Baholash ishi va investitsiyalar
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari
3.0%
3 Kichik korxonalarga tavakkalchilik uchun mukofot, PRs 2,6% 4 Muayyan korxona yoki tarmoqqa xos bo‘lgan tavakkalchilik uchun mukofot,PRu 7,00% Jami D,% 19.1% 24 ―Real Estimation‖ MChJ ning biznes qiymatini baholash to‘g‘risidagi hisoboti ma‘lumotlaridan foydalanildi. 25 ―Real Estimation‖ MChJ ning biznes qiymatini baholash to‘g‘risidagi hisoboti ma‘lumotlaridan foydalanildi. 67 Yuqoridagi jadvalda, tavakkalsiz me‘yor 6,5% ni, tavakkalsiz investitsiyalar bilan taqqoslaganda, aksiyalarga qo‘yilmalar tavakkalchiligi uchun mukofot 3,0% ni, kichik korxonalarga tavakkalchilik uchun mukofot 2,6% ni va muayyan korxona yoki tarmoqqa xos bo‘lgan tavakkalchilik uchun mukofot 7,0% ni tashkil etganligini ko‘rishimiz mumkin. Shunday qilib, yuqorida amalga oshirilgan tahlilga asosan diskontlash me‘yori 19,1 % ni tashkil qildi. Pul oqimlarini diskontlash usulida prognoz davrigacha biznes beqaror pul oqimlarini yaratadi deb faraz qilinadi va shuning uchun prognoz davrida baholovchi pul oqimlari mufassal prognoz qilinadi. Prognoz davridan keyin esa biznesning pul oqimlari barkarorlashadi va bunday bir tekis o‘sish su‘rati uzoq muddat davom etadi deb faraz qilinadi. Prognoz davridan keyin biznesni qiymatini aniqlash uchun O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash 9-son ―Biznes qiymatini baholash‖ milliy standarti uslubiy ko‘rsatmasining 22-bandida quyidagi usullari keltirilgan: - eskirish va kapital qo‘yilmalarning qiymatlari teng deb faraz qilinganda, prognozdan keyingi davrda barqaror daromadlar olish prognoziga asoslangan Gordon modeli yordamida: g D CF FV t ) 1 ( , bu yerda: FV – baholash obyektining prognoz davri tugagandan keyingi qiymati; CF (tQ1) – prognozdan keyingi davrning birinchi yili uchun pul oqimi; D– diskontlash stavkasi; g –sotuv pul oqimining o‘sish sur‘ati; - Mo‘ljallanayotgan sotuv, u baholash ob‘ektini sotish majburiyati mavjud bo‘lgan yoki bunday sotish muayyan turdagi biznesga xos bo‘lgan holda qo‘llaniladi. Sotuv narxini hisoblash pul oqimini qiyosiy baholash obyektlari sotuvlariga doir; - Sof aktivlar qiymatiga doir; 68 - Tugatish qiymatiga doir ma‘lumotlar tahlili asosida olingan koeffitsientlar yordamida qiymat ko‘rsatkichlariga qayta hisoblashdan iborat. Amalga oshirilgan tahlillar, korxonaning xususiyati va aniqlanayotgan qiymat turi, hamda korxonaning kelgusidagi istiqboli yuqori ekanligidan kelib chiqib, baholanayotgan biznesni prognoz davridan keyingi davridagi qiymati Gardon usuli orqali amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Mulkni baholash 9-son ―Biznes qiymatini baholash‖ milliy standarti uslubiy ko‘rsatmasining 13 bandiga asosan baholash obyektining joriy qiymatini POD usulida, pul oqimlari prognoz davrining har bir yili oxirida tushadi deb faraz qilinganda, quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi: n i n i i D FV D CF PV 1 1 1 , bu yerda: PV – joriy qiymat; i – prognoz davri yilining raqami; n – prognoz davrining oxirgi yili; CF i – prognoz davri i-chi yilining pul oqimi; D – diskontlash stavkasi; FV – baholash obyektining prognoz davri tugaganidan keyingi qiymati. Pul oqimlari yil o‘rtasida tushadi deb faraz qilinganda (ular yil mobaynida mutanosib ravishda tushganda) io‘rniga daraja ko‘rsatkichi i-0,5, no‘rniga tegishli n-0,5 ishlatiladi. Baholanayotgan biznesning moliyaviy tahlil natjalariga ko‘ra, sof ishlab chiqarish aylanma kapitalining aylanish tezligi 57 kunni tashkil qiladi, ya‘ni ishlab chiqarish davrining boshlanib yakunlanishiga 57 kun talab qilinadi, o‘z navbatida korxonada pul oqimlari yil davomida shakllanadi (mavsumiy emas). 4-ilovada baholash ob‘ekti prognoz davri va prognoz davridan keyingi pul oqimlarining joriy qiymatini diskont usulida hisoblash jarayoni keltirilgan. Yuqoridagi jadvalda ko‘rinib turibdiki, yalpi foyda 2015 yil bo‘yicha 395 235 ming so‘mni, 2016 yil bo‘yicha esa, 436 822 ming so‘mni tashkil etgan. Xususiy 69 kapitalga pul oqimi 2015 yilda 258 306 ming so‘m, 2016 yilda 288329 ming so‘mdan iborat bo‘lib, o‘sish dinamikasiga ega. Diskont miqdori 19,1% ga aks ettirib, pul oqimining joriy qiymati 2015 yil bo‘yicha 128377,1 ming so‘mni, 2016 yil bo‘yicha 120317,8 ming so‘mni tashkil etgan. Shunday qilib, yuqoridagi hisob-kitoblarga asosan, baholash obyektining prognoz qilingan pul oqimlari, hamda prognoz davridan keyingi qiymatining joriy qiymati 1 710 863 (Bir milliard etti yuz un million sakkiz yuz oltmish uch ming so‘m)ming so‘mni tashkil qildi. Download 1.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling