Bahs-munozara darslari texnologiyasi
Download 18.34 Kb.
|
1 2
Bog'liqBAHS-MUNOZARA DARSLARI TEXNOLOGIYASI.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch tushunchalar
BAHS-MUNOZARA DARSLARI TEXNOLOGIYASI. Reja: 1. Bahs-munozara darslarini tashkil etish asoslari 2. Bahs-munozara darslari uchun mavzuni tanlay bilish 3. Bahs-munozara texnologiyasi asosida tuzilgan dars ishlanmasi tahlili. 4. Xulosa Tayanch tushunchalar: Bahs-munozara texnologiyasi, shturm qilish, muammo echish, tanqid ostiga olmaslik, munozara muhiti, yo’naltiruvchi savollar Ona tili darsliklarida berilgan ayrim mavzularni munozara shaklida o’tkazish ham yaxshi samara beradi. Munozara darslarini tashkil etishning o’ziga xos texnologiyasi mavjud. O’qituvchi munozara shaklida o’tkazilishi mumkin bo’lgan mavzuni tanlaydi va uni o’quvchilar e’tiboriga havola qiladi. O’quvchilar tanlangan mavzuni “shturm” qiladilar va muammoga tegishli ma’lumotlarni atroflicha o’rganadilar. O’qituvchi o’quvchilarga «aqliy hujum» topshirig’ini beradi va uning qoidalarini tushuntiradi. O’quvchilar muammo echishga oid fikrlarini bir necha variantlarda ifoda qiladilar, lekin hech qaysi fikr tanqid ostiga olinmaydi. Imkon qadar o’quvchilarning ko’proq fikr bildirishlariga sharoit yaratiladi. Mavzu yuzasidan to’g’ri va tugal munozarani tashkil etish o’qituvchining mahoratiga bog’liq. O’qituvchi munozara muhitini yaratish va o’quvchilarni munozaraga jalb qilish uchun ishni bir necha bosqichga bo’lishi va har bir bosqich uchun tegishli mashqlar va yo’naltiruvchi savollarni belgilab olishi zarur. Bularsiz bahs-munozara o’tkazib bo’lmaydi. Darsning ma’lum qismida o’qituvchi tegishli fikrlarni ajratib oladi va munozarani yakunlaydi. Munozara turli ko’rinishlarda o’tkazilishi mumkin. Biz 6-sinfda “Qavm-qarindoshlik otlari” mavzusini shu metod asosida o’rganish haqida fikr yurichamiz. Ishning birinchi bosqichida mavzu e’lon qilinadi va o’qituvchi darsning maqsadini bayon qiladi. O’qituvchi doskaga ona so’zini yozadi va o’quvchilarga bu so’z oiladagi yoshi katta kishilardan birini bildirishini aytadi va quyidagicha savol beradi: Oilada qolgan kishilar sizlar uchun kim bo’ladi? Shunday so’zlarni chiqib yozing. O’quvchilar ona so’zini davom ettirib, ota, buvi, bobo, uka, aka, singil so’zlarini yozadilar. Keyingi topshiriq quyidagicha beriladi: Hammalaringda qarindoshlar bor. Qarindoshlikka oid qanday so’zlarni bilasiz? Javob topishda 219-mashqdan foydalaning. Bu topshiriq quyidagicha bajariladi: amaki, amma, xola, tog’a, jiyan, kelin, nevara, evara, chevara, ovsin, qaynona, boja, qaynota, quda, amakivachcha, xolavachcha, ammavachcha,....... Bu so’zlarni bir o’quvchi emas, bir necha o’quvchilar ketma-ket doskaga chiqib yozadilar. Ular bu so’zlarni yozishda o’zaro bahs-munozaraga kirishadilar. O’qituvchi: Bu so’zlar qaysi so’z turkumiga mansub? O’quvchilar: Ot turkumiga mansub. O’qituvchi: Bu so’zlarga so’roq bering va otning ma’no jihatdan qaysi turiga kirishini aniqlang. O’quvchilar: Bu otlar kim? so’rog’iga javob bo’ladi va shaxs otlari guruhiga kiradi. O’qituvchi: Bu so’zlarni shaxs otlarining qaysi guruhiga kiritamiz? O’quvchilar: Qavm-qarindoshlik otlari guruhiga. Ishning ikkinchi bosqichida qavm-qarindoshlik otlarini yana guruhlarga bo’lib o’rganishga kirishiladi. Bu bosqichda o’quvchilarning qavm-qarindoshlik otlari haqidagi bilimlari kengayadi va chuqurlashadi. Buning uchun sinf kichik guruhlarga bo’linib ishlanadi va har bir guruhga topshiriqlar beriladi. 1-guruh. Ona tomonidan qarindoshlikni bildiruvchi so’zlar: xola. tog’a, xolavachcha, Tog’avachcha, buvi, bobo, ovsin. 2-guruh. Ota tomonidan qarindoshlikni bildiruvchi so’zlar: amaki, amakivachcha, buvi, bobo, boja, amma. 3-guruh. Ham ota, ham ona tomonidan qarindoshlikni bildiruvchi so’zlar: quda, kelin, qaynota, qaynona, qaynog’a, qaynisingil, kuyov, nabira, evara, chevara. 4-guruh. Bir oilaga xos bo’lgan qarindoshlik otlari: ota, ona, aka, uka, singil. Har bir guruh o’z so’zlarini yozish jarayonida o’zaro fikrlashadilar, o’z fikrining to’g’riligini isbotlashga harakat qiladi, boshqalar fikrini rad qiladi. O’qituvchi qaysi guruhga yordam ko’rsatish zarurligini sezsa, ularga ko’maklashadi. Har bir guruh hosil qilgan so’zlar qatorini doskaga yozadi. Bu topshiriq orqali o’quvchilar qavm-qarindoshlik otlari bilan yanada yaqinroq tanishadilar. Ishning uchinchi bosqichida qarindoshlik otlarining ko’chma ma’noda qo’llanishiga e’tibor beriladi. O’qituvchi quyidagi savolni o’rtaga tashlaydi: biz begona kishilarga murojaat qilganimizda va ular bilan muloqotda bo’lganimizda qanday so’zlardan foydalanamiz? O’quvchilar: ota, ona, amaki, xola, aka, opa, tog’a kabi so’zlardan foydalanamiz. O’qituvchi: 220-mashqni o’qing va qaysi gaplarda shunday so’zlar qo’llanganini aniqlang va tegishli xulosa chiqaring. O’quvchilar 220-mashqning shartini o’qiydilar va o’qituvchi rahbarligida mashqni bajaradilar. Mashqdagi misollar juft-juft qilib berilgan va qiyoslashga mo’ljallangan. O’quvchilar o’zaro munozara orqali 1-juftlikning 2-gapidagi onajon, 2-juftlikning 2-gapidagi ota va bobolarimiz so’zlari, 3-juftlikning 2-gapidagi otaxon so’zlari ko’chma ma’noda qo’llanganini aniqlaydilar. 3-bosqichda quyidagicha xulosa chiqariladi. Qavm-qarindoshlik otlari ko’chma manoda ham qo’llanadi. Ishning 4-bosqichida bir shaxsning turlicha qarindoshlik otlari bilan ifodalanishiga e’tibor qaratiladi. Bu esa o’quvchilarni chuqurroq mulohazaga undaydi. Buning uchun o’quvchilarga quyidagicha jadval havola qilinadi va uni to’ldirish topshiriq qilib beriladi.
Download 18.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling