Баен утказиш методикаси


Testning afzalligi quyidagilardan iborat


Download 472.5 Kb.
bet16/20
Sana14.02.2023
Hajmi472.5 Kb.
#1198077
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Bog'liq
Risqiyeva Sabohat magistr

Testning afzalligi quyidagilardan iborat:

  1. O`quvchi va o`qituvchi vaqtini tejaydi.

  2. O`quvchining bilimini aniqlash sub’ektga bog’liq emas, u bo`lsa-o`qituvchiga o`zi xohlagan texnikada testdan o`tishi mumkin.

  3. O`quvchi o`zida ishonch, o`qituvchini hurmat qilish, fanni chuqur o`rganish istagini, fikrni hosil qiladi.

  4. O`quv dasturidagi minimum bilim daraja bilan maksimum talabga chiqish uchun hisob-kitob qiladi.

  5. Qo`yilgan bahoning noto`g’riligini o`quvchi isbotlaydi, kerak bo`lsa shikoyat qilish huquqini beradi.

  6. Test o`quvchining individual ishlash, qobiliyatini yaxshi tahlil qiladi.

  7. Test orqali bir paytning o`zida o`quvchining amaliy bilimlari sifatini tekshirish niyatiga ega bo`linadi.

  8. Test bilimlarni aniqlash usuli bo`lmay, o`rgatuvchiga o`rgatish usul hamdir. O`z xatosini bilib, darrov kamchiligini topib oladi va qayta bu xatoga yo`l qo`ymaslikka harakat qiladi.

  9. Turli testlar kiritish bilan o`quv jarayoni faollashadi.

  10. Kichik hajmdagi testlarni o`quv jarayoniga tadbiq etish orqali o`quv materiallarini o`rganuvchanlik darajasi diagnostika qilinadi. Keyinchalik barcha fanlarni kompyuterlashtirib o`qitish imkoniyatini yaratadi.

Testlashtirish quyidagi holatda ta`lim jarayoniga ta’sir qiladi:

  1. Test nihoyatda sodda tuzilib, "ha" yoki "yo`q" javobga asoslangan bo`lsa.

  2. Test faqat belgilangan narsani biladimi yoki yo`qmi degan savolga javob beradi xolos, faqat diagnostika qilishda qo`llaniladi.

  3. Testdagi javoblarni tanlash usuli orqali ham o`quvchi yuqori ball olishi mumkin. Test haqiqiy bilimni to`la aniqlashda ojizlik qiladi.

  4. Test o`quv jarayonida "quyi" va "o`rta" me’yorda o`qiydigan o`quvchilar uchun yaxshi, "yuqori" me’yorda o`qiydigan o`quvchilarning o`qishga qiziqishini susaytiradi. Chunki ularning mustaqil fikrlatuvchi, isbotlovchi, ijodiy ishlovchi topshiriqlar orqali baholash kerak.

  5. Testda qo`yilgan baho va imtihonda qo`yilgan baho singari xotirada uzoq saqlanmaydi.

  6. Test - loyihalashtirilgan "qalbsiz" bilimni aniqlaydigan signalizator. Bu orqali o`quvchi talanti, iste’dodi, qobiliyatini aniqlash qiyin.

Yurtimiz mustaqillikka erishgandan buyon respublikamizda xalqimiz, xususan yoshlar hayoti va turmushining hammma jabhalarida qonun ustuvorligini ta’minlash va ijtimoiy adolat tamoyillarini qaror toptirish yuzasidan katta ishlar olib borilmoqda. Prezidentning shaxsiy tashabbusi bilan oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlariga kirish uchun o`tkazilayotgan talabalar tanloviga ham test sinovlari joriy qilindi.1
Albatta, hamdo`stlik davlatlari orasida birinchi bo`lib bu usulning mamlaktimizda joriy etilganligi ulkan tarixiy odim bo`ldi. Bu hayotda o`zini to`la oqladi va endilikda o`z samarasini bermoqda. Aniqrog’i “test”, “test sinovlari” iboralarining O`zbekistonda yashovchi barcha fuqarolar qalbiga yo`l topayotganligi va singib borayotganligi jamiyatimizda sodir bo`layotgan ijobiy o`zgarishlar samarasidir.
Test usuli yoshlarning o`qishga bo`lgan munosabatini keskin o`zgartirdi, ijtimoiy adolatni ta’minlab berdi, ta`limni isloh qilish jarayonini jadallashtirib, olg’a boruvchi jaryonga aylantirdi.
Yildan-yilga takomillashib borayotgan test sinovlari kadrlar tayyorlash bo`yicha davlatimiz siyosatining istiqbolli, izchil va odilona ekanligiga respublikamiz fuqarolarining ishonchi ortishiga ham o`zining munosib hissasini qo`shmoqda. O`zbekiston Respublikasida kadrlar tayyorlash davlat siyosati darajasiga ko`tarilgan hozirgi kunda ta`lim muassasalariga talabalarni qabul qilish, pedagogik kadrlarni va o`quv muassasalarini attestatsiyadan o`tkazish jarayonlarini odilona amalga oshirishda test, test sinovlari asosiy vositaga aylandi.2
Test sinovlari texnologiyasi usullari orqali o`quv jarayoni samaradorligini oshirish haqida olinadigan tezkor va odilona ma’lumotlar ta`limni isloh qilishning muhim yo`nalishi hisoblanadi.
Test nazorati sohasida yagona davlat siyosatini ta’minlash muassasi hisoblangan Davlat test markazi O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan joriy o`quv dasturlari va ta`lim andozalari asosida umumta`lim maktablari bitiruvchilariga qo`yiladigan hozirgi zamon talablariga mos test topshiriqlari tarkibini ishlab chiqdi. Tarkibga qo`yiladigan asosiy talablar fan bo`limlarini eng muhim masalalari asosida dasturiy materialni to`la aks ettirishdan iborat edi.
Bugun Respublikamizda Davlat test markazi tashkil etilgani uning zahirasidagi testlar jahonda oldingi o`rinda tursa-da, test haqida fikrlashish, o`qitish, o`rganish zarur. Bu borada mashhur testologlar: AQSHlik A.Anastazi, Germaniyalik G.Bittslak, Rossiyalik S.R.Ibotulin, A.K.Meliboev, M.X.Dulati kitoblarini o`qib o`rganish lozim.
Respublikamizning yirik olimlari: pedagogika fanlari doktori, professorlar: J.G’.Yo`ldoshev, U.Nishonaliev, D.V.Manevich, M.Tojiev, I.Tursunov, B.L.Farbermanlar ta`limda testni qo`llash bo`yicha o`zlarining fikrlari va tadqiqotlari bilan mashhurdirlar.
Tarkibga muvofiq 15 o`quv fani bo`yicha 17000 dan ortiq savolni o`z ichiga olgan test topshiriqlari banki ishlab chiqildi hamda ular asosida Respublika oliy va o`rta maxsus bilim yurtlariga kirish uchun test sinovlari o`tkazilmoqda. Yangi bank test materiallarini ommalashtirishda Davlat test markazi tomonidan nashr etilgan “Axborotnoma” jurnali katta rol o`ynagan edi.
Olingan natijalar test savollari tarkibi va mazmunini qisman tahrir qilish va takomillashtirishga, ularning murakkablik darajasi bo`yicha ajratishga imkon berdi.
Maxfiylikni va adolatlilikni ta’minlash uchun birinchi marta ko`p variantlilik asosida test sinovlarining tom ma’nodagi yangi texnologiyasi ishlab chiqildi va tadbiq etildi. Test topshiriqlari banki bazasida ko`p variantli tizim barcha predmetlar bo`yicha variantlarni avtomatik ravishda tanlaydi. Bunday test tizimi ta`lim sinovlari andozalariga mos to`la bilim hajmini aks ettiruvchi tizim bankning ko`p mingli test topshiriqlaridan to`la foydalanish imkonini beradi.
Testlarning dastlabki yillarda “Axborotnoma”, “Vestnik”, “Xabarnoma” jurnallarida chop etilishi, keyingi yillarda testlarda foydalanilgan savollarni alohida kitob holida chop etilishi respublikada abiturientlarni test imtihonlariga aniq maqsadga yo`naltirilgan holda tayyorlash tizimi va an’anasini yaratdi. Davlat test markazida to`plangan boy tajriba shuni ko`rsatadiki, ko`pvariantli test tizimi abiturientlar bilimini odilona baholash bilan birgalikda respublika ta`lim kompleksi faoliyati samaradorligini ob’ektiv xolisona belgilash imkoniyatini keltirib chiqardi.Testlarni nashr qilinishi va test topshiriqlar jamg’armasi sonini ortib borishi talabalarning yuksak darajada mushohadali bo`lishga, tafakkurining rivojlanishiga ijobiy ta’sir etdi. Chunki ko`p sonli testlarni yodlab olish imkoni bo`lmagach, abiturientda chuqur bilim olishga, o`quv dasturlarining mazmunini tushunib o`zlashtirishga intilish shakllanmoqda. Murakkablik darajasi turlicha bo`lgan testlarni yaratilishi abiturientlarni o`z bilimlarini tanqidiy baholashga, ilmiy tayyorgarlikni yanada yuqori saviyaga ko`tarilishiga sabab bo`lmoqda.
Test savollarining e’lon qilinishi darslik va qo`llanmalarning mukammallashuviga, natijada respublikada ta`lim standartlarining yaratilishiga ta’sir etmoqda.
Test topshiriqlarining chop etilishi o`quvchilarning o`z bilimlarini chuqurlashtirish bo`yicha ishlash, oliy va o`rta maxsus bilim yurtlariga yuqori darajada ilmiy, psixologik tayyorlangan yoshlarni tanlab olish imkoniyatini yaratmoqda.
Chop etilayotgan testlarning yildan-yilga sifati ortib murakkablik darajasi kuchayib borayotganligi o`quv jarayonining takomillashishiga ijobiy ta’sir etmoqda. SHu ma’noda testlar o`qituvchi uchun metodik va didaktik vosita sifatida xizmat etmoqda.
Test sinovlari natijalarini maxsus statistik dastur yordamida ishlab chiqish orqali respublika oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida, ular miqyosida yo`nalishlar hamda mutaxasisliklar bo`yicha barcha abiturientlarning sifat ko`rsatkichlari, viloyat va tumanlar bo`yicha ta`limning rivojlanish darajasi va tamoyillari aniqlandi, bu esa ta`limni qayta qurishning tarkibiy o`zgarishlari haqida muayyan xulosalarga olib keldi.
Pedagogika fanlari doktori, professor U.Nishonaliev testlashtirishni institutlarda chuqur tahlil qilib, o`quvchilarning bilimini aniqlashda samaradorlik koeffitsentlari haqidagi masalalarni yoritdi.
Respublikamizdagi Davlat test markazidan tashqari gimnaziya va maktablarda ta`limni testlashtirish bo`yicha ijobiy tajribalar to`plandi.
Bugun maktablarda testni joriy qilish texnologiyasi tahlillar shuni taqozo etmoqda:

  1. Testlar maxsus metodistlar tomonidan dastur materiallari xajmini aniqlab, yuqoridagi talablar asosida ishlab chiqilmog’i kerak. U metodik jihatdan to`g’ri tuzilib, zarur yangiliklar bilan to`ldirilib borilishi kerak.

  2. Test tuzayotganda predmetning mazmuni, o`quvchining o`zlashtirish darajasi va testning miqdorini inobatga olish kerak.

  3. Testlar bir o`qituvchi rahbarligida tuzilmay, boshqalarning fikrini ham inobatga olish kerak.

  4. Test savollari aniq, kitob va darsliklar asosida olinishi kerak. Test nomerlanib, lozim bo`lsa, boshqalarini imkoni bo`lsin. Testlar individual bo`lishi kerak.

  5. Testning sifatining orttirish, zahirasini ko`paytirish uchun izlanish, seminar, ko`rik, tanlov, konferentsiyalar o`tkazish joiz.

  6. Maktabda o`qituvchilar savollar asosida test mexanizmini bilgandagina tuzilgan testlar nazorat qiluvchidan tashqari, o`rganuvchi testlar bo`lib xizmat qiladi.

Test savollarini mukkamallashtirish davr talabiga aylandi. Shu bois yuqoridagi ko`rsatmalarga amal qilish test texnologiyasini mukammalashtirish asosidir.
Quyida savodxonlikni aniqlashga doir test namunalari beriladi:




Download 472.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling