Baholash ishi
Mulk qiymatini baholash hisobotini tuzish jarayoni
Download 127.64 Kb.
|
4-kurs. hisobot1 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1.1. Baholash vazifasi
Mulk qiymatini baholash hisobotini tuzish jarayoni
Baholash natijalari baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga muvofiq tuzilgan va baholovchi tashkilotning baholash obyekti qiymati xususidagi yig‘ilgan axborot va hisoblashlar asosida tasdiqlangan professional mulohazasini o‘z ichiga olgan baholash to‘g‘risidagi hisobot sifatida rasmiylashtirilishi lozim. Hisobot baholash milliy standartlari talablariga muvofiqlik haqidagi bayonotni va ulardan har qanday chetga chiqish haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi lozim. Baholash to‘g‘risidagi hisobotni tuzishda quyidagi qoidalarga rioya etish lozim: baholash obyekti qiymatini aniqlash uchun yetarli bo‘lgan barcha ochiq axborot hisobotda bayon etilishi lozim; baholash to‘g‘risidagi hisobotning mazmuni mazkur hisobotdan foydalanuvchilarni chalg‘itmasligi, shuningdek har xil talqinlarga yo‘l qo‘ymasligi kerak; baholash to‘g‘risidagi hisobotda ifodalangan materiallar tarkibi va ketma-ketligi, baholash jarayoni tavsifi, hisoblashlar va ularga izohlar baholash to‘g‘risidagi hisobotdan foydalanuvchiga qiymatni hisoblashni amalga oshirish imkoniyatini berishi va uni ayni shu natijalarga keltirishi lozim; baholash jarayonida oraliq va yakuniy natijalarni aniqlashda foydalanilmagan axborot, agar u baholash faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlarining talablariga binoan majburiy bo‘lmasa, baholash to‘g‘risidagi hisobotda keltirilishi mumkin emas. Biznes qiymatini baholash to‘g‘risidagi hisobot quyidagi asosiy bo‘limlardan iborat bo‘lishi lozim: titul varag‘i; mundarija; umumlashtiruvchi qism (ilova xat); baholash haqidagi vazifa hamda asosiy faktlar va xulosalar; mamlakat va mintaqadagi umumiy iqtisodiy vaziyat tavsifi; baholash obyekti mansub bo‘lgan tarmoq va bozor tavsifi; biznes (korxona) tavsifi; korxona moliyaviy hisoboti ma’lumotlari tahlili; baholash yondashuvlari va usullarining tanlanishi va qo‘llanilishi tavsifi; baholash obyektining yakuniy qiymatini aniqlash; ilovalar. Baholash to‘g‘risidagi hisobot wu tartibda bo’ladi, ya’ni baholovchi (baholovchilar) tomonidan sahifama-sahifa raqamlangan va imzolangan, ipdan o‘tkazilgan, shuningdek baholovchi tashkilot rahbarining imzosi va shu tashkilot muhri bilan (muhr mavjud bo‘lgan taqdirda) tasdiqlanishi lozim3. Baholash to‘g‘risidagi hisobotga ilovalar baholovchi baholash to‘g‘risidagi hisobotni tayyorlash jarayonida foydalangan hujjatlarning nusxalarini, shuningdek, baholovchi tashkilot litsenziyasi, baholovchilarning malaka sertifikatlari va fuqarolik majburiyati sug‘urta polisining nusxalarini o‘z ichiga olishi lozim. Men Olimjonova Feruza bitiruv oldi amaliyotimni “Xalq banki” ATBda o’tadim. Bank haqida toliq ma’lumotlarga ega bo’ldim. Bugungi kunda Xalq banki O'zbekiston bank tizimining muhim bo'g'ini hisoblanadi. Uning 196 ta hududiy va tuman (shahar) filiallari, 106 ta Bank xizmatlari markazlari va 2260 ga yaqin kassalar iqtisodiyotning real sektoriga – kichik biznes subyektlari va aholiga keng qamrovli bank xizmatlarini ko'rsatib kelmoqda. Xalq bankining asosiy vazifalaridan biri O'zbekistonning keksa fuqarolarini nafaqalar bilan o'z vaqtida ta'minlashdan iborat. O'zbekiston Respublikasi «Fuqarolarning jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti to'g'risida»gi Qonuniga asosan fuqarolarning davlat pensiya ta'minotiga qo'shimcha tariqasida jamg'arib boriladigan pensiya ta'minoti tizimi yo'lga qo'yilgan. Xalq banki yagona, o'z filiallarini bir-biri bilan bog'lovchi va yetarlicha himoyalovchi elektron baza yaratish uchun ko'p ishlarni amalga oshirdi. Xalq banki doimiy ravishda o'z oldiga yangi strategik maqsad va vazifalarni qo'yib keladi. Ayni paytda mazkur qadam mijozlarga xizmat ko'rsatishning sifat jihatidan yangi darajasiga chiqishga, raqobatbardosh pozitsiyaga erishishga, investitsion jozibadorlikni ta'minlashga, boshqaruv va texnologik jarayonlarni modernizatsiyalash hisobiga moliya xizmatlar bozorida qator ko'rsatkichlar bo'yicha peshqadam pozitsiyani egallashga xizmat qilmoqda. Bank kapitali Bankning moliyaviy ko‘rsatkichlarimiz barqaror o‘sish dinamikasiga ega. Bugungi kunda Xalq bankining jami kapitali 5 647 073 mln. so‘mni tashkil qiladi. 2021-yil 1-noyabriga nisbatan 8 % ga o‘sgan. Jalb qilingan aholi omonatlari 2022-yilning 1-noyabr holatiga aholi omonatlari 8 278 295, 34 mln. so‘m bo‘lib, 2021-yil 1-noyabriga nisbatan 14,5 foizga o‘sgan. Bank kredit qo‘yilmalari 2022 - yilning 1- noyabr holatiga bankning kredit qo‘yilmalari 21 184 082,0 mln. so‘m bo‘lib, 2021-yilning 1- noyabriga nisbatan 2,5 % ga oshgan. Bank strukturasi Xalq banki filiallari – 187 ta; Bankdan tashqari tashkil etilgan kassalar – 26 ta; 24/7 shoxobchalari – 465 ta; Bank xizmatlari markazlari – 86 ta; Valyuta ayirboshlash shoxobchalari – 233 ta; Xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari – 269 ta; Bank kassalari (jamg‘arma kassa, maxsus kassa, universal kassa va boshqalar) – 590 ta; Ko‘chma (sayyor) kassalar – 1443 ta. Bank o‘z aksiyalarini sotib olish uchun Markaziy bankdan oldindan ruxsat olishi shart. Bank sotib olgan o‘z aksiyalarining miqdori bank ustav kapitalining o‘n foizidan oshmasligi kerak. Bank o‘z aksiyalarini sotib olish uchun oldindan ruxsat olish maqsadida bank o‘z aksiyalarini sotib olish sabablarini ko‘rsatib, bank aksiyadorlarining umumiy yig‘ilishining qarori va arizasini Markaziy bankka taqdim etadi. Amaliyot davri mobaynida “IPRICE” MCHJ tomonidan baholangan noturar joy baholash hisobotini oldim. Keyin amaliyot joyidagi rahbarim bilan birgalikda o’rgandim. Biz yer uchaskasini bozor qiymatini aniqlash maqsadida baholadik. Baholashning maqsadi: kreditni garov bilan ta'minlash uchun Baholanayotgan qiymat turi: Bozor qiymati. Baholanayotgan yer uchastkasi binosini baholashda daromad, xarajat va qiyosiy yondashuvlardan foydalanilgan. Ishni birinchi bo’lib, baholash ob’ektning kadastr hujjati hamda kompaniyaning vakillari tomonidan tuzilgan dalolatnoma ko’rib chiqildi. Baholash ob’ektni xarajat yondashuvi asosida qiymatini aniqlashda kadastr hujjatida mavjud literlar asosida har bir bino alohida baholab chiqiladi. Baholanayotgan obʼektlarning xarajat yondashuvida baholash jarayonida jamiyat tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlar asos qilib olindi. Er uchastkasiga mulkiy huquqlar qiymatini hisoblash baholash ob'ekti tarkibiga kiradigan yer uchastkasiga mulkiy huquqlarning qiymatini aniqlashda ushbu yer uchastkasi undan eng samarali foydalanish taxminiga ko'ra bepul (yaxshilanishsiz) hisoblanadi. Baholanayotgan yer uchaskasi haqidagi to’liq ma’lumot quyidagi jadval asosida keltirilgan:
Download 127.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling