Baholash ishi va investitsiyalar


-rasm. Axborot yig’ish va tashkil etishning yo’llari


Download 1.5 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/69
Sana05.01.2022
Hajmi1.5 Mb.
#214321
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69
Bog'liq
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari

4-rasm. Axborot yig’ish va tashkil etishning yo’llari
11
 
 
Axborot  yig‘ishning  xronologik  yo‘li  o‘tgan  davrdan  kelajakka  izchil 
o‘tishni  nazarda  tutadi.  Baholash  chog‘ida  ishlab  chiqarishni  o‘rganish 
kompaniyaning tashkil etilishi tarixidan boshlanishi kerak.  
Jurnalistik  yo‘l  materialni  muhimrog‘idan  kamroq  muhimiga  qarab 
joylashtirishni  nazarda  tutadi.  Moliyaviy  axborotni  tahlil  qilishda,  odatda  barcha 
retrospektiv(ko‘p yillik) axborotdan foydalanishdan ma‘no yo‘q, e‘tiborni esa eng 
muhim nisbat yoki koeffitsiyentlarga qaratish zarur.  
Mantiqiy  tartib  axborotning  umumiydan  xususiyga  tomon  yoki  xususiydan 
umumiyga tomon taqsimlanishini nazarda tutadi. Baholanayotgan korxonani tahlil 
qilishga  kirishishdan  avval  tarmoqdagi  investitsiya  muhitini  aniqlash  imkonini 
beruvchi axborot sharhini o‘tkazish lozim.  
Biznesni  baholash  korxona  qiymatini  investitsiya  tovari  sifatida,  ya‘ni 
avvalgi xarajatlar, joriy ahvol va kelgusi imkoniyatlarni hisobga olgan holda tahlil 
qilshga  asoslangan.  Bunday  kompleks  yondashuvni  amalga  oshirish  uchun  katta 
miqdordagi  axborotni  yig‘ish  va  tahlil  qilish  lozim  bo‘lib,  uni  quyidagi  tarzda 
tasniflash mumkin: 
-  korxonaning  mintaqada,  tarmoqda  va  umuman  iqtisodiyotda  faoliyat 
ko‘rsatishi sharoitlarini tavsiflovchi tashqi axborot; 
-  baholanayotgan  korxonaning  faoliyati  haqida  tasavvurga  ega  bo‘lish 
imkonini beruvchi ichki axborot.  
                                                           
11
Абдураҳмонов И. Рыночная стоимостъ-это стандартная база оценки // Частная собственностъ.-2003.-№6. c-
13.  


 
36 
 
Biznesning  normal  faoliyat  ko‘rsatishi  sotuvlar  hajmi,  olinadigan  foyda  va 
rejalashtirilgan  o‘sishni  ta‘minlash  uchun  moliyaviy  resurslarni  optimal  tarzda 
uyg‘unlashtirishga  asoslangan,  bu  ko‘p  jihatdan  korxona  faoliyat  ko‘rsatishining 
tashqi  sharoitlari  bilan  belgilanadi.  Ularga  makroiqtisodiy  va  tarmoq  omillari 
kiradi,  bular:  inflyatsiya  darajasi,  mamlakatning  iqtisodiy  o‘sish  sur‘atlari, 
tarmoqdagi raqobat shartlari va h.k.  
Tashqi  axborotlar  korxonaning  tarmoqda  va  umuman  iqtisodiyotda  faoliyat 
korsatishi sharoitlarini tavsiflaydi.  
Tashqi axborot hajmi va xususiyati baholash maqsadlariga qarab farq qiladi. 
Hisobotni tuzishda baholovchi tomonidan yig‘ilgan va o‘rganilgan axborot bazasi 
korxona qiymati haqida yakuniy xulosani berish uchun zarur va yetarli ekanligini 
ko‘rsatish  lozim.  Axborotni  optimal  hajmda  va  baholanayotgan  obyektga 
yo‘naltirilgan tarzda berish zarur.  
Makroiqtisodiy  ko‘rsatkichlar  mavjud  iqtisodiy  vaziyat  korxona  faoliyatiga 
qanday  ta‘sir  ko‘rsatayotganligi  yoki  ko‘rsatishi  haqidagi  axborotni  o‘zida 
mujassam  etishi  va  tarmoqdagi  investitsiya  muhitini  tavsiflashi  lozim.  Baholash 
maqsadlariga  qarab  makroiqtisodiy  sharh  baholash  haqidagi  hisobotning  alohida 
bo‘limi  sifatida  ajratilishi  yoki  hisobotning  umumiy  izohida  ko‘rib  chiqilishi 
mumkin.  
Makroiqtisodiy  xatar  omili  bozor  iqtisodiyotiga  ta‘sir  ko'rsatuvchi  tashqi 
voqealardan  yuzaga  keladigan  tizimli  xatarni  hosil  qiladi  va  ushbu  xatarga 
diversifikatsiya  (xatarni  portfel  investitsiyalari  yordamida  va  keng  doiradagi 
qimmatli  qog'ozlarni  xarid  qilish  orqali  qisqartish)  hisobidan  barham  berishning 
iloji yo'q. 
Xatar - bu aniqlik darajasi bo'lib, u bilan kelajakda kutilayotgan natijalarning 
erishilajakligi  tavsiflanadi.  Ta‘rifga  ko'ra,  bashorat  qilinayotgan  miqdordan  har 
qanday  ehtimoliy  chetga  chiqishlar  (+/-)  xatarning  aks  etishi  hisoblanadi.  Xatar 
omilining  tahlili  subyektiv  xususiyatga  ega.  Korxonaning  kelajakda  o'sishiga 
ishonch uning joriy qiymatini pessimistik prognoz tuzuvchi, tahlilchiga qaraganda 
yuqori baholaydi. Boshqacha qilib aytganda, kutilayotgan bo'lajak daromadlar eng 


 
37 
 
yaxshi  baho  atrofida  qanchalik  keng  yoyilsa,  investitsiyalar  shunchalik  xatarli. 
Xatarlarni  baholashdagi  farqlar  korxona  qiymati  haqidagi  xulosalarning  ko'p 
bo'lishiga  olib  keladi.Faoliyati  yuqori  darajadagi  xatar  bilan  bog'liq  korxonaning 
joriy  qiymati  xuddi  shunga  o'xshash,  lekin  kam  xatar  sharoitida  faoliyat 
ko'rsatuvchi  korxonaning  joriy  qiymatiga  qaraganda  past.  Baholash  uchun 
buyurtmalarning  ―aksariyati  yopiq  korxonalar  tahlili  bilan  bog'liq  bo'lib,  ularning 
egalari  o'z  aksiyalarini  ochiq  korxonalar  egalari  kabi  diversifikatsiya  qilmaydi. 
Shuning  uchun  yopiq  turdagi  korxonalarni  baholashda  tizimli  xatarni  tahlil  qilish 
bilan bir qatorda tizimsiz xatar omillari ham hisobga olinishi lozim. Ularga tarmoq 
xatarlari  va  muayyan  korxonaga  investitsiyalash  xatarlari  kiradi.  Makroiqtisodiy 
xatarning asosiy omillarini 5-rasmda ko‘rishimiz mumkin. 

Download 1.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   69




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling