Баен утказиш методикаси


Nazorat ishlarini o`tkazishga doir ish qog’ozlarining va testlarning o`ziga xosligi


Download 472.5 Kb.
bet13/20
Sana14.02.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1198077
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20
Bog'liq
Risqiyeva Sabohat magistr

3.2. Nazorat ishlarini o`tkazishga doir ish qog’ozlarining va testlarning o`ziga xosligi
Til mavjud ekan, u bir-biridan farqlanuvchi nutq ko`rinishlariga ham ega. Nutq uslublari til taraqqiyotining muayyan davrlarida paydo bo`lib,til taraqqiy etishi bilan o`sib boradi. O`zbek tilining rasmiy yozishma va hujjatlar uslubi juda qadimiy tarixga ega. Qadimgi davlatlar va xonliklarning qonunlari, amr va farmonlari, yorliqlari, har xil arznomalar, rasmiy xatlar, nomalar va boshqa turli xil hujjatlar o`z davri yozma nutqining dastlabki namunalaridandir. Yozma nutqning xizmatga doir bu turini – davlat qonunlari, aktlar, xalqaro hujjatlar va boshqa turli xil rasmiy yozishmalar uslubi deb yuritiladi.
Ijtimoiy hayotda ish qog’ozlarining o`rni va ahamiyati juda katta. Har bir mutaxassis qaysi kasb egasi bo`lishidan qat`i nazar ishlab chiqarishda mustaqil faoliyat boshlar ekan, albatta ish qog’ozlariga duch keladi, ularni to`lg’azish borasida zarur bilim, malaka kerakligini sezadi. Buni jamiyat taraqqiyoti talab qiladi. Ish qog’ozlarini to`lg’aza bilish, amalda qo`llash, uni ro`yobga chiqarish vositalaridan biri demakdir.
Rasmiy ish qog’ozlarida dialektal va emotsional so`zlar ishlatilmaydi, balki ko`proq rasmiy so`zlar ishlatiladi.
Ariza - biror tashkilotga iltimos, shikoyat yoki taklif bildirib yoziladi. Arizada quyidagilar ko`rsatiladi: Ariza taqdim etiladigan tashkilotningnoit va boshliqning ismi sharifi. Ariza beruvchining ismi sharifi, vazifasi va manzilgohi. Hujjatning nomi. Asosiy maqsadi: iltimos, taklif yoki shikoyat. Arizaga (agar zarur bqlsa) ilova qilinadigan hujjatlar nomi. Ariza berilgan vaqt (kun,oy,yil chap tomonda) yoziladi. Imzo (o`ng tomonda, familiyadan oldin) qo`yiladi.
E`lon – biror bildirish, xabar maqsadida yoziladi, u biror voqeani kqpchilikka ma`lum qilish uchun e`lon qilinadigan rasmiy hujjatdir. e`lon yozishda quyidagilarga e`tibor beriladi: e`lon qaysi jamoaga, kimlarga qaratilgan. Ko`riladigan tadbirlar. Tadbirning o`tkazilish joyi va muddati. Ishtirok etuvchilar. Mazkur tadbirni e`lon qilgan ma`muriyatning imzosi.
Tarjimai hol – biror shaxsning bosib o`tgan hayot faoliyatini o`zi xronologik tartibda yozma ravishda ifodalab berishdan iborat. Uning yozma nutqni o`stirishdagi ahamiyati shundaki, tarjimai hol kishilarni ijodiy fikrlashga, mustaqil yozuv bilan shug’ullanishga undaydi, savodxonligini o`stirishga, yozma nutqni rivojlantirishga yordam beradi, g’oyat aniq, konkret faktlar asosida bog’lanishli jumlalar qurishni talab qiladi. Tarjimai hol yozishda quyidagilarga e`tibor beriladi: Tarjimai hol yozuvchining ismi, familiyasi, tug’ilgan vaqti va joyi. Partiyaviyligi, o`qish yillari, ishlagan joylari to`g’risida ma`lumot. Ota-onalari va oila a`zolari haqida ma`lumot. Jamoat ishlarida ishtiroki va hayotdagi eng muhim vokealar. Kelajakdagi maqsad va intilishlari.

Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling