Baholash ishi


Baholash faoliyati jarayonida qo’llaniladigan Yagona baholash milliy standartlari


Download 127.64 Kb.
bet6/16
Sana26.08.2023
Hajmi127.64 Kb.
#1670383
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
4-kurs. hisobot1 (2)

Baholash faoliyati jarayonida qo’llaniladigan Yagona baholash milliy standartlari

O'zbekiston Respublikasining Yagona milliy baholash standarti 2020 yil 4 iyun kuni davlat ro'yxatidan o'tkazildi. Standart eng yaxshi xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda, baholashning xalqaro tamoyillari asosida, mulkchilik shaklidan qat'i nazar ob'ektlarni baholashning yagona milliy standartlariga muvofiq tayyorlandi.
Mazkur me'yoriy hujjat davlatimiz rahbarining Harakatlar strategiyasini “Ilm, ma'rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida”gi Farmoni va 2019 yil 1 iyuldagi “Baholash faoliyatini yanada takomillashtirish hamda past rentabelli va faoliyat yuritmayotgan davlat ishtirokidagi korxonalarni sotish mexanizmlarini soddalashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqildi.
Standart eng yaxshi xorijiy amaliyotni hisobga olgan holda, baholashning xalqaro tamoyillari asosida, mulkchilik shaklidan qat'i nazar ob'ektlarni baholashning yagona milliy standartlariga muvofiq tayyorlandi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan standart loyihasini ishlab chiqish yuzasidan ishchi guruh va ekspertlar tarkibi tuzildi. Ishchi guruhga malakali mutaxassislar, baholovchi jamoat tashkilotlari a'zolari va baholovchilar jalb qilindi. SHuningdek halqaro kompaniya, tashkilotlar mutaxassislari ekspert sifatida taklif etildi.
Ushbu Standart baholash faoliyatini amalga oshirish, shu jumladan mulkni baholash tartibi, qiymat turlari, baholash ob'ekti, baholashga oid yondashuvlar va baholash usullarini belgilash, shuningdek barcha mulkchilik shakllaridagi mulk qiymatini baholashni o'tkazish tartibini belgilaydi.
Mazkur hujjat milliy baholash standartlarini xalqaro baholash standartlari tamoyillariga muvofiqlashtirish hamda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 8 avgustdagi PF–5505-son Farmoni bilan tasdiqlangan Norma ijodkorligi faoliyatini takomillashtirish kontseptsiyasiga asosan amaldagi 13 ta idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarni unifikatsiya qilishni nazarda tutadi.
Yagona milliy baholash standarti baholash faoliyatida foydalaniladigan printsiplar, atamalar va tariflar, baholashga oid vazifa, baholash jarayonida o'tkaziladigan o'rganishlar va tahlillar, baholash haqidagi hisobotni tuzish, baholash bazalari, baholash yondashuvlari va usullari, biznesni va biznesda ishtirok etish huquqini baholash, ko'chmas mulkni baholash, nomoddiy aktivlarni baholash, tovar-moddiy zaxiralarni baholash, mashina va uskunalarni baholash, xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholash kabi tarkibiy tuzulmalardan iborat.1
Baholash standarti mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishining o‘ziga xos jihatlarini aks ettiradigan aktivlar qiymatini baholash normalari, qoidalari, metodikalarini ifodalaydi. Hujjat Xalqaro baholash standartlari prinsiplariga asosan eng yaxshi xorijiy amaliyotlarni hisobga olgan holda ishlab chiqilgan, deb yozadi Norma.
YaMBS – bu baholashga oid vazifalarni bajarish uchun mo‘ljallangan standart bo‘lib, ular respublika qonun hujjatlari doirasida baholash amaliyotida ishonchlilik, ochiq-oshkoralik va kelishuvni ta'minlaydi.
Har bir milliy baholash standarti bir yoki bir nechta vazifalarni hal etadi va quyidagilarni belgilaydi:

  • baholash faoliyatida foydalaniladigan prinsiplar va atamalar;

  • baholashga oid vazifalarni bajarish va baholash bo‘yicha hisobotlar tuzish bo‘yicha umumiy talablar;

  • hisobga olinishi lozim bo‘lgan aniq mulohazalar hamda aktivlar yoki majburiyatlar turlarini baholash uchun keng foydalaniladigan usullar.

Hujjat baholash YaMBSga muvofiq o‘tkazilishi uchun rioya etilishi lozim bo‘lgan majburiy talablarni o‘z ichiga oladi. Standart bo‘limlarida baholash o‘tkazishda hisobga olinadigan asos bo‘luvchi prinsiplar va konsepsiyalar aks ettiriladi.
YaMBS tuzilmasi ikkita asosiy qismga – umumiy baholash standartlari va aktivlarni baholash standartlariga bo‘linadi.
Umumiy baholash standartlari oltita hujjatni o‘z ichiga oladi:
1-son MBS «Baholash faoliyatida foydalaniladigan prinsiplar, atamalar va tariflar»;
2-son MBS «Baholashga oid vazifa»;
3-son MBS «Baholash jarayonida o‘tkaziladigan o‘rganishlar va tahlillar»;
4-son MBS «Baholash haqidagi hisobotni tuzish»;
5-son MBS «Baholash bazalari»;
6-son MBS «Baholash yondashuvlari va usullari».
Aktivlar qiymatini baholash standartlari beshta hujjatni o‘z ichiga oladi:
7-son MBS «Biznesni va biznesda ishtirok etish huquqini baholash»;
8-son MBS «Ko‘chmas mulkni baholash»;
9-son MBS «Nomoddiy aktivlar va intellektual mulkni baholash»;
10-son MBS «Mashina va uskunalarni baholash»;
11-son MBS «Tovar-moddiy zaxiralarni baholash»;
12-son MBS «Xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini baholash»;
13-son MBS «Baholovchilar ishining sifatini nazorat qilishning ichki qoidalariga qo‘yiladigan umumiy talablar».
Arkadiy Matyashin, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari hujjatni sharhlayotganida, har qanday baholash standarti xuddi ko‘paytirish jadvali singari har tomonlama qo‘llanadigan darajada universal emasligini ta'kidlab o‘tdi. Aslida ham shunday, u baholovchiga yordam berishi mumkin, biroq bunda baholovchidan nafaqat muayyan bilim va tajriba, balki nostandart fikr-mulohaza yuritgan holda baholashga o‘zgacha yondashuv yo‘llarini o‘ylab ko‘rish mahorati ham talab etiladi.
Iqtisodiy islohotlarning yangi bosqichida baholash faoliyati oldiga baholashda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, milliy standartlarni xalqaro standartlarga maksimal darajada yaqinlashtirish, baholash natijalarini xorijiy investorlar uchun yanada tushunarli bo‘lishini ta'minlash, baholash xizmatlari sifatini yanada oshirish va mahalliy baholashning xorij bozorlariga olib chiqish imkoniyatini yaratish vazifalari qo‘yildi.
Xalqaro baholash standartlari quyidagi prinsiplarga asoslanadi: mustaqillik, xolislik, insoflilik, malakalilik va maxfiylik. Barcha ko‘rsatib o‘tilgan prinsiplarga rioya etilgan holda milliy standartlar ishlab chiqilgan. Bunda 2020 yildagi so‘nggi o‘zgartirishlar va qo‘shimchalarni hisobga olgan holda 2017 yilgi tahrirdagi Xalqaro baholash standartlaridan foydalanilgan.
YaMBSning eng muhim jihati shundaki, u turli aktivlarni (biznes, ko‘chmas mulk, nomoddiy aktivlar va intellektual mulk, mashina va uskunalar, tovar-moddiy zaxiralar, xususiylashtirish maqsadida davlat uy-joy fondini) baholash bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy baholash standartlarini qo‘llash metodikasini o‘z ichiga oladi.
Ushbu Metodika mukammal hisoblanmaydi. U O‘zbekiston Respublikasi mol-mulkini baholashda minimal darajadagi zaruriy yondashuvlar va usullarni o‘z ichiga olgan. Baholovchilar baholash faoliyati va milliy baholash standartlari to‘g‘risidagi qonun hujjatlariga zid kelmaydigan, jahon amaliyotida qo‘llaniladigan boshqa yondashuv va usullardan foydalanishga haqlidir.2

Download 127.64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling