Mundarija: Kirish Asosiy qism I. Bob. Insonlarning turli ekotsenozlari


Download 416.43 Kb.
bet1/7
Sana31.01.2023
Hajmi416.43 Kb.
#1143042
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Insonlarning turli ekotsenozlari va yashash muhitlari


Mundarija:
Kirish………………………………………………………………………3
Asosiy qism
I.Bob. Insonlarning turli ekotsenozlari………………………………….6
I.1. Ekotizm………………………………………………………….6
I.2. Biotsenoz va biogeotsenoz………………………………………22
I.3. Ekotizm va biogeotsenozni bir – biriga bog’liqligi……………..31
II.Bob. Insonlarning yashash muhitlari…………………………………33
II.1. Quruqlik ekosistemalari…………………………………………33
II.2. Suv ekosistemalari………………………………………………37
Xulosa……………………………………………………………………..41
Foydalanilgan adabiyotlar……………………………………………….42

Kirish
Kurs ishiing dolzarbligi: Inson o‘z manfaatlari yo‘lida ekologik tizimlarni va alohida populyatsiyalarni boshqarish bo‘yicha tadbirlar o‘tkazganda, masalan, yirtqich hayvonlarni yo‘qotayotganda, hayvonlar va o‘simliklarni ko‘chirayotganda, kelib chiqishi mumkin bo‘lgan oqibatlarni hisobga olishi zarur. Ekotizimning suv, tuproq va atmosfera havosi kabi tarkibiy qismlariga insonning hukmronligi kuchayib borishi tabiatni muhofaza qilishgina emas, balki inson o‘zini ham muhofaza qilish zaruriyatini vujudga keltirdi.
Bu esa ona tabiatni asrab-avaylashni, uning bir-butunligini saqlash lozimligini taqozo qiladi. Bu esa o‘z-o‘zidan amalga oshib qolmaydi. Ekologik tizimdagi barcha tirik organizmlarni tabiiy holatiga zarar yetkazmaslik uchun odamlar, har bir organizm bilan o‘ta ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lishlari lozim.
Bugunga kelib tabiat, atrof – muhit muhofazasi, xalqaro miqyosidagi mo`tabar tashkilotlarning ma`lumotiga qaraganda, bamisoli tinchlik, osoyishtalikni saqlashday dolzarb muammo qatorida yana bir muammoga aylanmoqda.
Oʻrta Osiyoning qurgʻoqchil yerlarida sunʼiy biogeotsenozning shakllanishi (mas, Mirzachoʻlning oʻzlashtirilishi) katta ahamiyatga ega boʻlib, insonning tabiatga rejali ravishda taʼsir koʻrsatishiga misol boʻla oladi. Har yili sugoriladigan yerlar agrotsenozlaridan olinayotgan millionlab tonna paxtani aytib oʻtishning oʻzi kifoya. Agrotsenoz, xususan paxta agrotsenozi, ayniqsa, monokultura sharoitida sodda, past darajada rivojlangan va shu sababli noturgun sistemaga aylanadi. Shuning uchun agrotsenozlarda turlar boʻyicha xilmaxillikka intilish zarur. Bu yoʻnalishda dala ihota oʻrmon mintaqalari barpo etish, ilmiy asoslangan almashlab ekishni oʻzlashtirish, qishloq xoʻjaligi zararkunandalariga qarshi kurashning biologik usullarini qoʻllash, yaʼni agrotsenozlarga foydali hayvonlarni, mas, entomofaglarni jalb etish va boshqa maʼlum ahamiyatga ega. Biogeotsenoz haqidagi bilimlar, texnika imkoniyatlari, xoʻjalik yuritish iqtisodiyoti va madaniyati rivojlangan sari Biogeotsenoz tarkibidagi agrotsenozlar ekinlar mahsuldorligini oshirishda yanada samarador boʻladi
Xullas, O`zbekistonda ekologik muammolar va ularni keltirib chiqarish sabablari puxta o`ylanib, ekologik muammoni bosh omili va uning bartaraf etish chora – tadbirlari “Tabiatni muhofaza qilish qo`mitasi” tomonidan o`rganib chiqildi. Mamlakatimiz aholisini birinchi navbatda toza ichimlik suvi bilan ta`minlashga hamda atmosfera havosini tozalashga jiddiy e`tibor qaratish kerakligi kun tartibiga eng muhim masala qilib kiritildi. Natijada ekologik muammolarni ko`lami vfa murakkabligi hozirgi vaqtga kelib dolzarb hisoblanib 9 ta xalqaro konfrensiyalarga a`zo bo`ldi. Ushbu halqaro tashkilotlar hamkorligi asosida respublikamizda qator loyihalar amalga oshirildi. Tabiatni muhofaza qilish borasida mamlakatimizda olib borilayotgan tashviqot – targ`ibot ishlari maqsadga muofiqdir.
Tabiatga inson faoliyatining ta`siri hozirgi miqyoslarda davom etaversa, sayyoramizda tirik mavjudodlarning inson hayoti uchun fojeali bo`lishi mumkin bo`lgan ekologik hatti – harakatlarni keltirib chiqarishi tabiiydir. Shu sababli ekologik muammolarni hal etish.
Mavzuning o`rganilganlik darajasi: Tanlangan mavzunig tarixshunosligi tahlili shuni ko`rsatadiki mustaqil O`zbekistonning atrof – muhit muhofazasi ekologik muammolarni hal etish jarayonlari O`zbekistonning turli yo`nalishdagi mutaxassis olimlarini diqqatini ko`proq jalb etgan masalalardan hisoblanadi. Mavzuga oid chop etilgan ilmiy tadqiqoq ishlari, minografiyalar, risola va matbuotda e`lon qilingan adabiyotlarni aytib o`tish mumkin.
“Geologik muammolar” kitobi, “Ijtimoiy ekologiyaga kirish” risolasi, “Inson va tabiat” monografiyalari ekologik muammolar to`g`risida fikr bildiradi.1
Kurs ishining maqsad va vazifasi: Kurs ishi mavzusi va qo`yilgan masalaning dolzarbligining kelib chiqib, ishning umumiy maqsadi O`zbekistonda ekologik muammolar va ularning hal etilishini o`rganib tahlil etishdan iborat.

  • Mustaqil O`zbekistonning ekologik muammolarini keltirib chiqarish sabablarini o`rganish;

  • O`zbekistonnning ekologik muammolarni hal etish jarayonini ko`ratib berish;

  • O`zbekistonda ekologik muammoni muhim xususiyatlarini ochib berish;

  • O`zbekistonda atrof – muhitni muhofaza qilish yo`nalishlarini bosqichma-bosqich kuzatish.

Kurs ishining nazariy – metodologik asosi: umumjahon bilim nazariyasi va milliy istiqlol g`oyasining asosiy tamoyillari tashkil etadi. Ishni bayon etishda O`zbekiston tarixini yangi tamoyillariga tayangan holda tarixiylik, ilmiylik, xolislik, uzviylik kabi metodologik tamoyillariga tayanildi.

Download 416.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling