Баен утказиш методикаси


Download 472.5 Kb.
bet18/20
Sana14.02.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1198077
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Risqiyeva Sabohat magistr

Umumiy xulosalar
O`quv fanlarining asosi hisoblangan ona tilini o`rganish juda katta ta`limiy va tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shaxsning tarbiyalanganlik va madaniyatlilik darajasi ham o`z ona tilini qay darajada bilishi bilan belgilanadi. Shu sababli mustaqil respublikamiz tobora rivojlanib borgan sari ona tilini, ya’ni davlat tilini o`qitishning maqsad-vazifalari ham takomillashib borishi zarur hisoblanadi va shunday bo`lmoqda ham.
O`quv tarbiya jarayonida nazorat ishlari katta o`rin tutadi. Ulardan biri o`quvchilarga bayon yozdirishdir. Bayonning ta`lim-tarbiyaviy ahamiyati katta. U ona tili va adabiyotdan o`quvchining qanchalik bilim, malaka va ko`nikmalarga ega bo`layotganini, nutq madaniyati taraqqiyoti darajasini ko`rsatsa, ikkinchi tomondan, matn mazmuni orqali axloqiy-estetik kamolotga etaklaydi, mehnat va tabiatga muhabbat ruhini singdiradi, chinakam insoniy fazilatlarni shakllantiradi.
Bayon o`rta maktab ta`lim-tarbiya tizimida nutq o`stirish vositasi sifatida goyat muhim o`rin tutadi. U yozma ishning asosiy turlaridan biri bo`lib, asar yoki undan olingan parcha mazmunini o`quvchi tomonidan «o`z so`zi» - o`ziga xos uslubi asosida izchil, savodli qayta bayon etishni taqozo etadi.
Ta`lim sifati monitoringini olib borishda nazorat ishlarining o`rni muammosini o`rganish davomida biz ayrim o`qituvchilarning topshiriqni yozma ish daftarining o`zida ko`rsatganini kuzatdik. Bu metod, bizningcha, ancha afzallikka ega. Birinchidan, bunday metod o`qituvchi ishini ancha engillashtirsa, ikkinchidan, har bir yozma ishda o`quvchi savodxonligida bo`layotgan o`zgarish ko`rinib turadi.
Bitiruv-malakaviy ishini yozish davomida quyidagi xulosalarga keldik:

  1. O`qituvchi yozma ishni tekshirar ekan, undan oldingi yozma ishda o`quvchiga qanday topshiriq berilganligini hisobga olib borishi zarur.

  2. O`qituvchi yozma ish darsiga puxta tayyorlanishi shart.

  3. O`quvchilarning yozma ish daftarlarini sifatli tekshirish, undagi xatoni tuzatib ko`rsatmasdan, xato haqida signal berish metodidan foydalanish (xato so`z­ning ostiga chizish, so`zda xato sodir bo`lgan bo`g’in yoki harf ostiga chizish, daftar hoshiyasida o`sha qatordagi xato sonini ko`rsatish).

  4. Takrorlanishi zarur bo`lgan orfografiya va tinish belgilari qoidalarini belgilash va unga mos keladigan mashqlar (misollar) tanlash. Tarqatma didaktik materiallarni puxta o`ylab, uni har bir o`quvchining bilim saviyasi, mustaqil ishlash ko`nikmasini hisobga olgan holda tuzish.

  5. O`quvchi yo`l qo`ygan xatolarni turli tasnif qilish.

  6. Tipik va individual xatolar ustida ishlash sistemasini puxta o`ylash.

  7. Uyga topshiriladigan vazifani puxta o`ylab, uy topshirig’ining o`quvchi yo`l qo`ygan xatolarni bartaraf etishga yordam berishini ta`minlash.

Ilg’or o`qituvchilarning tajribalariga asoslanib, biz xatolar ustida ishlash darslarida quyidagilarga amal qilishni maslahat beramiz:
- ham tipik, ham individual xatolar ustida o`quvchilarning mustaqil ishlashini, yo`l qo`ygan xatolariga ongli munosabatda bo`lishini, xatolarning sabablarini o`ylab ko`rishini tashkil etish;
- har bir o`quvchining «Imlo lug’ati» bilan mustaqil tartibda ishlashini uyushtirish;
- o`quvchining o`z xatosi bilan o`ralashib qolishiga yo`l qo`ymaslik, shu xatoga aloqador bo`lgan qoidalarni eslash, ijodiy tartibda misollar topish, har bir o`quvchiga xatoning oldini olish bo`yicha maslahatlar berish;
- xatolar ustida ishlash jarayonida o`quvchining o`z-o`zini nazorat qilishini tashkil etish;
- bo`sh o`zlashtiruvchi o`quvchilar bilan individual ish olib borish, ularga o`z xatolarini bilib olishga yordamlashish;
- xatolar ustida ishlash jarayonida darslik materiallaridan, turli kartochkalar, ko`rsatmali qurollar va texnika vositalaridan unumli foydalanish.
O`qituvchi har bir soatlik darsda xatolarning oldini olish va bartaraf etishga mo`ljallangan mustaqil ish turlaridan unumli foydalanishi shart. Xatolarning oldini olish va uni bartaraf etish uchun o`quvchilar bilan sistemali ravishda ish olib bo­rish lozim.



Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling