Baholash ishi va investitsiyalar
Xususiy kapital = Aktivlar – Majburiyatlar
Download 1.5 Mb. Pdf ko'rish
|
biznes qiymatini baholashning nazariy va amaliy jihatlari
Xususiy kapital = Aktivlar – Majburiyatlar
Asosiy vositalarning tiklanish qiymati asosiy vositalarning balans qoldiq qiymatiga ko‘ra, bugungi kundagi ichki va tashqi bozorlarni o‘rganish natijasida olingan ma‘lumotlarga asosan aniqlandi. Tiklanish qiymatlarni aniqlashda ―Internet‖ tarmog‘i orqali olingan va O‘zbekiston hududida faoliyat ko‘rsatayotgan dillerlarning prays varag‘larida keltirilgan ma‘lumotlarni to‘g‘riligiga ishonch hosil qilingandan so‘ng foydalanildi. Ko‘chmas mulklarni baholash sof aktivlar usuli yordamida amalga oshirildi. Korxona masul xodimlaridan bir necha marta so‘ralganda, og‘zaki javob berildi. Korxona xodimlarini javoblariga ko‘ra ―All Home‖ MCHJ korxonasi balansidagi bino-inshootlarning loyiha-smeta hujjatlari, bajarilgan ishlarni o‘zlashtirish dalolatnomalari hamda bino va inshootlarini ishga joriy etish haqidagi qabul komissiyasining ishga qabul qilish dalolatnomalari yo‘qligi bildirildi. Shu sababli, xarajat yondoshuvida baholash ko‘chmas mulkni tiklanish qiymatining yiriklashtirilgan normativlaridan foydalanish asosida baholash ishlari amalga oshirildi 27 . Baholash obyektini alohida ko‘chmas mulk bozori segmetiga ta‘alluqliligi o‘tkazilgan tahlil natijasida quyidagi xulosaga kelindi, ya‘ni baholangan ko‘chmas mulk ishlab chiqarish turiga kiradi. Baholash kunida savdoga qo‘yilgan quyidagi ishlab chiqarish, ombor va xo‘jalik binolariga ega yer uchastkalarini aniqladi. Eng maqbul va eng samarali foydalanish ko‘chmas mulkdan foydalanishning qonun yo‘li ruxsat etilgan, jismoniy jihatdan ro‘yobga chiqish va moliyaviy jihatdan amalga oshirish mumkin bo‘lgan, ko‘chmas mulkning funktsional imkoniyatlarini to‘la ro‘yobga chiqarish va uning eng katta qiymatini ta‘minlash imkoniyatini beradigan ehtimol tutilgan yuli sifatida aniqlanadi. 27 Сборник укрупненных покозателей восстановительной стоимости, «Промышленных зданий и сооружений» часть № 2,1999г…таб 521 б,страница328, Ташкент-2003г |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling