Baholash ishi va investitsiyalar
Biznes qiymatini baholashning bosqichlari va ularni amalga
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari
2.2. Biznes qiymatini baholashning bosqichlari va ularni amalga oshirishda axborotlar tizimini shakllantirish jihatlari Biznes qiymatini baholash quyidagi bosqichlardan iborat bo‘lgan murakkab va ko‘p mehnat talab etadigan jarayon: I. Muammolarni aniqlash. Baholashning mazkur bosqichi quyidagi kichik bosqichlardan iborat: korxonani identifikatsiyalash, baholash predmetini aniqlash, baholash sanasini belgilash, baholash maqsadlari va funksiyalarini ifodalash, qiymat turini aniqlash, buyurtmachinichegaralovchi shartlar bilan tanishtirish. II. Korxonani oldindan ko‘zdan kechirish va baholash uchun shartnoma tuzish. Quyidagi kichik bosqichlarni o‘z ichiga oladi: korxonani oldindan ko‘zdan 34 kechirish, dastlabki axborot manbalarini aniqlash, baholash uchun topshiriq va taqvim rejasini tuzish, baholash uchun shartnoma tayyorlash va tuzish. III. Axborot yig‘ish va tahlil qilish. Baholashning mazkur bosqichini quyidagi kichik bosqichlarga ajratish mumkin: umumiy ma‘lumotlarni yig‘ish va tartibga solish, maxsus ma‘lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish, eng yaxshi va eng samarali foydalanishni tahlil qilish. IV. Bozor konyukturasini tahlil qilish. Bozor konyukturasi-bu shart- sharoitlar yig‘indisi ta‘siri ostida ushbu lahzada yoki qandaydir vaqt oralig‘ida yuzaga kelgan bozordagi vaziyat. V. Baholash usullarini tanlash va ularni tahlil etilayotgan korxonani baholash uchun qo‘llash. Baholash ishlarining usbu bosqichi baholash jarayonidagi muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Shu munosabat bilan turli yo‘nalishdagi korxonalarni baholashdagi turli yondashuvlar va usullardan foydalanish masalalari ―Biznesni baholashda qo‘llaniladigan asosiy yondashuvlar va usullar‖ bobida batafsil ko‘rib chiqilgan. VI. Turli yondashuvlar yordamida olingan natijalarni muvofiqlashtirish. Qiymatni baholashdagi har bir yondashuv chog‘ida foydalanilgan ma‘lumotlarning ishonchliligi, ularning bozor sharoitlariga moslashuvchanligini tahlil qilish asosida har bir qo‘llaniladigan yondashuvning salmog‘I belgilanadi va korxona qiymatining yakuniy bahosi aniqlanadi. VII. Biznes qiymatini baholash bo‘yicha hisobotlarni tayyorlash. Biznes qiymatini baholash bo‘yicha hisobot yozma shaklda tayyorlanadi. Odatda, bir vaqtning o‘zida ikkita shakldan foydalaniladi-to‘liq hisobot va xulosa. Yuqoridagi bosqichlardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki, biznesni baholashda axborot bazasini tayyorlash juda muhimdir. Baholash jarayonida foydalaniladigan axborot ishonchlilik, aniqlik va tizimlilik talalablariga javob berishi lozim. Shu bilan birga, u korxonadagi vaziyatni ishonchli tarzda aks ettirishi, baholash maqsadlariga aniq mos kelishi va baholanayotgan korxona faoliyat ko‘rsatishining tashqi shart-sharoitlarini kompleks tarzda hisobga olishi kerak. Axborot yig‘ish va tashkil etishning yo‘llari 4-rasmda ko‘rsatilgan. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling