil darsida o`zi yozgani bilan o`sha so`zning adabiy tildagi variantini taqqoslash, chog’ishtirish, farqini aniqlash talab etiladi. Buning uchun so`zning shevadagi ko`rinishlari bilan adabiy til­dagi variantini chog’ishtiradigan ko`rgazmalardan ham foydalanish mumkin.
Ba`zi o`qituvchilar yozma ishlardagi tipik xatolarni belgilashda qiynaladilar.
Biz so`z turkumlaridan «Ot»ni o`tib bo`lgandan keyin «Poytaxt vokzallari» matni yuzasidan olingan diktantda yo`l qo`yilgan xatolarni tahlil qilar ekanmiz, quyidagi holni ko`rdik: diktantda 30 o`quvchidan 19 kishi «Poytaxt vokzallari» birikmasidagi Poytaxt so`zini xato yozgan. Xuddi shuningdek, etti o`quvchi vokzal so`zini vakzal, 5 o`kuvchi xuddi so`zini xu­di, 4 o`quvchi mehmonxona so`zini mexmon xona, 10 o`quvchi qad ko`tarib o`rniga qat ko`tarib, 6 o`quvchi qavatli so`zi­ni qabatli tarzida yozgan. Bundan tashqari bo`g’in ko`chirishda uyushiq bo`laklar orasida vergulning ishlatilishiga oid xatolarga ham yo`l qo`yilgan.
Xo`sh, bu xatolarning qaysi birlarini tipik xato hisoblash kerak? Ko`rsatilgan xatolardan «Poytaxt may­doni» va «Toshkent vokzali» birikmalaridagi Poytaxt va Toshkent so`zlarining kichik harf bilan yozilishi tipik xato hisoblanadi. Chunki o`quvchilarning ko`pchiligi atoqli otlarning bosh harf bilan yozilishini etarli darajada o`zlashtirmagan. Shuning uchun o`qituvchi darsning 10-12 minutini tipik xato ustida ishlashga ajratadi. O`quvchilar diqqatini darslikdagi «Turdosh va atoqli otlar hamda ularning imlosi» temasiga jalb qilib, asosiy e`tibor ular kuchi bilan qoidani esga keltirish, yo`l qo`yilgan xato so`zning turli variantiga o`xshash misollar toptirish, qoidaning shu so`zga aloqador joyini kitobdan topib o`qittirish kabi mustaqil ish turlariga qaratiladi.
Darsning qolgan qismida esa, asosan xatolar usti­da individual mustaqil ish olib boriladi. Individu­al mustaqil ish jarayonida har bir o`quvchi o`z xatosi ustida ishlaydi. Xuddi so`zini xato yozgan o`quvchiga shunga o`xshash yonma-yon kelgan qo`sh undoshli so`zlar topib, daftarga yozish, shu so`zlardan biri yoki ikkitasi yordamida gan tuzish topshiriladi. Qad ko`tarib birikmasi­dagi qad so`zini qat yozgan o`quvchilarga jarangli d undoshi o`rniga uning jarangsiz jufti t talaffuz qilinishini aytib, t kabi talaffuz qilinib, d yoziladigan so`zlar toptiriladi va «Ayrim undosh tovushlarning yozuvda ifodalanishi» temasini mustaqil tartibda kitobdan o`qish topshiriladi.
Bir xil xatoga yo`l qo`ygan o`quvchilar bilan ham ishni aynan bir usulda tashkil etib bo`lmaydi. Agar bir o`quvchiga xato yozilgan so`zning turli variantini bilib olish uchun faqat qoidani eslash va 1-2 misol keltirish kifoya bo`lsa, boshqa o`quvchi uchun shu xatoni barta­raf etish maqsadida ma`lum bir mashqni bajarish hamda ijodiy xarakterdagi misollar topishni uyushtirish lozim bo`ladi.
Ayrim o`qituvchilar xatolar ustida individual mustaqil ish tashkil qilish uchun sharti yozilgan alohida kartochkalardan foydalanadilar. O`qituvchi kartochkalarni tuzishda o`quvchilarning bilim saviyasini va ishlash sur`atini ham hisobga oladi. Ma`lumki, tez yozish va mustaqil ishlashga o`rgangan o`quvchilar topshiriqni qisqa muddatda va bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchiga nisbatan ancha sifatli bajaradilar.
Topshiriqni sekin bajaradigan va etarli darajada mustaqil ishlash ko`nikmasiga ega bo`lmagan o`quvchilar (bo`sh o`zlashtiruvchilar) kartochkada ko`rsatilgan vazifalarni bajarish uchun birmuncha ko`proq vaqt sarf qiladilar va uni bajarishda qiynaladilar. Har bir kartochkaning differentsialligi o`quvchilarning o`z xatosini bilib olishga bo`lgan qiziqishini kuchaytiradi hamda belgilangan vaqtda o`quvchilarning ulgurishlariga imkoniyat yaratadi.
Kartochkalardan namuna keltiramiz.
Darsligingizning 84-betida berilgan «Ayirish va yumshatish belgilarining ishlatilishi» mavzusiga taalluqli qoidani kitobingizdan o`qing va «Imlo lug’ati»dan ayirish belgisi bilan kelgan 6 ta so`z topib, daftaringizga yozing.
Kartochkalar tipik xatolar ustida ish tugagandan keyin o`quvchilarning yozma ish daftarlari ichiga qo`yib tarqatiladi. Xatolar ustidagi ish esa o`quvchilarning sinf daftarlarida bajarilgani ma`qul. Chunki yozma ish daftarlari yig’ib olingan taqdirda ham o`quvchi xa­tolar ustida ishlashni davom ettirishi, har bir soatlik darsda o`quvchi bilimi sinalayotganda o`qituvchi o`quvchi yo`l qo`ygan xato so`zning to`g’ri variantini yozib ko`rsatishini talab qilishi mumkin.



Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling