Баёни бухоро шахар
Tug‘ma nogironlik tufayli bir yilda 303 mingdan ziyod bola hayotining birinchi to‘rt haftaligida vafot etadi
Download 33.66 Kb.
|
Документ Microsoft Office Word
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy-iqtisodiy omillar
- Genetik omillar
- Erta yoki kech tug‘uruq
Tug‘ma nogironlik tufayli bir yilda 303 mingdan ziyod bola hayotining birinchi to‘rt haftaligida vafot etadi.
50 foiz holatda tug‘ma nogironlik sabablarini bilib bo‘lmaydi. Ammo tibbiyot bunday anomaliyalarning paydo bo‘lishi ehtimolini oshiruvchi qator omillarni aniqlagan. Ijtimoiy-iqtisodiy omillar To‘laqonli yashash uchun resurslar yetishmaydigan mamlakatlar va oilalarda tug‘ma nogironlik holatlarining yuqoriligi aniqlangan. Og‘ir ko‘rinishdagi tug‘ma nogironlikning 94 foizi aholi daromadi o‘rtacha yoki o‘rtachadan past bo‘lgan davlatlarda kuzatiladi. Chunki bunday sharoitda ayollarning sifatli va to‘yimli ovqatlanish, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish imkoniyati pasayadi. Doimiy depressiv kayfiyat hukm suradi. Genetik omillar Qonning aralashuvi (yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikoh) tug‘ma nogironlikning asosiy va eng ko‘p kuzatilgan sabablaridandir. Shuningdek, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan bo‘lgan homiladorlikda homilaning nobud bo‘lishi, chaqaloqning ilk oylardagi o‘limi, aqliy zaiflik ehtimoli ikki baravargacha oshadi. Erta yoki kech tug‘uruq Erta yoshdagi homiladorlik bolaning jismoniy yetishmovchilik bilan tug‘ilish ehtimolini paydo qiladi. Kech tug‘uruq esa Daun sindromi kabi xromosoma anomaliyalari bo‘lgan bolaning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Infeksiyalar Sifilis, qizamiq singari infeksiyalarni boshdan kechirgan onalarda homilaning rivojlanishida o‘zgarishlar bo‘lish ehtimoli ortadi. Onaning to‘yib ovqatlanmasligi Onadagi yod, foliy kislotasi va boshqa vitaminlar yetishmovchiligi, semizlik, qandli diabet holatlari ham nosog‘lom homilaga olib kelishi mumkin. Ota yoki onadagi alkogolizm va tamaki chekish esa tug‘ma nogironlikning asosiy aybdorlari hisoblanadi. Ekologik omillar Radioaktiv nurlanish, havoda kimyoviy zararli moddalar nisbatining yuqori bo‘lishi, kon, chiqindi poligoni, kimyoviy zavodlar hududida yashash ham tug‘ma nogironlikka sabab bo‘lishi mumkin. Inson hayoti davomida qabul qiladigan noto‘g‘ri qarorlarning ayrimlari uchun nafaqat o‘zi, balki avlodlari ham tovon to‘lashiga to‘g‘ri kelishi mumkin. Buning oldini olish uchun esa kelajak oldidagi mas'uliyatni his qilish, nogironlarni himoya qilishgina emas, nogironlikni paydo qiluvchi sabablar bilan kurashish kerak. Har bir go‘dakning to‘laqonli hayot kechirishga haqqi bor |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling