Baholash ishi va investitsiyalar
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari
55 3 - BOB. “ALL HOME”MCHJ NING BOZOR QIYMATINI BAHOLASH 3.1. “All Home”MCHJ ning bozor qiymatini daromadli yondashuv asosida baholash Baholash shartnomasi shartlariga va baholash obyektining xususiyatlariga qarab to‘la mulkdorlik huquqini yoki ayrim mulkiy huquqlarni baholash belgilanishi mumkin. Daromad yondashuvi - Baholash obyekti qiymatini daromadga oid yondashuv bilan aniqlash uchun baholovchi baholash obyektidan kutilayotgan daromadlarni baholash sanasida qiymatning yagona miqdoriga o‗zgartirishga asoslangan quyidagi usullardan birini qo‘llaydi: 1. Pul oqimlarini diskontlash usuli - baholash obyekti qiymati baholash sanasida diskontlash miqdorisi bo‘yicha keltirilgan prognoz davridagi va prognoz davridan keyingi pul oqimlarini qo‘shish yo‘li bilan aniqlanadi; 2. Daromadni kapitallashtirish usuli - baholash obyekti qiymati ayrim davr mobaynida olingan daromad miqdorini shu daromadga muvofiq bo‘lgan kapitallashtirish miqdorisiga bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Korxona kapitalining tuzilishiga (xususiy kapital va jalb qilingan kapitalning o‘zaro nisbatiga) qarab, baholovchi xususiy kapitalga olingan pul oqimidan yoki investitsiyalangan kapitalga olingan pul oqimidan foydalanadi. Bu pul oqimlari soliq to‘lanishidan oldingi yoki soliq to‘langanidan keyingi holatga ko‘ra, nominal yoki real summalarda hisoblanadi. Tugaganidan so‘ng: - yo korxona daromadining o‘zgarish sur‘atlarini barqarorlashtirish; - yo korxonani sotish yoki tugatish mo‘ljallanayotgan davr prognoz davri sifatida olinadi. Xususiy kapitalga olingan pul oqimi uchun diskontlash miqdori quyidagi usullardan biri yordamida hisoblanadi: 56 - kapital aktivlarni hisoblash usuli; - kumulyativ tuzish usuli; - diskontlangan pul oqimini tahlil qilish usuli. Investitsiyalangan kapitalga olingan pul oqimiga diskontlash miqdorisini hisoblash uchun kapitalning o‘rtacha o‘lchangan qiymati usuli qo‘llaniladi. Baholash obyektining joriy qiymati prognoz davri pul oqimlarining joriy qiymatlari va biznesning prognoz davri tugaganidan keyingi joriy qiymati yig‘indisi sifatida hisoblanadi. Baholovchi quyidagi yakuniy tuzatishlarni kiritadi (yoki kiritishdan voz kechish sabablarini asoslaydi): - pul oqimini shakllantirishda ishga solinmagan aktivlar mavjudligiga; - xususiy aylanma kapitalning ortiqchaligi yoki taqchilligiga; - agar baholash obyekti mulkdagi ulush bo‘lsa, nazorat va likvidlik darajasiga. Daromadni kapitallashtirish usulini qo‘llaganda baholovchi: - o‘tgan davrdagi va joriy moliyaviy hisobotni tahlil qilish va zarur holda uni me‘yorga solishni amalga oshirishi; - kapitallashtiriladigan daromad turi va hajmini tanlashi; - kapitallashtirish miqdorini hisoblash; - baholash obyektining joriy qiymatini aniqlashi; - yakuniy tuzatishlar kiritishi lozim. Daromadning quyidagi turlaridan biri kapitallashtiriladigan daromad sifatida olinadi: - sof daromad; - soliqlar to‘langunga qadar bo‘lgan daromad; - realizatsiyadan kelgan tushum; - sof pul oqimi; - dividendlar. Daromad nominal yoki real summalarda hisoblanadi. 57 Kapitallashtirilishi lozim bo‘lgan daromad hajmi sifatida baholash sanasidan keyingi yil uchun bo‘lg‘usi daromad hajmi olinadi va u quyidagi usullardan biri bilan hisoblanadi: - joriy daromadlar usuli bilan; - daromadning oddiy o‘rtacha hajmini hisoblash usuli bilan; - daromadning o‘rtacha o‘lchangan hajmini hisoblash usuli bilan; - trend usuli (statistik usul) bilan. Kapitallashtirish miqdorisi tanlangan daromad turiga muvofiq bo‘lishi lozim va u: a) o‘xshash obyektlar bo‘yicha bitimlar yoki takliflar haqida ma‘lumotlar mavjud bo‘lgan holda bozor ekstraktsiyasi usuli bilan; b) diskontlash miqdorisida daromad o‘zgarishining doimiy sur‘atini hisobga olish yo‘li bilan hisoblanadi. Baholash obyektining qiymati daromadning tanlangan hajmini kapitallashtirish miqdorisiga bo‘lish yo‘li bilan hisoblanadi. Baholovchi quyidagi yakuniy tuzatishlarni kiritadi (yoki kiritishdan voz kechish sabablarini asoslaydi): - daromadni shakllantirishda ishga solinmagan aktivlar mavjudligiga; - agar baholash obyekti mulkdagi ulush bo‘lsa, nazorat va likvidlik darajasiga. Baholash obyektidan kutilayotgandaromadni aniqlashni quyidagi 1-ilovada tahlil qilishimiz mumkin. Baholash obyektidan kutilayotgan daromadni aniqlashda bir qancha ko‘rsatkichlarga taqqoslash analoglari bilan solishtirgan holda tuzatishlar kiritildi. Asosiy tuzatish joylashgan joyi bo‘yicha amalga oshirildi. Baholanayotgan obyekt Toshkent shahrining 5 zonasida joylashgan bo‘lsa, 1 chi taqqoslash analogi 4 zonada joylashganligi tufayli 5% tuzatish kiritildi. Amalga oshirilgan ko‘chmas mulk bozori tahliliga ko‘ra, ishlab chiqarish ko‘chmas mulklarining 1 oylik o‘rtacha ijara qiymati 67760 so‘mni tashkil qilishi aniqlandi. Quyidagi 2-ilovada baholanayotgan ko‘chmas mulkning qiymati kapitallashtirish miqdorining ―bozor siqimi‖ usubi orqali aniqlandi. 58 2-ilovada baholanayotgan obyektni joylashgan joyi bo‘yicha 1 m 2 ning taklif bahosi (364 956,0 so‘m), Toshkent shahri uchun o‘rtacha 1 m 2 ning 1 yillik ijara miqdori (65 333,3 so‘m), hamda moliyaviy koeffitsientlardan foydalanilgan holda, baholash obyektining bozor qiymati (817 584 848,7 so‘m) aniqlandi. ―Bozor siqimi‖ uslubi orqali aniqlangan kapitallashtirish miqdori 17,9% ni tashkil etdi.Shunday qilib, baholash obyektining daromad yondashuvida aniqlangan bozor qiymati 817 584 848 ,7so‘mni tashkil qildi. POD usulida prognoz davri ikki qismga bo‘linadi, ya‘ni pul oqimlari beqaror bo‘lgan, pul oqimlari mufassal prognoz qilinadigan prognoz davri va pul oqimlari barqaror holatga keladigan prognoz davridan keyingi davr. Prognoz davri muddatining davomiyligi sifatida 5 yil qabul qilindi. Hisob-kitoblar O‘zbekiston Respublikasi so‘mida real qiymatlarda aniqlandi. Baholash obyektining asosiy faoliyati xalq ho‘jaligi uchun plastmassadan tayyorlanadigan mahsulotlarni ishlab chiqarishdan iborat. Baholash obyektining yalpi daromadi plastmassa mahsulotlarini sotish, asosiy faoliyatdan olinadigan boshqa daromadlar, hamda moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar hisobiga shakllanadi. Baholanayotgan obyektning egasi tomonidan korxona daromadlari bo‘yicha mufassal ma‘lumot taqdim qilinmaganligi bois, baholash obyekti yalpi daromadining prognozi yiriklashtirilgan usul orqali amalga oshirildi. Pul oqimlarini prognoz qilish uchun quyidagi ma‘lumotlar inobatga olindi: - mulk egasi tomonidan taqdim qilingan biznes-reja (2015-2016 yillar uchun); - baholash obyekti moliyaviy hisobotining 2013-2015 yillar va 2016 yil 6 oyi holatigacha retrospektiv tahlili; - baholanayotgan korxona mansub bo‘lgan tarmoqning baholash davrigacha 6 yillik retrospektiv o‘sish sur‘atlari; Buyurtmachi tomonidan taqdim qilingan biznes-rejaga asosan korxonaning kelgusidagi daromadlari, xarajatlari, soliq to‘lovlari quyidagicha prognoz qilingan (6-jadvalga qarang). Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling