Баен утказиш методикаси


Download 472.5 Kb.
bet15/20
Sana14.02.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1198077
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Risqiyeva Sabohat magistr

Hisobot - ishxonada yillik, choraklik hisobotlar tayyorlanadi, qilingan ishlar qisqacha bayon qilinadi. Hisobotlardan yozma nutqni o`stirish maqsadida ham foydalanish mumkin. Masalan, sayohatga borganda hikoya tarzida hisobot yozish mumkin.
Xat kishi fikri, his-tuyg’ulari, maqsad va intilishlari aks ettiruvchi vosita bo`lib,u azaldan mavjuddir. Masalan, qadimdan «noma» janri mavjud bo`lib, bu janrda juda ko`p asarlar yaratilgan. («Muhabbatnoma», «Bobirnoma» va h.z.) Xatlarni quyidagi turlarga bo`lish mumkin: 1. SHaxsiy xatlar. 2. Ishga aloqador bo`lgan rasmiy xatlar. 3. Publitsistik,ya`ni matbuotga taalluqli bo`lgan xatlar.
Istiqlolga erishgan O`zbekistonimizning yangi taraqqiyot sari intiluvi samarasi o`laroq ta`lim-tarbiya tizimiga 1995-yillardan boshlab jadal va tezkor suratlar bilan test, test usuli kirib keldi. Aniqrog’i, “Ta`lim to`g’risida” gi Qonunga muvofiq, o`qitishning ilg’or shakllari va yangi pedogogik texnologiyalarni, ta`limning texnik va axborot vositalarini o`quv jarayoniga joriy etish kuchaydi.1 Natijada, ta`lim tizimida o`ziga xos test texnologiyasi shakllandi, oliy o`quv yurtlariga qabul imtihonlari, o`rta maktablardagi bitiruv, sinfdan-sinfga ko`chirish imtihonlari test usulida o`tkazila boshlandi, ta`lim tizimiga pedagogik testlar kirib keldi. Umumiy o`rta ta’lmining davlat ta`lim standarti va o`quv dasturlariga ko`ra “Testlar ustida ishlash”, “Nazorat testi o`tkazish” kabi maxsus o`quv soatlari rejalashtirildi.
Testning har ikki turi bir maqsadga qaratilganligi bilan umumiylik kasb etsada, mazmun-mohiyatiga ko`ra farqlanadi. Pedagogik testlar barcha fanlarni o`qitish, o`rgatish va fanlar bo`yicha bilimlar darajasini aniqlash uchun qo`llanadi. Hozirda qabul va bitiruv imtihonlarida qo`llanilayotgan testlar pedagogik nazorat testlari sirasiga kiradi. Pedagogik testlar o`tkazish nuqtai nazaridan ham turlarga bo`linadi:

  1. Og’zaki testlar.

  2. Yozma testlar.

Og’zaki va yozma testlar ham o`qush-o`qitish jarayonida teng qo`llanadi. Og’zaki testlar o`qituvchi va o`qituvchi tomonidan tanlangan o`quvchi orqali savol-javoblarni o`qib eshittirish, to`g’ri javoblarni og’zaki so`rash tarzida o`tkaziladi, bu usul ma’lum ma’noda avvalgi darsni og’zaki so`rash shakliga o`xshab ketadi.
Yozma testlar esa bugungi ta`lim jarayonida eng keng va ko`p qo`llanadigan test shakli bo`lib, ta`lim jarayonining barcha shakllarida foydalaniladi. Yozma testlar odatda o`qituvchi tomonidan ko`p variantli tarzda turli miqdorda, saviyada tayyorlanadi hamda ma’lum belgilangan vaqt davomida o`qituvchi nazorati asosida oldindan tayyorlangan javoblarni qayd etish shaklida o`tkaziladi. Shuningdek, yozma testlar “Yamaha” (YAMAHA), “IBM” (IBM) kabi elektron hisoblash mashinalari yordamida “test-nazorat”, “test-axborot” shakllarida ham o`tkazish mumkin.1
Hozirda pedagogik testlarni tahlil qilish o`quvchilar bilimi saviyasini, o`quv dasturi materiallarnini o`zlashtirganlik darajasini, ularga xos tipik xato, nuqsonlarni aniqlash hamda navbatdagi darslarni o`tkazish rejasini belgilashning eng qulay va o`ziga xos pedagogik shakliga aylandi. Qisqasi, test natijalari ta`lim jarayonidagi ahvol haqida ishonchli ilmiy xulosalar chiqarishga katta imkoniyatlar yaratadi. O`quvchilar o`zlarini o`z ichki imkoniyatlarini testlar yordamida yaxShiroq baholaydilar. testlar o`quvchi bilimini baholashning adolatli mezonidir.
Test – o`quvchilar bilimini aniqlashda nazorat qiluvchilar uchun ajoyib qurol vositasidir. Bu qurolni to`g’ri ishlashtish o`qitishda "yaxshi" yoki "yomon" natija berishi mumkin.

Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling