Бахмал тумани хтмфмт ва тэб га карашли


Download 19.54 Kb.
bet1/2
Sana08.06.2023
Hajmi19.54 Kb.
#1462960
  1   2
Bog'liq
14-maktab psixotrop moddalar bayonnoma yangi


Baxmal tumani XTBga qarashli 14-umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘tkazilgan yig‘ilish


B A YO N N O M A S I
__”___________ 2023- yil Oyqor QFY



Qatnashdi:

Maktab direktori – N.O’sarov, Baxmal tumani JQB tezkor vakili katta leytenant A.Mirzayev, IIB JXX HPB inspektor-psixologi leytenant A.Xabibullayev, MMIBDO’ M.Sultonov, R.Ibragimov pedagog xodimlar va maktab o`quvchilari



Kun tartibida ko’riladigan masalalar :



  1. Yoshlar o’rtasida giyohvandlikka qarshi kurashish.

  2. Diniy ekstremizmga qarshi kurashamiz.

Yig’ilishni maktab direktori N.O’sarov ochib, kun tartibidagi masala bо‘yicha yig‘ilish qatnashchilarini tanishtirib о‘tdi. U o’z so’zida, hozirgi kunda respublikamizda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda davlat va fuqarolik jamiyatining samarali hamkorligi yo‘lga qo‘yilgan. Biroq jahonda xalqlar, millatlar kelajagiga tahdid tug‘diruvchi bir qancha omillar hamon saqlanib qolmoqda. Ana shunday xatarlardan biri giyohvandlik balosidir. Global muammoga aylangan ushbu illatga qarshi kurashishda davlatlararo hamkorlik muhim ahamiyat kasb etadi. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra dunyoda 500 milliondan ortiq odam giyohvandlik dardiga yo‘liqqan. Uning aksariyat qismini 30 yoshgacha bo‘lganlar tashkil etmoqda. Buning oqibatida har yili 200 mingdan ortiq kishi hayotdan ko‘z yumadi. Shu bilan birga, jahonda sodir etilayotgan jinoyatlarning 57 foizi giyohvandlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Shu boisdan, giyohvandlikka qarshi qurashni kuchaytirish maqsadida BMT tomonidan “Narkotik moddalar to‘g‘risida”gi, “Psixotrop moddalar” hamda “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi qurash tug‘risida”gi konvensiyalar qabul qilinib, 1987 yil 7 dekabrdagi 47/112-sonli rezolyusiyasiga ko‘ra “26 iyun – Xalqaro narkotik moddalarini suiste’mol qilish va ularning noqonuniy aylanishiga qarshi kurash kuni” deb e’lon qilingan.Davlat amaldagi qonunlarimizga zid ravishda konstitutsion tuzumga qarshi guruhlarning faoliyatini aniqlaydi va ularga chek qo‘yadi. Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o’zlari qilayotgan ishlarni to’g’ri deb hisoblagan holda, har qanday nomaqbul ishlardan ham bosh tortmaydilar. Vaholanki, ularni bu yo’lga boshlagan “rahnamolarning” asl maqsadi mohiyatan g’ayriinsoniy xarakterga ega. Ularning asosiy niyati butun Osiyo hududida qadimgi Arab xalifaligin barpo etish kerak deb kurashmoqdalar. Lekin, ularning asosiy niyati shu bilangina cheklanib qolmasdan, dinni niqob qilib olib hokimiyatni qo’lga olish, bu yo’lda ,,inson’’ deb atalmish buyuk jonzotni o’ldirishdan ham tab tortmayapti. Ular hozirgi kunda, ayni daqiqada ham o’z yovuz, jirkanch ishlarni turli davlatlarda amalga oshirmoqdalar.


Shundan so’ng Baxmal tumani JQB tezkor vakili katta leytenant A.Mirzayev o’z so’zini quyidagi jumlalar bilan boshladi. Zotan, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar inson sog‘lig‘i va xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi, mamlakatdagi kriminogen vaziyatga, jamiyatning iqtisodiy va ma‘naviy negiziga salbiy ta‘sir ko‘rsatadi, ko‘pincha u uyushgan jinoyatchilik bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi uning ijtimoiy xavfliligini yanada oshiradi.
Ayniqsa, mazkur giyohvandlik vositalaridan jabr ko‘ruvchilarning aksariyatini yoshlar tashkil etayotganligi yanada achinarli holdir. BMT va boshqa xalqaro miqyosdagi nufuzli tashkilotlar chiqargan bir qator normativ hujjatlarda giyohvand vositalar bilan bog‘liq cheklovlarning davlat miqyosida amalga oshirilishi e‘tirof etilgan va bu talablar O‘zbekiston qonunchiligida ham o‘z aksini topgan. Umuman olganda, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha huquqiy islohotlarning bosh maqsadi inson va uning manfaatlarini har tomonlama ta‘minlashga qaratilganidadir. Giyohvandlik yoki bangilikning boshlanishi va kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak. Giyohvand moddalarga moyillik, unga o‘rganib qolishlikda shaxsning holatlari ahamiyatlikdir. Masalan, tajanglik, asabiy holatlari, o‘zini nazorat qila olmasligi, irodasizligi, o‘z talabini qondira olmaslik, ba‘zi hayotiy qiyinchiliklarga bardosh bera olmaslik. Yosh avlodni kelgusidagi jismoniy va ma‘naviy shakllanishi, asosan oiladagi muhit, ota-onasining kimligi, oilada qanday o‘rin egallashiga bog‘liq.
Yig’ilish davomida Baxmal tumani IIB JXX HPB inspektor-psixologi leytenant A.Xabibullayev so’zga chiqib, Siyosiy hokimiyatga intilayotgan, diniy shiorlarni niqob qilib olgan aqidaparast oqimlar Markaziy Osiyo mamlakatlari, xususan, O‘zbekistondagi ijtimoiy-siyosiy vaziyatga salbiy ta’sir o‘tkazishga harakat qilmoqda. So‘nggi yillarda “jihodchilar”, soxta “salafiylar” kabi diniy-siyosiy guruhlar, shuningdek, “Xizbu tahrir” diniy-ekstremistik guruhi respublikamizda faol harakat qilishga urinmoqdalar. So‘nggi yillarda mutaassib oqimlar yoshlar ichidagi faoliyatini xorijiy mamlakatlardagi mehnat migrantlarini ta’sir doirasiga olish, “Internet” orqali targ‘ibot o‘tkazish, oila a’zolari, yaqinlari va qo‘shnilarini o‘z guruhiga tortish, yashirin “hujralar” tashkil etish, diniy-ekstremistik mazmundagi materiallarni bosma, elektron ko‘rinishda tarqatish kabi usullarda amalga oshirmoqda. Ayniqsa, “jihodchi” guruhlar o‘z safiga yangi shaxslarni jalb etishda internet va ijtimoiy tarmoqlardan keng foydalanmoqda. Turli internet saytlari, “Odnoklasnik”, “Tvitter” kabi ijtimoiy saytlarda tashkil etilgan turli nomlardagi forum va guruhlar, “You Tube” portalidan keng foydalanilmoqda. Mazkur guruhlarning targ‘ibotchilari ko‘p vaqtini internetda o‘tkazuvchi, vaqtincha ishsiz, xorijda pul topish ilinjida yurgan va ijtimoiy holatdan norozi shaxslarni o‘z saflariga qo‘shish maqsadida ular bilan go‘yoki “musulmonlarning azoblanayotgani” suhbatlar olib boradilar. Tinchlikni asrash hushyorlik va ogohlikni talab qiladi. Shu nuqtai-nazardan, globallashuv jarayonlari shiddatli tus olgan hozirgi zamonda xalqimizda, ayniqsa, yoshlarda milliy g‘urur, iftixor, tuyg‘usini, yanada chuqurroq shakllantirish, yot g‘oyalardan saqlovchi mafkuraviy immunitet shakllantirish O‘zbekistondek buyuk Vanatimiz kelajagiga o‘zini ma’sul hisoblovchi barcha yurtdoshlarimizning, shu jumladan, diniy soha xodimlarining muhim vazifasi bo‘lishi kerakligini ta’kidlab o’z so’zini yakunladi.Yig’ilish kun tartibidagi masala bo’yicha

Download 19.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling