Bahor manzarasi va mehnat


BOB. ”BAHOR MANZARASI VA MEHNAT” MAVZUSINI O`RGANISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI


Download 38.8 Kb.
bet2/4
Sana22.06.2023
Hajmi38.8 Kb.
#1647236
1   2   3   4
Bog'liq
O’qish darslarida “Zumrad bahor” mavzusini o’rganish.

BOB. ”BAHOR MANZARASI VA MEHNAT” MAVZUSINI O`RGANISHNING MAQSAD VA VAZIFALARI.

1.1 ”Bahor manzarasi va mehnat” mavzusini o`rganishda yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanish

Darsliklardagi har bir mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, o’quvchilarning bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e’tibor qaratiladi.


O’quvchilar darsliklar yordamida o’zlashtiriladigan bilim, ko’nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo’lishini tushunib yetishishlariga erishish o’qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.

SHuni unutmaslik kerakki, har bir ta’limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo’lib, ular zamonaviy o’qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o’zaro bog’liq holda va sinfdan tashqari o’qish mashg’ulotlari jarayonida hal qilinadi.


Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o’rganiladigan asarlar kichik yoshdagi o’quvchi-larda imon-e’tiqod tuyg’ularini shakllantirish, vatanga muhabbat 
uyg’otish, o’zligini tanish orqali olamni tanishga yo’llash maqsadlariga xizmat qi-ladi. O’qish bolalarning nutq boyligini oshirish, adabiy-estetik tafakkurini kamol toptirish, mustaqil fikrlashga o’rgatishning muhim
omilidir. Shuning uchun ham o’qish boshlang’ich ta’lim tizimida muhim
o’quv predmeti, ta’lim berish, kamol toptirish va tarbiyalash, o’qish ko’nikmalarini bilan qurollantirish vositasi hisoblanadi. Boshlang’ich ta’lim davlat 
ta’lim standartining ”Boshlang’ich ta’lim sohalarining maqsad va vazifalari”da “Ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirishga, erkin fikrlay olishi, o‘zgalar fikrini anglashi, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olishi, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish
ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Bu o‘rinda ona tili
ta’limiga o‘quv fani emas, balki, butun ta’lim tizimini uyushtiruvchi ta’lim
jarayoni sifatida qaraladi” o’quvchilarning atrofmuhit haqidagi bilimlarini
boyitish. Bu vazifalarni amalga oshirishda ilg’or pedagogik texnologiyalardan foydalanishga o’z-o’zidan zarurat seziladi. 
Boshlang’ich sinflarda mavsumiy mavzularni o’rganishning hozirgi holatini 
o’rganish bevosita shu mavzudagi o’quv materiallarining sifati, o’quvchilar yoshi va saviyasiga mosligi, o’rganish metodikasining qaydarajada yaratilganligi 
va uning tatbiqi bilan asoslanadi. Boshlang’ich sinf o’qish dasturida o’qish mav-zularini berishda mavsumiy va tadrijiylik tamoyili hisobga olingan. Dasturda 
“1-sinfning o’quv yili oxirida bolalar
vatan va uning tabiati, insoniy qadriyatlari haqida kichik-kichik asarlarni 
o’qiydilar. 2-sinfda shakl va mazmun jihatdan uncha murakkab bo’lmagan vatan, 
ona tabiat, istiqlol, kishilarning hayoti va mehnati, ahloqiy munosabatlar haqidagi asarlar bilan tanishadilar. 3 va 4sinflar o’qish mavzulari ko’lami ancha kengaydi.
O’qish darslari oldiga qo’yilgan tarbiyaviy vazifaning muvaffaqiyatli hal etilishi darsda badiiy asar matni ustida ishlash bilangina bog’liq bo’lib qolmay, balki bolalarni qurshab olgan hayot, tabiatdagi turfa o’zgarishlar, ekologik
vaziyat, ijtimoiy foydali mehnat bilan ham o’zaro bog’liq bo’lishi lozim”ligi
ta’kidlanadi. Boshlang’ich sinf o’qish dasturi talabidan kelib chiqqan holda “O’qish kitobi“dagi o’rganiladigan asarlarning mavzu doirasi ancha keng 
bo’lib, ular ona tabiat, yil fasllari, xalq og’zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma’naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan. “O’qish kitobi“dagi mavsumiy mavzular nomi va ularga kiritilgan asarlar sinfdan sinfga o’tgan sari murakkablashtirilib boriladi. Bir mavzu doirasida asarlar ham hajm jihatdan, ham syujetining murakkablashib borishi bilan ajralib turadi. Mavsumiy mavzudagi asarlarni o’rganish jarayonida o’quvchilar ona tabiat, atrofimizni o’rab turgan olam, uning inson salomatligiga 
ta’sirini bilib boradilar.
Shuni e`tiborga olgan holda o’qish darslarda “Zumrad bahor” mavzusini o’rganadilar. Albatta, bu yangi mavzu aynan shu nomdagi bo’lim orqali tanishtiriladi. O’qituvchi o’z navbatida bu kabi har xil janrdagi asarlar bilan o’quvchilarni muayyan izchilda tanishtirib boradilar. Boshlang’ich sinflarning o’qish darajalarida garchi ilmiy jihatdan bo’lmasada amaliy jihatdan turli janrga mansub asarlar o’qib o’rganiladi.



Download 38.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling