Baholash ishi


Xulosa ……………………………………………………………………………70


Download 127.64 Kb.
bet2/16
Sana26.08.2023
Hajmi127.64 Kb.
#1670383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-kurs. hisobot1 (2)

Xulosa ……………………………………………………………………………70
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ……………………………………………72

KIRISH

Men Olimjonova Feruza Umid qizi 2023-yilning 13-maydan 10-iyunga qadar ”Xalq Bank” ATBda bitiruv oldi amaliyotimni o’tadim. Bitiruv oldi malakaviy amaliyotining maqsadi 5231500 –“Baholash ishi” ta’lim yo’nalishi talabalarining nazariy jihatdan olgan bilimlarini amaliyot bilan bog’lash, bitiruv oldi malakaviy ishi mavzusiga oid ma’lumotlarni to’plash, baholash faoliyatidagi jarayonlarni o’rgangan holda, mulklarni baholashda yondashuvlarni tanlash va ulardan foydalanishni o`zlashtirish, so`ngi qarorni qabul qilish asosida xulosada aks ettirish, yakuniy hisobotni tuzish qobiliyatini shakllantirishdan iborat.


Bitiruv malakaviy ishi oldi amaliyotiga borshimdan maqsadim quyidagilardan iborat:

  • bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo’yicha me’yoriy-huquqiy hujjatlar bilan tanishish va o’rganish,

  • bitiruv malakaviy ishi mavzusi bo’yicha amaliy ma’lumotlarni o’rganish, qayta ishlash, tahlil qilish va qarorlar qabul qilish,

  • bitiruv malakaviy ishi mavzusiga oid tizimdagi yangiliklar va amalga oshirilayotgan islohatlarning asosiy yo’nalishlari va mazmunini o’rganish, bitiruv

  • malakaviy ishi va bitiruv oldi hisobotlarini tayyorlash.

Shu bilan birga, bitiruv oldi amaliyoti davrida tashkilotlar va muassasalarni amaliy faoliyati bilangina emas, balki ushbu tashkilotlarning jamoat ishlari bilan ham yaqindan tanishish, ularda faol ishtirok etishlari maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Prezidentimiz ta’kidlaganlaridek bugungi kunda dunyo jadallik bilan rivojlanib borayotgan bir vaqtda har bir soha har tomonlama zamonaviy bilimga ega va ularni amalda qo’llay oladigan, qobiliyatli, yuqori malakaga ega bo’lgan kadrlarni talab etadi. Bu esa shuni anglatadiki, bizning oliygohda o’rganayotgan nazariy bilimlarimizni amalda qo’llay olish o’quv dasturida belgilangan amaliyotni amalda o’tash bilan bevosita bog’liqdir.
Ushbu Hisobotda O'zbekiston Respublikasining mulkni baholashni standartlashtirish bo'yicha xalqaro qo'mitasi va Yagona Milliy Baholash standartlari baholash amaliyotini tartibga soluvchi O'zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlar asosida tuzilgan. Yagona Milliy Baholash Standarti O’zbekiston Respublikasining “Baholash faoliyati to’g’risida”gi Qonuni, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 2-martdagi PF-5953-son “2017 – 2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to’g’risida”gi Farmoni, 2019-yil 1-iyuldagi PQ-4381-son “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi qarori  xalqaro baholash standartlari tamoyillari asosida ishlab chiqilgan bo’lib, O’zbekiston Respublikasidagi baholash faoliyatini normativ jihatdan tartibga solinishini belgilashini bilib oldim.
Baholash jarayoni - bu baholanadigan ob'ekt qiymatining taxminiy qiymatini olish uchun ishlatiladigan bir qator bosqichlarni o'z ichiga olgan protseduralarning ma'lum bir ketma-ketligi. Baholash jarayoni ma'lumotlar yig'ish va tahlil qilish, hisob-kitoblarni amalga oshirish va natijalarni hisobot hisobotida bayon qilish texnikasining to'plamini o'z ichiga oladi, bu baholash uchun taxminiy ahamiyatga ega.
Har qanday baholash ob'ektining qiymatini aniqlash uchun, ham bozor qiymati, ham bozorga tegishli bo'lmagan qiymatlar, baholovchi baholash uchun bir yoki bir nechta yondashuvlarni qo'llaydi. Baholash yondashuvi keng tarqalgan umumiy qabul qilingan analitik metodologiya sifatida tushuniladi.
Bitiruv oldi amaliyotga borishdan maqsad shundan iboratki, biz talabalarining mutaxassislik fanlardan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliyot bilan mustahkamlash, tegishli ishlab chiqarish jarayonlaridagi texnologiyalarni (ishlarni) bajarish, hamda sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni hosil qilishdan iboratdir.


  1. Download 127.64 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling