Baholash va kalkulatsiya qilish va uning korxona faoliyati uchun ahamiyati


Download 24.88 Kb.
Sana12.07.2023
Hajmi24.88 Kb.
#1659888
Bog'liq
BAHOLASH VA KALKULATSIYA QILISH VA UNING KORXONA FAOLIYATI UCHUN AHAMIYATI


BAHOLASH VA KALKULATSIYA QILISH VA UNING KORXONA FAOLIYATI UCHUN AHAMIYATI
Baholash va uning ahamiyati

Buxgalteriya hisobi usuli elementlaridan biri baholash bo‘lib, uning ahamiyati butun xalq xo‘jaligi miqyosida ham kattadir.


Baholash – xo‘jalik mablag‘lari, majburiyatlar va xo‘jalik jarayonlarini pul o‘lchov birligida aks ettirish usulidir.
Bizga ma’lumki, korxona faoliyatida ishlatiladigan xo‘jalik mablag‘lari va ular tashkil topish manbalari turli bo‘lib, ularni o‘lchov birliklari, shakl va tuzilishlari, tashkil topishlari har xil ko‘rinishga egadir. Korxona xo‘jalik faoliyatida ro‘y beradigan xo‘jalik jarayonlari natijasida mablag‘ va ular tashkil topish manbalari ham miqdor, ham hajmjihatdan o‘zgarishi ham tabiiy holdir.
Demak, ular hisobini yuritish uchun yagona o‘lchov birligi – puldan foydalanmaslikni iloji yo‘q. Korxona mulki hisobi yuritila yotganda, ular baholanadi.
«Buxgalteriya hisobi haqida»gi Qonunga asosan, aylanma aktivlarni baholash ikki xil ko‘rinishda amalga oshiriladi:

Haqiqiy tannarxda – keltirish yoki ishlab chiqarish tannarxi.

Bozor bahosida – sotish sof qiymati.

Korxona mulklari baholanayotganda ularni tuzilishi, foydalanilishi, ishlab chiqarishda qatnashishi, maqsadli mo‘ljali kabi xususiyatlari e’tiborga olinadi.
Masalan: savdo korxonalarida tovarlar sotib olish va sotish baholarida hisobga olinadi.
Yana bir mablag‘ – asosiy vositalar hisobi yuritishda qo‘yidagicha baholardan foydalaniladi.
Boshlang‘ich qiymat – asosiy vositalarni xarid qilish, keltirish, tashish, o‘rnatish va umuman foydalanish holatiga keltirish bilan bog‘liq harajatlar yig‘indisidan iborat.
Joriy qiymat – ma’lum bir muddatga amaldagi bozor baholariga moslashtirilgan asosiy vosita qiymati yoki manfaatdor tomonlar o‘rtasida almashiladigan asosiy vosita summasi. Joriy qiymat asosiy vositalar qayta baholashishi natijasida vujudga keladi.
Asosiy vositalar qayta baholanishi esa ikki holat natijasida vujudga keladi:

Hukumat qaroriga ko‘ra;

ta’sischilar qaroriga asosan.

Qoldiq qiymat – bu asosiy vositalarni boshlang‘ich yoki joriy qiymat bilan jamg‘arilgan amortizatsiya summasi farqidir.
Tugatish qiymati – asosiy vositani foydali foydalanish muddati oxirida tugatish natijasida vujudga kelishi mo‘ljallanayotgan qiymatdan, hisobdan chiqarish bo‘yicha kutilayotgan harajatlar ayirmasidir.
Amortizatsiya qilinadigan qiymat – bu asosiy vositalarni boshlang‘ich qiymati bilan nazarda tutilayotgan (baholangan) tugatish qiymati o‘rtasidagi farqdir.
Asosiy vositalarni yuqorida sanab o‘tilgan baholash natijasida vujudga keladigan qiymatlari Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) № 5 da keltirib o‘tilgandir.
Xo‘jalik mablag‘lari baholanayotganda haqiqiylik va bir xillik printsipiga rioya qilinishi shart.
Haqiqiylik printsipi xo‘jalik mablag‘lari so‘mda baholanishini to‘g‘ri amalga oshirilishini talab etadi.
Bir xillik printsipi baholashda qo‘yidagicha namoyon bo‘ladi. Joriy hisobda mablag‘ qanday baholangan bo‘lsa, balans va hisobotning boshqa shakllarida aks ettirilganda ham shu bahoda ko‘rsatilishi shart.
Yuqorida tovarlar, hamda asosiy vositalar baholanishi haqida ma’lumotlarni keltirildi.
Quyida esa korxona ba’zi mulklarini baholanishi haqida so‘z yuritamiz.
Materiallar aylanma mablag‘lar hisoblanib, ularni korxona xo‘jalik faoliyatidagi harakati tez amalga oshadi. Materiallar har bir turini tayyorlash ular haqiqiy tannarxini aniqlash, hisoblash ko‘pgina hisoblashishni, hamda vaqtni talab etadi. Materiallarni baholashda qo‘yidagi baholardan foydalaniladi: materiallarni reja bahosi va haqiqiy tannarxi.
Materiallarni haqiqiy tannarxi va reja bahosi bo‘yicha baholari o‘rtasidagi farq analitik hisob orqali aniqlanadi va «Materiallar qiymati o‘rtasidagi farqlar» - 1610 schyotda aks ettiriladi.
Materiallar haqiqiy tannarxini aniqlashda baholashni qo‘yidagi usullaridan foydalaniladi:

O‘rtachatannarxAVECO.

FIFO – o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, birinchi tushum – birinchi harajat.

LIFO – o‘rtacha chamalangan baholar bo‘yicha, oxirgi tushum – oxirgi harajat.



Buxgalteriya hisobi milliy standartining № 5 sonida materiallarni baholashda AVECO usulidan foydalanish tavsiya etilgan.
Majburiyatlar baholanishi tomonlar kelishuviga asosan, pul ko‘rinishida aks ettiriladi. Sud qaroriga ko‘ra, vujudga kelgan majburiyat summasi esa, sudning tegishli qaroriga asosan aks ettiriladi.
Moliyaviy qo‘yilmalar joriy va bozor baholarida hisobga olinadi.
Nomoddiy aktivlar baholanganda boshlang‘ich qiymatda bozor qiymatida, balans (hisob) qiymatda va hakozolarda hisobga olinadi.

3.4. Kalkulyatsiya buxgalteriya hisobi usulining bir elementi sifatida
Kalkulyatsiya-tannarxni aniqlash demakdir. Ushbu usuldan korxona mulklaridan ba’zilari hisobini yuritishda foydalaniladi. Masalan: ishlab chiqarilgan mahsulot, material tannarxini aniqlash. Shuningdek, savdo korxonalaridagi muomala harajatlari, moddalari, summalarini tovarlar bo‘yicha tegishli ravishda taqsimlashda ham Kalkulyatsiyadan foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 5 fevraldagi 54-son qarori bilan tasdiqlangan (2003 yildagi o‘zgarishlar bilan) «Mahsulotlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to‘g‘risida Nizom»da, xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida vujudga keladigan harajatlar tarkibi yoritib berilgan.
Buxgalteriya hisobining ushbu usuli boshqa usullar bilan uzviy bog‘liqlikdadir. Umuman, e’tibor berilsa, buxgalteriya hisobining hamma usuli ham o‘zaro uzviy bog‘liqlikdadir.
Kalkulyatsiya usulini schyotlar tizimi bilan bog‘liqligi shundaki, Kalkulyatsiya qilinishi talab etilayotgan mablag‘ bilan bog‘liq harajatlar tegishli schyotlarda aks ettirilganligidir.
Baholash bilan Kalkulyatsiyaning bog‘liqligi shundaki, Kalkulyatsiya orqali aniqlangan tannarxlar baholash ko‘rinishida hisobga olinadi.
Turli mablag‘lar tannarxi Kalkulyatsiya yordamida aniqlanadi, masalan: mehnat buyumlari, tayyorlanga nmahsulot, sotilgan tovarlar (ish, xizmat) tannarxi ham Kalkulyatsiya yordamida aniqlanadi.
Ushbu barcha mablag‘lar tannarxi hisoblanayotganda korxonani xo‘jalik barcha jarayonlaridagi – ta’minot, ishlab chiqarish, sotishdagi harajatlari hisobga olinadi.
Download 24.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling