Baholash ishi
Download 127.64 Kb.
|
4-kurs. hisobot1 (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intellektual mulkni baholash
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, ushbu hisobotda qo'llanilgan faktlar, taxminlar va baholash usullariga asoslanib, biz quyidagi xulosaga kelingan: baholanayotgan ob'ektning bozor qiymatining kelishilgan qiymati baholash sanasida (yaxlitlashni hisobga olgan holda): 4 180 426 000,00 (To'rt milliard bir yuz sakson million to'rt yuz yigirma olti ming so'm). Baholash O'zbekiston Respublikasining "Baholash faoliyati to'g'risida" gi qonuniga muvofiq amalga oshirildi va baholovchilar tomonidan foydalanish uchun majburiy bo'lgan baholash standartlari bilan keltirilgan hisob-kitob va xulosalarga asoslanadi. Intellektual mulkni baholash Intellektual mulk obyektini baholash Mol-mulkni baholash milliy standartlariga muvofiq baholovchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi va baholash hisoboti bilan rasmiylashtiriladi. Intellektual mulk obyektining qiymati uch yondashuv bilan, ya’ni daromadli, xarajatli, qiyosiy yondashuvlar bilan aniqlanadi. Baholashning uch yondashuvidan birini qo‘llash mumkin bo‘lmagan taqdirda baholovchi tashkilot u yoki bu yondashuvni qo‘llash rad etilishini zarur ravishda baholash hisobotida asoslashi kerak. Daromadli yondashuv- bu baholash obyektidan kutilayotgan daromadlarni aniqlashga asoslangan baholash obyektining qiymatini baholash uslublari majmuidir. Daromadli yondashuv intellektual mulk obyektidan foydalanishdan daromad (foyda) olish ehtimollari mavjud bo‘lgan hollarda qo‘llanadi. Intellektual mulk obyektidan foydalanishdan tushgan daromadlar intellektual mulk obyektidan foydalanish huquqi topshirilgan huquq egasi tomonidan ma’lum davr uchun olinadigan pul tushumlari va pul to‘lovlari (kelgusida — pul oqimi deb yuritiladi) orasidagi farqdir. Intellektual mulk obyektidan foydalanish huquqi topshirilganligi uchun to‘lovlarning hajmi bitim taraflari barcha zarur ma’lumotlarga ega bo‘lgan holda oqilona harakat qilgan paytda kelib chiqadigan eng ko‘p ehtimoliy mazmun asosida hisoblab chiqiladi va to‘lovlarning hajmida qandaydir favqulodda holatlar aks etmaydi. Intellektual mulk obyektidan foydalanishdan olinadigan asosiy foydalar quyidagilardir: mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni ishlab chiqarish va sotishda va (yoki) asosiy va aylanma mablag‘larga sarmoya kiritishdagi xarajatlardan tejash, shuningdek xarajatlarni amalda kamaytirish, intellektual mulk obyektidan foydalanish huquqini qo‘lga kiritishda xarajatlarning bo‘lmasligi (masalan, litsenzion to‘lovlarning yo‘qligi, litsenziarga daromaddan eng ko‘p ehtimoldagi ulushni ajratish zaruratining bo‘lmasligi); ishlab chiqarilayotgan dona mahsulotning (ish, xizmat) narxini oshirish; ishlab chiqarilayotgan mahsulotning (ish, xizmat) sotuv hajmini oshirish; soliqlar va (yoki) boshqa majburiy to‘lovlarni kamaytirish; qarz evaziga xizmat ko‘rsatish to‘lovlarini kamaytirish; baholash obyektini ishlatishdagi pul oqimini olishdagi tavakkalchilikni kamaytirish; baholash obyektidan foydalanishdagi pul oqimining vaqtinchalik tuzilishini yaxshilash; foydalarning boshqa shakllari va ko‘rsatilgan shakllarning turli kombinatsiyalari. Baholanadigan intellektual mulk obyektidan foydalanishdan tushadigan daromadlar to‘g‘ridan to‘g‘rihuquq egasi intellektual mulk obyektini ishlatmagan holda olgan pul oqimi hajmi, tavakkalchiligi va tushum vaqtini intellektual mulk obyektidan foydalanishdan tushadigan pul oqimining hajmi, tavakkalchiligi va tushum vaqti bilan solishtirish orqali aniqlanadi. Qiyosiy yondashuv — bu baholash obyektini unga nisbatan bitimlari qiymatlari to‘g‘risida ma’lumotlariga ega bo‘lgan boshqa shunga o‘xshash obyektlar bilan solishtirish orqali baholash obyektining qiymatini baholash uslublari majmuidir. Qiyosiy yondashuvni qo‘llash baholash obyektlarining (kelgusida — o‘xshash) o‘xshash narxlari haqidagi ishonchli va to‘liq ma’lumot hamda ular bilan amalga oshiriladigan bitimlarning haqiqiy shartlari mavjud bo‘lgan taqdirda amalga oshiriladi. Bunda bitimlar qiymatlari, taklif va talab haqidagi ma’lumotlardan foydalanilishi mumkin. Intellektual mulk obyektini qiyosiy yondashuvni qo‘llash yordamida baholash shunga o‘xshash obyektlar qiymatlarini baholanayotgan intellektual mulk obyektining farqlariga qarab tuzatish orqali amalga oshiriladi. Qiyosiy yondashuvni qo‘llagan holda qiymatni aniqlash quyidagi asosiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi: baholash obyektini shunga o‘xshash obyektlar bilan solishtirishdagi elementlarni aniqlash (kelgusida solishtirish elementlari deb yuritiladi); baholanayotgan intellektual mulk obyektining har bir solishtirish elementlari bo‘yicha shunga o‘xshash har bir obyektdagi xususiyat va farqlari darajasini aniqlash; baholanayotgan intellektual mulk obyektining shunga o‘xshash har bir obyektdagi solishtirish elementlari bo‘yicha tegishli xususiyatlar va farqlari darajasiga mos ravishda shunga o‘xshash obyektlar qiymatlaridagi tuzatishlarni aniqlash; har bir shunga o‘xshash obyekt qiymatining har bir solishtirish elementlari bo‘yicha ularning baholanayotgan intellektual mulk obyektidan farqi bo‘yicha tuzatish; shunga o‘xshash obyektning tuzatilgan qiymatlarini asosli umumlashtirish yo‘li bilan intellektual mulk obyektining qiymatini hisoblash. Solishtirish elementlariga baholash obyekti qiymatidagi omillar (baholash obyekti qiymatiga ta’sir qiluvchi omillar) va intellektual mulk obyektlariga oid bitishuvlar bozorida vujudga keladigan tavsif va xususiyatlar taalluqlidir. Solishtirishning eng muhim elementlari, qoidaga ko‘ra, quyidagilardir: intellektual mulk obyektining baholanayotgan mulkiy huquqlari hajmi; intellektual mulk obyektiga oid bitishuvlarni moliyalashtirish shartlari (shaxsiy va qarzga olingan mablag‘lar nisbati, qarz mablag‘larini taqdim etish shartlari); shunga o‘xshash obyekt bo‘yicha bitishuv tuzish sanasidan boshlab baholashni o‘tkazish sanasiga qadar davrda intellektual mulk obyektlari narxlarining o‘zgarishi; intellektual mulk obyekti ishlatilgan yoki ishlatiladigan soha taqdim etiladigan huquqlar ta’siri tarqaladigan hududlar; baholash obyektiga nisbatan shunga o‘xshash obyektlarning jismoniy, funksional, texnologik, iqtisodiy tavsiflari; intellektual mulk obyektidan foydalanish orqali ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulotga bo‘lgan talab; raqobatli takliflarning mavjudligi; intellektual mulk obyektidan foydalanish orqali ishlab chiqarilgan mahsulotlarni (ish, xizmat) sotishning nisbiy hajmi; intellektual mulk obyektini foydali ishlatish muddati; intellektual mulk obyektini o‘zlashtirishga qilingan xarajatlar darajasi; intellektual mulk obyektiga oid bitishuvlarni tuzishdagi to‘lov shartlari; intellektual mulk obyektiga oid bitishuvlarni tuzish holatlari. Xarajatli yondashuv — bu mulkning eskirganligini inobatga olgan holda baholash obyektini tiklash yoki almashtirish uchun zarur bo‘lgan sarf-xarajatlar miqdorini belgilashga asoslangan baholash uslublar majmui. Xarajatli yondashuvni qo‘llash baholash obyektini tiklash yoki almashtirish imkoni mavjud bo‘lganda amalga oshiriladi. Xarajatli yondashuvni qo‘llash orqali baholash quyidagi asosiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi: baholash obyektiga shunga o‘xshash yangi baholash obyektini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini aniqlash; baholash obyektining shunga o‘xshash yangi obyektga nisbatan eskirganligi hajmini aniqlash; baholash obyekti qiymatini unga nisbatan shunga o‘xshash yangi baholash obyektini yaratish uchun sarflanadigan xarajatlar miqdorini chegirib tashlash yo‘li bilan hisoblash. Baholash obyektiga nisbatan unga o‘xshash yangi obyektni yaratishga qilingan xarajatlar summasi bevosita va bilvosita intellektual mulk obyektini yaratish va uni foydalanishga yaroqli holga keltirish, shuningdek intellektual mulk obyektining yaratilishida kapital kiritganligi uchun beriladigan eng ko‘p ehtimoliy mukofoti hajmi ko‘rinishidagi sarmoyadorning daromadini o‘z ichiga oladi. Baholash obyektiga nisbatan unga o‘xshash yangi intellektual mulk obyektini yaratishga qilingan xarajatlar summasi huquq egasi tomonidan ilgari baholanayotgan intellektual mulk obyektini yaratishga amalda sarflangan xarajatlarni indeksatsiyalash yoki baholash obyektiga nisbatan unga o‘xshash yangi intellektual mulk obyektini yaratish uchun zarur bo‘lgan barcha manbalarni (elementlar, xarajatlarni) baholash kunidagi narxlar va tariflar bo‘yicha kalkulatsiya qilish yo‘li bilan belgilanishi mumkin. Indeksatsiyalashni o‘tkazishda xarajatlar elementlari bo‘yicha narxlarning o‘zgarib borishi indekslaridan foydalanish shart. Xarajatlar elementlari bo‘yicha narxlarning o‘zgarib borishi indekslari haqida hammabop ishonchli ma’lumotlar mavjud bo‘lmaganda O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasining tegishli sanoat tarmoqlari bo‘yicha narxlar o‘zgarishi indekslari bo‘yicha axborotlaridan foydalanilishi mumkin. Sarmoyadorning daromadi baholanayotgan intellektual mulk obyektini yaratish uchun zarur unga nisbatan sarmoya kiritish tavakkalchiligi darajasi va vaqt davri bo‘yicha eng ko‘p ehtimolli o‘xshash kapitalning samara berishiga kiritgan miqdorlardan kelib chiqqan holda ko‘zda tutilgan bo‘lishi mumkin. Xulosa qilib aytganda, intellektual mulk obyektining eskirganligi umuman olganda baholash obyektiga nisbatan unga o‘xshash yangi obyektning foydali ishlatilishi muddatini va mavjud baholash obyektining foydali ishlatilishi qolgan muddatini baholash asosida belgilanishi mumkin. Bunda intellektual mulk obyektini foydali ishlatish muddati shartnoma asosida intellektual mulk obyekti foydalanishga berilgan huquq muddati yoki intellektual mulk obyekti huquq egasining shaxsiy ishlab chiqarishida (biznesida) ishlatishi mumkin bo‘lgan davridagi muddat deb belgilanishi mumkin. Download 127.64 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling