Mundarija: Kirish Asosiy qism I. Bob. Insonlarning turli ekotsenozlari


-sxemma. Materiyaning tarkibiy tuzilishida ekotizimlarning holati


Download 416.43 Kb.
bet3/7
Sana31.01.2023
Hajmi416.43 Kb.
#1143042
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Insonlarning turli ekotsenozlari va yashash muhitlari

1.1.1-sxemma. Materiyaning tarkibiy tuzilishida ekotizimlarning holati
Ekotizmlarning xilma – xilligi va ularning tuzilishi
Turli katta-kichik ekosistemalar. Turli biologik sistemalar ekologiyasini o’rganishni kichik hovuzlar, ko’lmak, tashlab qo’yilgan yer, o’tloqzorlar kabi kichik joylarda olib borish va olib borilgan ma’luimotlar asosida ekosistemaning asosiy
belgilarini tahlil qilib, keyinchalik katta suv havzalari yoki Yer usti ekosistemalariga taqqoslash mumkin. Mikroorganizmlar, o’simliklar va hayvonlar hovuz, o’tloqzorlarda yashaydi va shu yerlarda suv, tuproq, hayvonning kimyoviy tarkibini o’zgartiradi. Jumladan, shishadagi hovuz suvining loyqasi yoki o’tloqzorlar tuprog’ida mikroblar, o’simlik va hayvonlar aralashmasi bo’ladi. Hovuzda uchraydigan produtsentlarga ildizlangan yoki suzib yuruvchi gulli o’simliklar (makrofitlar), suzib yuruvchi o’simliklar, suvo’tlar kirib, mayda hayvonlar esa konsumentlar guruhini tashkil etadi.
Mezoekosistemalar katta sun’iy suv ekosistemalari (baliq ko’paytirish hovuzlari, biologik tozalash hovuzlari) va har xil Yer usti yashash joylari, laboratoriya-sun’iy mikrosistema va bor tabiiy real dunyo o’rtasidagi oraliq bo’lib, ularni mezoekosistema deb qarash mumkin. Masalan, Toshkent, Sirdaryo, Andijon kabi viloyatlardagi baliq ko’paytiradigan hovuzlar va iflos oqova suvlarni tozalaydigan biologik hovuzlar suv mezoekosistemasiga yaqqol misol bo’ladi. Yer usti mezoekosistemasi-bu makrosistemaning bir qismidir, ya’ni, o’rmon chetlari, daryo qirg’oqlari, qo’lning bir ko’rfasi va hakazolar. Bunday sistemalar ham to’la funksiya va trofik tuzilishga ega bo’ladi, ekosistemalarning hamma jarayonlarini o’z boshida o’tkazadi.
Mikroekosistemalar. Tabiatda kichik-kichik “dunyolar” yoki mikrobirlik, mikrosistemalar uchraydi. Ular ochiq tabiat (kichik ko’lmaklar, yomg’ir suvi to’plangan chuqurlar, daraxt shoxi yoki tosh usti)da yoki berk kichik idishlar (kolba, butilka, butil) ham bo’lishi mumkin, ular qaysi holatda bo’lmasin, yorug’lik energiyasiga muhtoj bo’ladi. Mikroekosistemaga eng yaxshi misol akvariumlar hisoblanadi. Undagi suv muhitida bakteriyalar, suv o’simliklari, sodda hayvonlar (rachki, dafniy, kolovratkalar) va baliqlar rivojlanadi. Akvarium yorug’lik energiyasi va doimiy haroratga ega.
Kosmik kema ekosistemasi. Kosmik kemani katta ekosistema sifatida ta’;riflash mumkin. Yer yuzini tashlab ketayotgan berk kemada ozuq-ovqat, kislorod, suv olinsa, kerakli energiya quyosh nurlaridan qabul qilinadi. Kema ichida hosil bo;’lgan CO2 esa zararsizlantiradi. Uni kemadagi o’simliklar qabul qilib, kisl;orod ajratadi. Shular asosida kosmik apparat ichidagi inson salomatligi va uning aktiv faoliyati ta’minlanadi. Inson oylab, hattoki yil davomida kosmik fazoda uchib yuradi. Kema ichida produtsentlik (hosil bo’lish) va hosil bo’lgan chiqindilarning organizmlar tomonidan chirishi yoki chiqarib yuborish to’la boshqarilib turadi. Shunday qilib, avtonom holatdagi kosmik kema ichidagi inson bilan mikrosistemani aks ettiradi. O.Neyl o’zining “Yuqori chegara” kitobida kelasi asrda millionlab insonlar kosmosda yashaydilar deb yozadi. Uning fikricha, aylanib turadigan trubasimon stansiya (diametri 6.4 km uzunligi 32.2 km, ichida 1294,4 km2 tuproq) yarim maydoni qishloq xo’jaligi ajratiladi. Shu kichik kosmik stansiyada 2mln. Odam yashaydi. Har bir odamga 640 m2 maydon to’g’ri keladi. Lekin havo va suv hajmi katta emas. Kema Yer bilan aloqa qilmasdan uzoq yashashi qiyin.
Shahar geterotrof ekosistemasi. Turli katta-kichik shaharlar geterotrof ekosistema bo’lib, ular energiya, ozuqa, o’tin, suz, meva va boshqa narsalarni tashqaridan. Katta moydonlarda yetishtirilgan joylardan oladi. Shahar geterotrof ekosistemasi tabiiy sistemadan holatlar bilan farq qiladi, ya’ni:
Ma’lum maydondagi metobolizm ancha intensiv o’tadi va tashqaridan ko’p enrgiya kelishini talab qiladi;
Tashqaridan savdo, sanoat uchun turli moddalar, metallar, inson uchun ozuqa, suv, dori, darmonlar kerak bo’ladi va ko’p miqdordagi zaharli
chiqindilarni chaqarish kerak.
Hozirgi sanoat shaharlari qishloq xo’jaligi uchun parazit hisoblanadi, chunki shahar ozuqa va boshqa organik moddalar chiqarmaydi, havo va suvni ifloslab, toza suv va havoni tabiatga qaytarmaydi. Boshqacha qilib aytganda shahar o’z muhiti bilan simbiotik munosabatda bo’ladi. U turli materiallar (apparatlar, texnika, pul) ishlab, ularni tashqariga chiqaradi, tashqaridan kerakli narsalar oladi.
Agroekosistemalar. Agroekosistemalarni asosan avtotraf komponentlar yoki “yashil hududlar” tashkil qiladi. Agroekosistemalar tabiiy yoki yarim tabiiy ekosistemalardan quyidagi xislalari bilan farqlanadi, ya’ni: 1) Agroekosistemalar inson qaramog’idan yordamchi energiya oladi, u qutosh energiyasiga qo’shimcha yoki uning o’rnini bosadi (teplitsa, oranjereya xonalarda); 2) Agrotsenozlar ichida organzimlar soni xilma-xilligi juda ham chegaralangan (foydali o’simliklar, hayvonlar turlari); 3) Agroekosistemalarda dominantlik qiladigan turlar tabiiy tanlanish emas, balki sun’iy tanlanish ta’sirida bo’ladi.
Agrosistemalar kerakli ozuqa mahsulotl;ar olish uchun tashkil qilinadi va funksiyasi tuzilishi boshqarilib turiladi.
Ekosistemalar klassifikatsiyasi. Ekosistema funksional xislatlari yoki tuzilish belgilariga qarab klassifikatsiya qilinadi. Masalan, ekosistema kelayotgan foydali miqdori energiya miqdori va sifatiga qarab, u funksional bo’lishi mumkin. Undan tashqari o’simlik turlari yoki landshaftlarni fizikaviy turg’unlik belgilariga qarab, biomlarga bo’lishi ham keng qo’llaniladi (Odum, 1983).
Ekosistemalar klassifikatsiyasini tirik organizmlar guruhlarida (taksonomik) ajratib qarab bo’lmaydi. Tabiatda hamma voqealar bir-birlari bilan qo’shilib ketgan, shuning uchun ham ekosistemalarni klassifikatsiya qilishda ekologlar o’rtasida bir fikr yo’qligidan, ekosistemalarni o’rganishda turlicha yondashish foydali deb topildi. Quyidagi yirik sistemalar ajratilgan, ya’ni: 1) Yer usti ekosistemalari (tunda, boreal, mo’tadil, tropik, cho’l va boshqalar); 2) Cho’l suv havzalari, daryolar, botqoqliklar ekosistemasi; 3) Dengizlar ekosistemasi.
Produtentlar, konsumentlar, redutsentlar – ekotizmlarning funksional birligi
Yashash sharoiti o‘xshash va o‘zaro munosabati natijasida bir - biriga ta'sir ko‘rsatuvchi har hil turga mansub bo‘lgan birgalikda yashovchi organizmlar yig‘indisiga ekologik tizim deyiladi.
o‘rmon, cho‘l, o‘tloq, suv havzasi ekotizimga misol bo‘la oladi.
Ekotizim tushunchasi fanga 1935 yili ingliz ekologi ATensli tomonidan kiritilgan. Ekotizim konsepsiyasining rivojlanishiga parallel holda biogeotsenoz ta'limoti ham muvaffaqiyatli rivojlamb bordi. Biogeotsenoz tushunchasini esa rus botanik olimi, akademik V.N.Sukachev taklif qilgan. («bios»-hayot, «geo»- yer, «senoz»-umumiy yoki jamoa) ma'nosini beradi.
Ko‘pincha ekotizim va biogeotsenoz tushunchalari bir-birining sinonimi sifatida qo‘Haniladi va deyarli bir xil manoni bildiradi, ammo ba'zi bir tomonlari bilan farqlanadi:

1.1.1-jadval



Biogeotsenoz

Ekotizim

1 Tabiiy hodisa hisoblanadi.

Tabiiy yoki sun'iy hodisa bo‘lishi mumkin

2.MaTum tabiiy chegraga ega bo‘lgan fazoviy birlik u qo‘shni biogeotsenozlardan fitotsenozi bilan ajralib turadi

Funksional birlik bo‘lgani uchun qo‘shni ekotizimlardan ajralib turishi shart emas

3.Biogeotsenoz tarkibiga odam kirmaydi

Yirik ekotizimlar odatda odam ta'sinda bo‘ladi.

Biogeotsenozning asosiy komponentlari - atmosfera, tog‘ jinslari, suv o‘simlik va hayvonot dunyosi hisoblanadi. Uning organik dunyosi (o‘simliklar. hayvonlar, zamburug‘lar, mikroorganizmlar) - biotsenoz deb atalib, muhit esa-ekotop deyiladi. Ekotop o‘z navbatida klimatop (atmosfera ) va edafatop (tuproq) kabi tarkibiy qismlardan iborat. Biogeotscnozlar har hil o‘lchamda ya'ni kichik va katta maydonda bo‘lishi mumkin. Botqoqlikdagi do‘nglik, o‘rmondagi tunka, biror hayvon uyasi atrofi, akvarium kabilar kichik biogeotsenozga misol bo‘lsa, o‘rmon, dasht. cho‘l. o‘tloqzor va boshqa maydonlar yirik biogeotsenozga misol bo‘la oladi.
ATensli ta'rificha - ekotizim ichki va tashqi doiralarda moddadlar va energiya almashinuviga ega bo‘lgan tirik va jonsiz komponentlarning cheksiz barqaror tizimi hisoblanadi. Demak. ekotizim-mikroorganizmlarga ega bo‘lgan bir tomchi suv. o‘rmon, tuvakdagi o‘simlik, kosmik kema `biosfera va hokazolar.
Ekotizimlar biogeotsenozga nisbatan kcngroq tushuncha hisoblanadi. Har qanday biogeotsenoz o‘z navbatida ekotizim bo‘Ia oladi. ammo har qanday ekotizimni biogeotsenoz deb bo‘lmaydi.
Ekotizimlarda moddalar ayianishini taminlash uchun ma'lum miqdorda zarur anorganik moddalar zahirasi va bajarayotgan ishi jihatidan uch xil ekologik guruhni tashkil etuvchi organizmlar bo‘lishi kerak.
Bular: produtsent - hosil qiluvchilar, konsumentlar – iste`mol qiluvchilar, redutsentlar -parchalovchilar.
1. Produtsentlar - yashil o‘simliklar bo‘lib, ular quruqlikdagi har qanday biotsenozniznzg asosiy tarkibi va energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Ular assimilyatsiya jarayonida to‘plangan energiyasini boshqa organizmlarga beruvchilardir.
Fotosintez qiluvchi organizmlar quyosh energiyasi ishtirokida organik moddalami sintez qilib. yorug‘Iik energiyasini bog‘langan kimyoviy energiya sifatida to‘playdi.
2.Konsumentlar- bu guruhga hayvonlar kiradi. Ular o‘simliklar tomonidan to‘plangan organik moddani iste'mol qiluvchilar hisoblanadi.
Birinchi tartibdagi konsumentlarga produtscntlar bilan oziqlanuvchi o‘txo‘r hayvonlar kiradi. Quruqlikdagi keng tarqalgan birinchi tartibdagi konsumentlar hasharotlaming ko‘pchilik vakillari, sudralib yuruvchilar. qushlar, sut cmizuvchilardir.
Eng muhim birinchi tartibdagi konsumentlar sut emizuvchilarning o‘txo‘r guruhlari, kemiruvchilar va tuyoqlilar hisoblanadi. Ularga ot, tuya, qo‘y, echki va qoramollar kiradi.
Ikkinchi va uchinchi tartibdagi konsumentlar. Ikkinchi tartibdagi konsumentlar o‘txo‘r hayvonlar bilan oziqlanadi. Bular uchinchi tartibdagi hayvonlar bilan birga etxo‘r hayvonlar deb qaraladi. Ikkinchi va uchinchi tartibdagi konsumentlar yirtqichlar blishi mumkin. Shuningdek,
o‘laksa bilan oziqlanishi yoki parazit hayvon ham bo‘lishi mumkin.
Zamburug‘lar biotsenozda turlicha rol o‘ynaydi. Ular orasida o‘simlik va hayvonlarda tekinxo‘r holda yashovchi va ko‘pchiligi organik moddalami
mineral moddalarga parchalovchilar bo‘lib, ular redutsentlar deyiladi. Ammo shu bilan birga ko‘pchilik zamburug‘laming meva tanalari jamoadagi hayvonlar uchun sevimli ozuqa bo‘lishi ham mumkin. Bunda ular konsumentlar hisoblanadi.
Bakteriyalar birinchi navbatda redutsentlar hisoblanib, ular organik moddalami mineral moddalarga parchalab beradi.
Demak, yuqorida aytib o‘tilgan organizmlar guruhi o‘rtasida keskin
chegara qo‘yib bo‘Imaydi, chunki konsumentlar (hayvonlar, zamburug‘lar. tekinxo‘r o‘simliklar) ayni vaqtda redutsentlar vazifasini ham bajarishi mumkin.
Epifitlar, asosan produtsentlar hisoblansa ham, oziqlanish vaqtida daraxt tanasi po‘stlog‘idagi parchalangan o‘simlik qoldiqlaridan foydalanadi, ya'ni bir vaqtda redutsentlar vazifasini ham bajaradi.
3.Redutscntlar.o‘simlik qoldig‘i va hayvon jasadi zida energiya saqlaydi. Nobud bo‘lgan o‘simlik va hayvonlardagi organik modda mikroorganizmlar, ya'ni saprofit holda yashovchi bakteriya va zamburug‘lar ta'sirida parchalanadi. Bunday organizmlar redutsent deb ataladi.
Saprofitlar o‘zidan maxsus fermentlar ajratib chiqaradi. Organik qoldiqlar sekin - asta bakteriyalar va zamburug‘lar hayot faoliyatida parchalanib, hazm bo‘ladi. Parchalanish tezligi ham har -xil bo‘lishi mumkin. Hayvon jasadi, ahlatlari bir necha haftalar talab etsa. qulab tushgan daraxt tanasi va moxlar bir necha yilda chirishi mumkin.
Biogeotsenoz populyatsiyalari orasidagi bog‘lanishlarni - turlarning oziqlanish xarakteri va energiya hosil qilish usullari belgilaydi. Organizmlar oziqlanish usuliga qarab ikki guruhga bo‘linadi:
Avtotroflar (asosan yashil o‘simliklar. Organik moddalarni sintezlash uchun atrofdagi anorganik birikmalardan foydalanadi).
Geterotroflar ( hayvon, odam, zamburug‘, bakteriyalar. Avtotroflar hosil qilgan taor organik moddalar bilan oziqlanadi).
Mahsuldorlik deganda mahsulot ishlab chiqarish qobiliyati tushuniladi. Biotsenozda birlamchi va ikkilamchi mahsulotlar ajratiladi. Birlamchi mahsuldorlik (BM) produtsentlar tomonidan anorganik moddalardan hosil
bo‘lgan mahsulot hisoblansa. konsumentlar va redutsentlar mahsuli ikkilamchi (IM) hisoblanadi. Shuningdek, yalpi birlamchi mahsulot va sof birlamchi mahsulotlarga ajratiladi. Yalpi birlamchi mahsulot(YaBM) ma'lum vaqt oralig‘idao‘simliklar tomonidan hosil qilingan hamda nafas olishda sarf bo‘lgan va geterotroflar tomonidan o‘zlashtirilgan mahsulotlardan iborat bo‘ladi. Agarda yalpi mahsuldorlikda nafas olishga sarf bo‘lgani chiqarib tashlansa, birlamchi mahsuldorlik qoladi. Sof birlamchi mahsuldorlik *(SBM) esa nafas olishga sarf bo‘lgandan so‘ng geterotrof organizmlar hayotini o‘tkazish uchun qolgan mahsulotdir. Energiya oqimi.
Ekotizimlardagi organizmlaming hayot faoliyati va moddalamging aylanishi uchun energiya talab etiladi. Yashil o‘simliklar hayot uchun zarur bo‘lgan kimyoviy moddalami olib, fotositez jarayonida organik birikmalar to‘playdi va quyosh energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Bunday organizmlar - avtotroflar deyiladi. O‘simhklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi geterotroflar esa oziqlanish jarayonida organik moddalami karbonat angidrid, suv va mineral tuzlarga aylantiradi. Ular organik
moddalami o‘simlik takror foydalanishi uchun yaroqli bo‘lgan darajagacha parchalaydi. Shunday
qilib, biogen moddalar tabiatda uzluksiz aylanib turadi.
Geterotroflar - yani hayvonlar, zamburug‘ va bakteriyalar ikki guruhga bo‘linadi. Bulardan birinchisi-iste'mol qiluvchilar, ya"ni konsumentlar bo‘lib, ozuqa sifatida tirik organizmlardan foydalanib. organik moddalami o‘zgartiruvchi, qisman parchalovchilardir. Eekin bu organizmlaming biror turi ham o"simliklardagi organik moddalami oxirigacha parchalay olmaydi. Ular organik moddalari muaan darajagacha parchalay oladi. Bunday turlardan qolgan chiqindilar boshqa geterotrof organizmlarga yem bo‘ladi. Bular - redutsentlar. ya'ni parchalovchilar -
zamburug‘lar, bakteriyalar bo‘lib, o‘lgan organizmlardagi murakkab organik moddalarni parchalab oddiy mineral birikmalarga aylantirib beradi. Bu birikmalar yana tabiiy muhitga qaytadi va avtotrof organizmlar ( yashil o‘simliklar ) tomonidan qaytadan o‘zlashtinladi.
Moddalarning bunday davriy aylanishi - hayotning davom etishi uchun zarur sharoit hisoblanadi, bu uzoq evolyutsiya jarayonida vujudga kelgandir.
Shunday qilib, uzoq evolyutsiya jarayonida vujudga kelgan bir-biriga bog‘liq turlardan barqaror zanjirlar paydo bo‘ladiki. bular boshlang‘ich ozuqa moddalardan energiya va moddalarni birin - ketin olib. turli yillar bilan tabiatda moddalarning davriy aylanishini ta'minlab turadi.
Organizmlar quysh energiyasini kimyoviy. mexanik va issiqlik energiyalariga aylantiradi. Bunda boradigan hamma o‘zgarishlar energiyam yo‘qotish bilan bog‘liq bo‘lib, u oxirida issiqlikga aylanib tarqalib ketadi.
Jamoalardagi ozuqa zanjirlari juda murakkab bo‘lib. ular aslida yashil o‘simliklar tomonidan hosil qilingan energiyani 4-6 bo‘g‘in orqali o‘tkazadi. Bunday qatorlar boshlang‘ich energiyaning sarflanish yo‘li hisoblanib. ozuqa zanjiri deb ataladi.
Shunday qilib, organizmlar orasida oziq uchuru-o‘zaro munosabatlar o‘rnatiladi. Natijada oziqlanish zanjiri hosil bo‘ladi. Oziq zanjiri esa uchta asosiy zvenodan iborat bo‘ladi. ya'ni produtsentlar, konsumentlar. redutsentlardan.
Har bir oziq zanjirida ma'lum bir trofik bosqich shakllanadi: yashil o‘simliklar - organik moddalarni hosil qilib, birinchi trofik bosqichni; fitofaglar ikkinchi, etxo‘rlar uchinchi va hokazo bosqichlarm hosil qiladi. Oziq zanjiridagi hamma zvenolar o‘zaro bog‘liqdir. Bularning orasida birinchisidan to oxirigacha modda va energiya berilishi amalga oshiriladi.
Ekotizimning vaqt va bushliqdagi chegarasi. Har qanday ekotizim ma‘lum bo’shliq va vaqt oralig’ida mavjud bo’ladi, ya‘ni vaqt va bo’shliqda o’zini boshlanishi va tugashiga ega bo’ladi. Yuqorida (I-bobda) qayd etilganidek, ekotizimlar o’lchamsizdir. Ularning chegarasi ma‘lum belgilariga nisbatan o’tkaziladi. Masalan sabzavot jo’yagi va gullar to’dasiga rejada har qanday shakl berishimiz mumkin, bunga qarama-qarshi biogeotsenoz o’lchamli kattalik bo’lib, mavujd tabiiy chegaralarga ega. Ekotizimlar chegarasi boshqa tabiiy ob‘ektlar singari gorizontal (maydon) va vertikal (balandlik) bo’yicha bo’ladi. Ekologiyada bunga afsuski kam e‘tibor berilmoqda. Geografiya, geologiyani xaritalash lozim bo’lganligi uchun bu chuqur o’rganilgan. N.L.Beruchashviliga (1990) kura chegara turlari quyidagilarga bo’linadi: aniq, agar o’tish qatorining kengligi tabiiy-xududiy majmuaga nisbatan ancha kichik bo’lsa; ketma-ket, agar o’tish qatorining kengligi tabiiy-xududiy majmuasi bilan barobar bo’lsa va ekoton – o’tish qatori bitta tabiiy-xududiy kompleksidan boshqasiga kesishsa, unda tabiiy-xududiy majmualar chegarasini aniqlash juda qiyin.
Xuddi shunday ekologiyada ekoton, ekotop yoki jamolar oralig’idagi o’tish mintaqasi bo’lib hisoblanadi. (Masalan, dengizdagi yumshoq va qattiq gruntlar orasidagi chiziq). Ekotonlar jamoasiga himoyalanuvchi jamoa turlarining katta qismi, ba‘zan esa faqat ekoton uchun tavsifli turlar kiradi. Ekotonda bo’lgan turlar soni va populyatsiyalar jamoasi ko’p hollarda uning ikki tomondagi ekotizimlardagidan ko’proq bo’ladi. Tirik organizmlar zichligi va xilma-xilliklarining ko’payish tendentsiyasi jamoalar chegarasida chetki effekt nomi bilan ma‘lum.
Ekoton turlar chegarasi nafaqat ekotizimlarni ajratadi, balki ularni o’ziga xos birlashtiradi. Katta ierarxik sathlarni tashkil topishida bog’lovchi tugun bo’lib qatnashadi.
O’rmoncho’lni o’rmon va cho’l ekotizimlar oralig’idagi global ekoton sifatida qarash mumkin. Vertikal chegaralarni ajratish murakkabroq. Masalan, ba‘zi mualliflar (A.R.Reytyum, K.N.Dyakonov va boshq.). geomajmualar yuqori chegarasining holatini, ularning toksonomik darajasi bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq deb hisoblashadi. Boshqa mualliflarning (masalan, A.G.Isachenko) ko’rsatishicha, ko’pgina atmosfera hodisalari (bulutlilik, yoginlar va boshq.) qaysi balandlikda shakllanishiga bog’lik bo’lmagan holda, biogeotsenozda ham yuqori darajadagi toksonlarda ham teng ko’rsatkichda tavsiflanadi. N.L.Beruchashvili bo’yicha biogeotsenozning yuqori chegarasi eng baland daraxtlar uchi bilan aniqlanadi. Mualliflarning fikricha, bu biogeotsenoz, biotsenoz yig’indisi deb tushunilib, tashqi muhit qayta shakllanishi (o’zaro ta‘sir), ko’proq ( bu holda havo massasi) o’simlik qatlamlarida seziladi.
Quyi chegarani belgilashda umumiy tushuncha yo’q. M.A.Glazovskiy quyi chegarani o’simliklar tizimi ildizlarining asosiy qismi joylashgan (99% ko’proq) quyi sathdan o’tkazishni tavsiya qiladi.
Boshqa mualliflar esa, uni yumshoq va asosiy tog’ jinslari birlashgan joydan, sizot suvlari sathi-holatiga qarab, doimiy o’zgarmas harorat chuqurligi va boshqalar orqali o’tkazishni taklif qiladi. Bu holatda ba‘zi neftgaz mavjud bo’lgan xududlarga yer yuzasidan 3-4 km chuqurlikda topilgan anaerob bakteriyalarni nima qilish kerak?
Ekotizimlarning vaqtinchalik chegaralari undan ham murakkabroq masala. Vaqtning bir tomon yo’nalishiga bog’liq holda, uni ikki chegarasi haqida gapirish mumkin: ekotizim mavjudligining boshi va oxiri haqida. Zamonaviy ekotizimlar mavjudligining oxiri- bu uning kelajakdagi faoliyatini tugashini bashorat qilinishidir.
Ikkita vaqtinchalik chegara oralig’i ekotizimlar mavjudligining uzunligi deb ataladi. Ekotizimning paydo bo’lishi, uning faoliyatini davrimizgacha davom etishi zamonaviy ekotizimning yoshi bilan tavsiflanadi.
Ekotizimlarda o’zaro munosabat va jarayonlar fluktuatsiyasi uning vaqtinchalik tuzilishini tashkil qiladi
Ekotizimlar tuzilishining vaqtinchalik asosiy ko’rsatkichlari, uning tashkil etuvchi elementlari, ekologik omillar va jarayonlar hisoblanib, tebranishlar amplitudasi dinamikasi, inertligi va assinxronligidan iboratdir.
Takrorlanish bo’yicha barcha jarayon va hodisalarni yuqori, o’rta va quyi qismlarga bo’lish mumkin. Yuqori, masalan kun davomida havo harorati va namligining o’zgarishini kiritish mumkin. O’rtacha chastotali tebranishlarga yil davomida fitomassaning o’zgarishini misol qilsa bo’ladi. Past chastotali tebranishlar uzok vaqt bir yildan ko’proqqa (masalan, o’rmonlarda fitomassa o’zgarishi) cho’ziladi.
Qaralayotgan ekotizimni tavsiflochi ko’rchatkichlar – har xil tebranishlar aplitudasiga ega. Alohida jarayon va hodisalarninng tebranishlar manbasi, tabiiy tanlanishiga bog’liq holda assinxron bo’lishi mumkin (masalan, quyosh radiatsiyasi va yer osti suvlari rejimi).
Ko’pincha ekotizimlarda, xususan ekotoplarda inertsiya samarasi kuzatiladi. Masalan to’proqning chuqur qismlarida maksimal harorat kuzda va ba‘zan qishga surilishi mumkin. Bunda chuqurlikda tebranishlarning «o’chishi» va amplitudasining kamayishi kuzatiladi.
Ekotizimlar ba‘zi butunlik xududining holatini, uni vaqtinchalik shaxsiy tarkibini sintezlaganda bilish mumkin.
Ekotizimlar holati deganda aniq vaqt oralig’ida ekotizimni tavsiflovchi ekologik omillarning ba‘zi munosabatlari tushuniladi. Bu holatni ham chastotaviylik ko’rsatkichi bo’yicha tasniflash mumkin (qisqa, o’rtacha, uzoq chastotali holat).
Ekotizim holatining o’zgarishini, uning tuzilishi va faoliyatining invariant xususiyatlari o’zgarishidan farqash lozim.
Ekotizimning almashishi-uning evolyutsion jarayonidir (keyingi bobga qarang).
Ekotizimning mintaqaviyligi. Ekotizimlar yerning boshqa tabiiy tizimlari kabi mintaqaviylik qonuniga bo’ysunadi.
Mintaqaviylik iqlimga xos (sinonimlari: geografik, kenglik, gorizontallik) va vertikallik (geologik, sferik) tavsifga ega. Kengliklar bo’yicha Quyoshning iqlimga xos energiyasi (ekvatordan qutblarga qarab energiya miqdorining kamayishi)ga va notekis namlanish (quruqlik uchun) xususiyatiga ega. Bunday mintaqaviylik katta tekisliklarda (sharqiy Yevropa, G’arbiy-Sibir) aniq ko’rinadi. Vertikal mintakaviylik uzoq vaqt davom etuvchi geologik jarayonlar va Yerning sferik tuzilishida ko’zatiladi (gidrosfera, atmosfera va litosferaning o’zaro ta‘siri). Vertikal mintakaviylikni balandlik mintakaviyligidan farqlash lozim.
Nafaqat quruqlik ekotizimlari, balki dengiz ekotizimlari ham ajratilish jarayoni quruqliknikidan farq qilsa ham mintaqaviydir. Umuman dengiz (okean)lar uchta katta mintaqaga ajratiladi: qirg’oqoldi yoki litoral; ochiq dengiz yoki batial va chukursuvlilik yoki abissal.
Tabiatda tabiiy-tarixiy mintaqaviylik XIX asr oxirida V.V.Dokuchaev tomonidan to’proqlar mintaqaviyligi misolida yaratilgan. Lekin V.V. Dokuchaev mintaqaviylik qonuniyati ta‘sirini faqat to’proqlar bilan chegaralamagan. 1898 yilda u okean, dengiz va daryolarda mintaqaviylikning aniq ko’rinishini ko’rsatdi. Hozirgi vaqtda faqat tuprokniki emas, balki yer osti va yer usti suvlari, iqlim, meteoxodisalar, o’simliklar va hayvonot dunyosi mintaqaviyligi aniq belgilangan. Ekologik nuqtai-nazardan iqlimning mintaqaviyligi muhimdir. Iqlim, gumid, arid, semiaridga ajratiladi. Gumid iqlim mintaqasi (okeanlar ustida) bir yilda atmosfera yog’inlarining suv yuzasidan bo’ladigan bug’lanishga nisbatan ko’p yog’ishi bilan tavsiflanadi. Quruqlikda esa, ortiqcha namlanish mintaqasi gumid mintaqa deb yuritiladi. Arid mintaqada (okeanlar ustida) suv yuzasidan bo’layotgan bug’lanish, yog’ayotgan yog’in miqdoridan ko’pdir. Quruqlikda esa, bu ilik yoki issik iklimga ega bulgan qurg’oqchil kenglikdir.U namlik yetishmaslik mitaqasi deb yuritiladi.
Semiarid (yarim arid, qurg’oqchil) mintaqa davriy qaytarilib turuvchi qurg’oqchilik va barqaror bo’lmagan namlanish mintaqasi bilan tavsiflanadi.
SHunday qilib, ekotopning uchta komponenti (tuproq- edafatop, suv- gidratop, iqlim-klimatop) mintaqaviydir. Bundan biotsenoz va umuman biogeotsenozlarning mintaqaviyligi kelib chiqadi.
Ko’pincha yirik ekotizimlarning (biomlar) geografik (kenglik) mintaqaviyligi, hayvonot va o’simliklar dunyosining Yer geografik qobig’ida morfologik bo’linishiga bog’liqdir. Ular qonuniyat bo’yicha bir-birini almashtiruvchi yo’l ko’rinishdagi katta maydonlarni egallaydi. Ularning har biri issiqlik, yorug’lik va suv rejimi, to’g’ri keladigan tuproq turi, o’zining flora va faunasiga ega. Kenglik bo’yicha qutbdan ekvator yo’nalishiga qarab sobiq ittifoq xududi quyidagi mintaqalarga ajratilgan: muzlik, tundra, o’rmon tundrasi, tayga, Rus tekisligining aralash o’rmonlari, Uzoq Sharqning mussonli aralash o’rmonlari, subtropik chullar, urmon chul, chul, O’rtaer dengizi va namli subtropiklarga. Chet el xududlari: tropik chul, savanna, yapaloq bargli o’rmon, tropik nam o’rmon va okean o’tloqlari mintaqalariga bo’linadi (Reymers, 1990).
Tog’li hududlarning asosiy ekologik xususiyati shundaki, flora va fauna joylashishining balandlik mintaqaviyligi gorizontal mintaqaviylikning aks etishi bo’lib, toqqa ko’tarilgan sari mintaqalarning almashishi qonuniyati, ekvatordan qutbga qarab kenglik mintaqalarining ketma-ketligiga mos keladi.

Download 416.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling