Bahor manzarasi va mehnat


Download 38.8 Kb.
bet1/4
Sana22.06.2023
Hajmi38.8 Kb.
#1647236
  1   2   3   4
Bog'liq
O’qish darslarida “Zumrad bahor” mavzusini o’rganish.


MUNDARIJA:

KIRISH
ASOSIY QISM


I.BOB. ”BAHOR MANZARASI VA MEHNAT” MAVZUSINI O`RGANISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI.
1.1 ”Bahor manzarasi va mehnat” mavzusini o`rganishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish
1.2.”Bahor manzarasi va mehnat” mavzusini o`rganishni tashkil etish yo`llari
II.BOB.O’QISH DARSIDA BAHOR MANZARASI MAVZUSINI O’RGANISH
2.1.Sherni o’qish darslarida asosiy mazmuni
2.2.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI

KIRISH
Boshlang’ich sinf o’qish darslarini o’qitishdan asosiy maqsad o’quvchilarda darslikda berilgan bo’lim materiallariga bo’lgan qiziqishni oshirish, o’z fikrini to’g’ri, aniq ravshan va go’zal ifodalay olish ko’nikmalarini shakllantirish va rivojlantirishdan iboratdir. So’zlarni to’g’ri tanlash, nutqni tinglovchiga qulay tarzda tuza olish insoniy madaniyatning eng asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Shuning uchun har bir o’qish darsligida berilgan bo’lim materiallari orqali ham o’quvchilarda nutqiy ko’nikmani shakllantirishga o’z ona-vataniga muhabbat hissini uyg’otishga ham sabab bo’ladi. Biz yangi iqtisodiy-ijtimoiy sharoitda faqat bilimli kishilarni emas, balki ijodkor, tadbirkor kishilarni ham yetkazib berishimiz lozim. “Bilimli kishi” bilan “Tadbirkor kishi” orasida farq bor, albatta. Bilimli shaxs bilimga ega bo’lsa ham, lekin bilimini har vaqt ham amaliy faoliyatda qo’llay olmaydi. Tadbirkor shaxs esa faqat bilimli bo’lib qolmasdan, balki egallagan bilimini sharoitga mos ravishda qo’llay olish ko’nikmalariga egadir. Shuning uchun bilimlining bilimi omborda yotgan sara urug’ bo’lsa, tadbirkorning bilimi yerga ekilgan dondir. Arab maqolida “Olumun bilo amalin, kasabhobu bilo motarin” aytiladi. Ma`nosi: ilmini amaldan qo’llay olmagan olim yomg’irsiz bulutdir, u quyoshni to’sadiyu boshqa hech narsa bermaydi. Tadbirkor bilimini har daqiqada ishga solidi va undan samara oladi. Nutq tadbirkorligini singdirish maktabda ona tili va o’qish mashg’ulotlarining bosh vazifasidir. Shuning birinchi soatdan boshlab oxirgi mashg’ulotgacha ona tili va o’qish darslari o’quvchilarda nutq tadbirkorligini tarbiyalashga xizmat qilishi kerak. Yuqorida qayd qilingan tushuncha va muammolarni talqin qilish va javob topishga intilish bugungi kunimizning dolzarb masalalaridan biri. Shuningdek O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I.A.Karimov 2013-yil 8-dekabr kuni Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunining 21 yilligiga bag’ishlangan tantanali yig’ilishida qilgan maruzalarida ilgari surgan quyidagi fikrlarni ilgari surdi: “Bolaning jismoniy va psixologik rivojlanishdagi eng asosiy davr bu boshang’ich sinf davridir. Hammamiz bilamizki, sobiq tuzum sharoitida bu masalaga, afsuski, yetarlicha ahamiyat berilmas edi. Quyi sinflarda dars berish asosan o’rta maxsus ma`lumotga ega bo’lgan muallimlarga topshirib qo’yilgan edi. Boshlang’ich ta`limning yosh avlod hayotidagi ro’li va ahamiyatini hisobga olgan holda, bunday nomaqbul holatga butunlay barham berildi va bu vazifani bugungi kunda oliy ma`lumotli yuksak professional mahoratga ega bo’lgan pedagog kadrlar bajarmoqda. Qabul qilingan dasturda boshlang’ich ta`limning sifatini oshirish, ta`lim standartlari, o’quv dasturlari, darslik va qo’llanmalarini takomillashtirish ilg’ori pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish masalalari o’z ifodasini topishi kerak”. Yurtboshimiz tomonidan ushbu maruza jarayonida yana 2014-yilning nomlanish masalasiga keng to’xtanilib, “Sog’lom bola yili” deb e`lon qilishni taklif etilgan. “Endi sizlar bilan kirib kelayotgan yangi – 2014-yilga qanday nom berish haqida maslatlashib, fikrlashib olishimiz kerak. Azal-azaldan har qaysi ota-ona o’z bolasining sog’lom va barkamol bo’lishini istaydi. Shunday farzandni voyaga yetkazish, uning hayotda munosib o’rin egallashiga onaning eng ulug’ eng muqaddas orzusi desak, ayni haqiqatni aytgan bo’lamiz. Biz so’glom deganda nafaqat jismoniy balki ma`naviy jihatdan ham sog’lom bolani o’zimizga tasavvur etamiz. Mustaqillikning birinchi yillaridan boshlab yurtimizda sog’lom ona – sog’lom bola masalasi davlat siyosatining ustuvor yo’nalishiga aylangani, keng ko’lamli umumilliy dasturimiz doirasida amalga oshirilayotgan ulkan ishlarimiz jahon miqyosida ham tan olingani sizlarga yaxshi ma`lum. Karimov I.A. amalga oshirilayotgan islohotlarimizni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyati qurish – yorug’ kelajagimizning asosiy omilidir. Xalq so’zi 2013-yil 7-dekabr. Ayni vaqtda bugungi shiddatli zamon hayotining o’zi yosh avlod tarbiyasi borasida oldimizga yangi-yangi, o’ta muhim va dolzarb vazifalarni qo’ymoqda.
Boshlang’ich sinflarning o’qish darslari o’z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko’ra ta’lim tizimida alohida o’rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta’limiy tarbiya asoslari turadi. SHuning uchun ham boshqa predmetlar ta’limini o’qish ta’limisiz tasavvur qilib bo’lmaydi.
O’quvchi matnni to’g’ri, tez, tushunib o’qish, mazmunini o’zlashtirish bilan ilk bor o’qish darslarida yuzlashadi. O’qish darslari orqali o’quvchilarning Davlat ta’lim standartlari (DTS) talablari bo’yicha o’zlashtirishlari ko’zda tutilgan o’quv-biluv ko’nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo’l ochiladi. Aynan o’qish ta’limida insonning, avvalo, o’zligini, qolaversa olamni anglashga bo’lgan intilishlariga turtki beriladi.
SHu maqsadda «O’qish kitobi» darsliklariga ona tabiat, atrofimizni o’rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma’naviy qadriyatlar, xalqlar do’stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo’yicha atroflicha tushunchalar berishga mo’ljallangan badiiy, axloqiy-ta’limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
O’qish darslari savod o’rgatish davrida o’quvchilarni bo’g’in, so’z va gaplar bilan tanishtirish va ularni o’qish, rasmlar asosida hikoya qilish tarzida uyushtirilsa, o’qish texnikasi egallangandan so’ng o’qish muayyan mavzular bo’yicha tanlangan badiiy, ilmiy-ommabop matnlar yuzasidan olib boriladi.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o’tmishi, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug’ siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to’g’risida muayyan tasavvur beradi.
Tabiatga oid mavzular yordamida o’quvchilar tabiatdagi o’zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Bunday mavzudagi asarlar o’quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan to’g’ri munosabatda bo’lishga o’rgatadi.
Umuman, «O’qish kitobi» darsliklaridagi barcha mavzular o’quvchilarga ta’lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug’atini boyitishga, og’zaki va yozma nutqini to’g’ri shakllantirish va nutq madaniyatini o’stirishga ham qaratiladi.
Amaldagi «O’qish kitobi» darsliklarida materiallarning sinfdan sinfga o’tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengaya borishi hisobga olingan. Masalan, 1-sinfda o’rgatiladigan «Ajdodlarimiz-faxrimiz», «Ilm-aql chirog’i», «Zumrad bahor», «Kumush qish» kabi mavzular 2-4-sinflarda ham davom ettirilgan. Bu esa o’quvchilarning oldingi bilimlari to’ldiradi va boyitadi.




  1. Download 38.8 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling