Bajardi: Artiqova Madina Tekshirdi: Bababekova Nargiza Reja: Keynsning makroiqtisodiy muvozanat nazariyasi
Download 29.35 Kb.
|
Retsession va inflatsion uzilish.
Agarda ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (U0) potensial (U*) hajmidan kam bo`lsa, jami talab samarasiz hisoblanadi. Ya‘ni, AD=AS tenglikka erishilgan bo`lsada, yalpi xarajatlar miqdori resurslarining to`liq bandligi darajasini ta‘minlamaydi. Yalpi talabning etishmasligi iqtisodiyotga depressiv ta‘sir ko`rsatadi. Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o`rtasidagi retseession uzilish YaMM (YaIM)ni to`liq bandlilikning noinflatsion darajasiga qadar o`stirish uchun jami talab (jami xarajatlar) ko`paytirilishi zarur bo`lgan miqdor retsession uzilish deyiladi (7.3-rasm). Ishlab chiqarishda to`liq bandlikka erishish va retsession uzilishni yo`qotish uchun jami talabni rag`batlantirish va muvozanatni «A» nuqtadan «V» nuqtagacha surish lozim. Bu yerda muvozanatli yalpi daromadning o`sishi ΔU quyidagiga teng bo`ladi: ΔY=Retsession uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori YaIMni to`liq bandlikning noinflatsion darajasigacha pasaytirish uchun jami talab (jami xarajatlar) kamayishi zarur bo`lgan miqdor inflatsion uzilish deyiladi. Agarda, ishlab chiqarish haqiqiy hajmi (Uo) potensial (U*) hajmidan ko`p bo`lsa, jami xarajatlar ortiqcha hisoblanadi. Jami talabning ortiqchaligi iqtisodiyotda inflatsiya jarayoniga olib keladi. Boshqacha aytganda jami talab hajmining jami taklif hajmidan qisqa muddatda katta bo`lishi oqibatida haqiqiy va potensial YaIM hajmlari o`rtasida inflatsion uzilish ro`y beradi Ishlab chiqarishning haqiqiy va potensial hajmi o`rtasidagi inflatsion uzilish Bu uzilishni bartaraf qilish uchun jami xarajatlarni kamaytirish, boshqacha qilib aytganda jami talabni cheklash zarur. Grafikda bu jarayon muvozanatni A nuqtadan B nuqtagacha surishni anglatadi. Bu yerda jami muvozanatili yalpi daromad hajmidagi (ΔY) qisqarish quyidagicha bo`ladi: ΔY= -Inflatsion uzilish miqdori x Avtonom xarajatlar multiplikatori miqdori. Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli yalpi talab- yalpi taklif modelini qisqa muddatli makroiqtisodiy siyosat maqsadlarida aniqlashtirgan bo`lib, uning xususiy holi hisoblanadi. Yalpi talab va yalpi taklif modelidan farqli o`laroq bu modelda baholar darajasi va ish haqi o`zgarmas miqdorlar hisoblanadi. Ayni shu sababga ko`ra tovar moddiy zahiralarining o`sishi qisqa muddatda makroiqtisodiy muvozanatga erishishni belgilovchi omil bo`ladi. Download 29.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling