Modelda makroiqtisodiy muvozanatga erishish mexanizmi.
Rejalashtirilgan xarajatlar chizig`i haqiqiy va rejalashtirilgan xarajatlar birbiriga teng bo`lgan (Y=E) chiziqni qaysidir a nuqtada kesib o`tadi. Quyida keltirilgan 7.2-rasmda tovarlar va xizmatlar bozorida qisqa muddatli muvozanatga erishish mexanizmi tasvirlangan bo`lib, u ―Keyns xochi‖ nomini olgan. Y=E chiziqda haqiqiy investitsiyalar va jamg`armalar tengligi saqlanadi. a nuqtada esa daromadlar rejalashtirilgan xarajatlarga teng bo`ladi. Shuningdek, bu yerda rejalashtirilgan hamda haqiqiy investitsiyalarning o`zaro tengligiga erishiladi. Ya‘ni, makroiqtisodiy muvozanat ta‘minlanadi.
Agarda, ishlab chiqarishning haqiqiy hajmi (Y1) uning muvozanat darajasi(Y0)dan ko`p bo`lsa, iste‘molchilar mahsulotlarni ishlab chiqaruvchilar taklif qilganga nisbatan kam sotib oladi (ADAS) ko`ramiz. Talabning oshishi esa firmalar zahirasining kamayishi hisobiga qondiriladi. Natijada, YaIM asta sekin Y2 dan Y0 ga qarab o`sadi va yana AD=AS tengligiga erishiladi. Bu esa ayni paytda E=Y va I=S ayniyatlarga erishilganligini anglatadi.
Keyns xochi (Keynsning makroiqtisodiy muvozanat modeli)
Milliy ishlab chiqarishning muvozanat holati (Y0), yalpi xarajatlar komponentlarining har birining (iste‘mol, investitsiya, davlat xarajatlari yoki sof eksport) o`zgarishi natijasida tebranishi mumkin. Ushbu tarkibdagi birorta omilning miqdorining o`sishi rejalashtirilgan xarajatlar egri chizig`ini yuqoriga suradi va aksincha kamayishi pastga surilishga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |